Biz haqimizda

Jamg‘arma tasviriy san'at, adabiyot, teatr, musiqa va xoreografiya sohasidagi tadbirlarni muntazam ravishda tashkil etib boradi va shu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan loyihalarni qo‘llab-quvvatlaydi. Bundan tashqari, Jamg‘arma O‘zbekiston madaniyatini jahon sahnasida targ‘ib qilish bilan shug‘ullanadi.

Jamg‘armaning uzoq muddatli dasturlari qatoriga mamlakatdagi madaniyat muassasalarda inklyuziv va qulay muhitni yaratish, muzeylarni ta'mirlash, mesenatlikni rivojlantirish va muzeylar, teatrlar va boshqa muassasalar uchun yangi mutaxassislar tayyorlash kiradi.

Bundan tashqari, Jamg‘arma O‘zbekistondagi yirik me'moriy loyihalarning tashabbuskori va tashkilotchisi bo‘lib, ular, Davlat san'at muzeyini rekonstruksiya qilish, Toshkentda Zamonaviy san'at markazining tashkil topishi, Davlat bolalar kutubxonasini rekonstruktsiya qilish, Istiqlol ko‘chasida madaniyat uyini ochish, shuningdek, shahzoda Romanov qarorgohini rekonstruktsiya qilish.

Jamg‘arma haqida batafsil...

Yangiliklar

Dasturlar