“Autizm va rivojlanish muammolari” mavzusidagi axborot marafoni

O‘qish vaqti: 4 min.

20-22-sentabr kunlari “Autizm va rivojlanish muammolari” mavzusida axborot marafoni bo‘lib o‘tadi.

Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi Isroilning “Sulamot” autizm moslashtirish markazi bilan hamkorlikda autizm asoratlarini qisqartirish sohasida faoliyat yurituvchi barcha mutaxassislar hamda autizm spektrining buzilishi dardi bilan xastalangan bolalarning ota-onalari uchun o‘z eshiklarini ochadi.

Mashg‘ulotlarning ushbu turkumi amaliy ixtisoslikka bag‘ishlangan bo‘lib, unda autizm va rivojlanishida o‘ziga xos xususiyatlarga ega bolalarga yordam ko‘rsatishning turli jihatlari, samarali davolash va rivojlantirish muhitini bunyod etish hamda umumta’lim va maktabgacha ta’limda inklyuzivlik masalalarga oydinlik kiritadi.

Malaka oshirish darslari amaliyotlarga boy bo‘lib, ular autizmi bor bolaning rivojlanishining aloqa, psixologik va sport tarkibiy qismlariga e'tibor qaratish asosida autizmi bor bola uchun tuzatish va rivojlantirish dasturini yaratishning umumiy tamoyillarini tushunishga yordam beradi.  

Treninglar autizmi bor bola uchun tuzatuvchi rivojlanish dasturini yaratishning umumiy tamoyillarini anglashga yordam beruvchi amaliyotga to‘la bo‘ladi. Ular ushbu nuqsonlikni tushunishga asoslanib, bola rivojlanishining muloqot, psixologik va sport tarkibiy qismlariga e’tibor qaratadi.

Notiqlar:

Marina Slepyan – “Sulamot” guruhining ta’sischilaridan biri va rahbari. U ko‘p yillar davomida oilalar va pedagoglar jamoasiga inklyuziv ta’lim bo‘yicha maslahatlar berib keladi, inklyuziv ta’limda autizm spektrining buzilishi dardi bilan xastalangan bolalarga murabbiylik qiladi hamda va rag‘batlovchi uy dasturlarini tuzadi. Shuningdek, Marina Buyuk Britaniyaning Bredford universitetida rahbar kardlar uchun biznes boshqaruvi magistri va Tel-Aviv universiteti Pedagogika fakultetining “Umumiy ta’limda autizmi bor bolalar uchun yakka tartibdagi inklyuzivlikni yaratish” ixtisosligi bitiruvchisidir.

Lyubov Rubin-Niyozova – “Sulamot” guruhining bosh uslubchisi va hammuassisi, amaliy xulq-atvor tahlilchisi – “Hakibutsim seminari” akademik pedagogika kolleji bitiruvchisidir. Isroil sertifikatlangan xulq-atvor tahlilchilari uyushmasi (IACBA) a’zosi. Lyubov autizmi bor bolalar uchun yakka tartibdagi tuzatish va rivojlantirish dasturini yaratish hamda o‘qishida muammolari va disleksiyasi bo‘lgan bolalarga yordam berishga ixtisoslashgan. Xulq-atvor tahlilchilari, paramediklar va ota-onalarga PACli bolalar uchun kompleks aralashuv dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda maslahat beradi.

 

Jadval:

1-kun (20-sentabr) – Autizm spektri buzilishi bilan tanishish

2-kun (21-sentabr) – Autizmi bor bolalarni ta’limga jalb etish

3-kun (22-sentabr) – Oilada o‘zaro yordam va hamkorlik munosabatlari

 

Malaka oshirish manzili:

Toshkent shahri, Taras Shevchenko ko‘chasi, 42-uy

 

Ishtirok etish bepul. Havola orqali ro‘yxatdan o‘tib tasdiq olish lozim.

 

Qo‘shimcha ma’lumot:

Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi O‘zbekistonda madaniyat, san’at, adabiyot, teatr, musiqa, me’morchilik va xoreografiya sohalarini rivojlantirishga qaratilgan loyihalar tashabbuskoridir. U xalqaro madaniy aloqalarni yo‘lga qo‘yadi va mamlakatning madaniy salohiyatini jahon minbarlarida targ‘ib etadi. Jamg‘armaning uzoq muddatli dasturlari sirasiga mamlakat madaniyat o‘choqlarida jismoniy imkoniyti cheklangan shaxslarga bag‘rini keng ochuvchi va qulay muhitni yaratish, muzeylarni ko‘rkam qayta ta’mirlash, saxovatpeshalikni rivojlantirish hamda muzey, teatr va boshqa madaniyat muassasalari uchun kadrlar salohiyatini shakllantirishga ko‘maklashish masalalari kiradi.

“Sulamot” guruhi ushbu muammolarga daxldor turli sohalarda katta tajribaga ega yuqori malakali isroillik mutaxassislar jamoasidir. “Sulamot” markazida eng samarador malhamlashtirish usullari bo‘yicha rasmiy malaka ruxsatnomasiga ega mutaxassislar, ruhshunos, ruhiy kasalliklar va muolaja shifokorlari xizmat ko‘rsatadi. “Sulamot” guruhi Isroil, Rossiya, Ukraina va MDHning boshqa davlatlarida faoliyat yuritadi.