Jamg’arma haqida

Jamg‘arma tasviriy san'at, adabiyot, teatr, musiqa va xoreografiya sohasidagi tadbirlarni muntazam ravishda tashkil etib boradi va shu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan loyihalarni qo‘llab-quvvatlaydi. Bundan tashqari, Jamg‘arma O‘zbekiston madaniyatini jahon sahnasida targ‘ib qilish bilan shug‘ullanadi.

Jamg‘armaning uzoq muddatli dasturlari qatoriga mamlakatdagi madaniyat muassasalarda inklyuziv va qulay muhitni yaratish, muzeylarni ta'mirlash, mesenatlikni rivojlantirish va muzeylar, teatrlar va boshqa muassasalar uchun yangi mutaxassislar tayyorlash kiradi.

Bundan tashqari, Jamg‘arma O‘zbekistondagi yirik me'moriy loyihalarning tashabbuskori va tashkilotchisi bo‘lib, ular, Davlat san'at muzeyini rekonstruksiya qilish, Toshkentda Zamonaviy san'at markazining tashkil topishi, Davlat bolalar kutubxonasini rekonstruktsiya qilish, shuningdek, shahzoda Romanov qarorgohini rekonstruktsiya qilish.


UZOQ MUDDATLI DASTURLAR

Inklyuziv muhit
Sog‘liqni saqlash vazirligining ma'lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 700 mingdan ortiq nogiron odamlar ro‘yxatga olingan. Ularning 111000 nafari 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlardir. 2019 yildan boshlab Jamg‘arma mamlakatning madaniyat muassasalarida uzoq muddatli inklyuziv dasturini ishlab chiqmoqda, mazkur loyiha madaniyat ob'ektlarni rekonstruktsiya qilish, shahar infratuzilmasini rekonstruktsiya qilish va mamlakatning madaniyat muassasalari xodimlari uchun o‘quv dasturlarini o‘z ichiga oladi.

Muzeylarni ta'mirlash
Jamg‘armaning asosiy uzoq muddatli dasturlaridan yana biri – O‘zbekistondagi muzeylarni qayta tiklashdir. Hozirda mamlaktning to‘rtta muassasasida tiklash ishlari boshlab yuborilgan bo‘lib, ular: O‘zbekistoln Davlat san'at muzeyi, O‘zbekiston amaliy san'at va qo‘l san'atlari tarixi davlat muzeyi, Oybek uy-muzeyi va I.V.Savitskiy nomidagi Qoraqalpoq davlat san'at muzeyi. 2020 yil yanvar oyida ushbu muassasalar ichki elektron kataloglash tizimiga ega bo‘ldi, bu orqali muzeylarda o‘z xodimlarining ishini optimallashtirish va ichki arxivlarini tartibga solish imkonini beradi.

Mesenatlikni rivojlantirish
Jamg‘arma madaniyatni nodavlat moliyaviy qo‘llab-quvvatlash va mesenatlik uchun huquqiy asos yaratadigan qonun loyihalarining tashabbuskori va muallifidir. Bular, "Mesenatlik to‘g‘risida"gi, "Notijorat tashkilotlarning ustav kapitali to‘g‘risida"gi qonunlar, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining "Madaniyat va san'at muassasalari vasiylik kengashlari to‘g‘risidagi namunaviy nizomni tasdiqlash to‘g‘risida" qaroridir.


XALQARO KO‘RGAZMA LOYIHALARI

Venetsiya biennalesi
Zamonaviy san'at va me'morchilikning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan asosiy xalqaro ko‘rgazma. Bu 70 dan ortiq mamlakatlar o‘z madaniyati va bilimlarini bir-birlari bilan baham ko‘radigan platforma hisoblanadi. 2021 yilda mazkur ko‘rgazmada ilk bor O‘zbekiston milliy paviloni namoyish etiladi. Pavilyonning buyurtmachisi - O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg‘armasidir. Loyihaning kuratori 2020 yilda e'lon qilinishi rejalashtirilgan.

Luvr muzeyi
2021 yilning oktyabr oyida Jamg‘arma Yevropaning asosiy muzeyi - Luvr muzeyida keng ko‘lamli ko‘rgazma tashkil etishi rejalashtirilgan. “Ulug‘vor Markaziy Osiyo. O‘zbekistonning karvon yo‘llari” ko‘rgazmasida O‘zbekistonning 310 dona eksponatlari namoyish etiladi. Muzey loyihasiga 2,5 milliondan ortiq tomoshabinlar tashrif buyurishini taxmin qilmoqda. 2020 yilning fevral oyida qayta tiklash ishlari olib boriladi, shuningdek, loyiha doirasida Luvr mutaxassislari dunyodagi eng qadimgi va eng mashhur nusxalardan biri bo‘lgan Katta Langar - Qur'on sahifalarini tiklaydilar.

Berlindagi Jeyms Simon galereyasi
"O‘rta Osiyo merosi: Kushon sivilizasiyasi" ko‘rgazmasini 2022 yilning aprel' oyida Jeyms Simon galereyasida tashkil etish mo‘ljallangan. Jeyms Simon galereyasi G‘arbiy Yevropaning asosiy madaniy yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan Berlindagi Muzey orolida joylashgan. Har yili orolga 3 milliondan ortiq odam tashrif buyuradi. Ko‘rgazma O‘zbekiston tarixidagi ellinistik, Buyuk Iskandar Zulqarnayn (Aleksandr Makedonskiy)ning fath etishidan tortib Kushon imperiyasining voqealariga qadar bo‘lgan davr haqida hikoya qiladi.

 

TOSHKENTDAGI MADANIYAT MUASSASALARINI REKONSTRUKSIYA QILISH

Davlat san'at muzeyi
Toshkentdagi modernizmning asosiy yodgorliklaridan biri hisoblanib, u 1974 yilda bir guruh yosh me'morlar tomonidan yaratilgan. Bir necha o‘n yillar davomida muzey ekspozitsiyasi va infratuzilmasi yangilanmadi, binoning fasad qismini bezashda foydalanilgan eksperimental materiallar dastlab rejalashtirilgan darajada bardoshli bo‘lmagan. Bu yil Davlat san'at muzeyini qayta qurish loyihasi taqdim etiladi. Qayta qurish muallifi yapon me'mori, Pritsker mukofoti laureyati Tadao Ando. Muzeyning umumiy maydoni ikki baravarga kengaytirilib, 20000 kvadrat metrni, shu jumladan, 7000 kvadrat metr ko‘rgazma maydonini egallaydi. Bu muzey ekspozitsiyasini qayta ko‘rib chiqish va muzeyning omborxonasini kengaytirish imkonini beradi, bu erda institutning butun arxivi 100 000 dan ortiq eksponatlar saqlanadi. Binoning atrofida umumiy maydoni - 1,1 gektar maydonda shahar markazida yangi zamonaviy bog‘ tashkil etiladi.

Shahzoda Romanovning qarorgohi
Shahzoda Nikolay Romanovning qarorgohi 1881 yilda me'morlar Wilhelm Heintzelman va Alexey Benoi tomonidan qurilgan. 1918 yildan 1935 yilga qadar bu binoda Davlat san'at muzeyi joylashgan edi. Yaqin vaqtgacha saroy jamoatchilik uchun yopiq edi. 2020 yilda Jamg‘arma binoni rekonstruktsiya qilish va unda Davlat San'at muzeyining filialini tashkil etish rejalari haqida e'lon qildi. Knyaz qarorgohi binosidagi ekspozitsiyaning asosiy vazifasi o‘sha davrdagi vaziyatni tiklashdir. Nikolay Konstantinovich boshchiligidagi guruhi loyiha mualliflari saqlagan arxiv fotosuratlaridan foydalangan holda saroyning ichki bezagini iloji boricha avvalgisiga yaqinroq qilishga harakat qiladi. Ko‘rgazmada Davlat san'at muzeyi ekspozitsiyalari, klassik tasviriy san'at asarlari, italiya haykaltaroshlik namunalari va chinni buyumlar, mebellar, shuningdek shahzodaning asl irodasi namoyish etiladi, unga ko‘ra u o‘z to‘plamini Toshkentga topshirishi rejalashtirilgan.

CCA TASHKENT
Yaqin kelajakda Zamonaviy san'at markaziga aylantiriladigan ushbu bino 1912 yilda qurilgan. Bu yerda inqilobdan avval, shaharning birinchi tramvay yo‘nalishi uchun enegriya yoqilg‘isi ishlab chiqaruvchi dizel elektr stansiyasi mavjud edi. Aynan shu yerdan Toshkent shahrini elektr bilan ta'minlash boshlangan. Hozirda, bu joyda yangi O‘zbekistonning yangi badiiy muhitini shakillantirish ishlari boshlanmoqda.

Davlat bolalar kutubxonasi
Bino 1909 yilda arxitektor Markevichning loyihasiga asosan qurilgan. Dastlab bu paxtakor Vadyaevning uyi edi va 1910 yildan beri bu erda ommaviy yig‘ilishlar o‘tkizilar edi. 1930-yillarda bu erda "Komsomolning 30 yilligi" kinoteatri ochilgan. Hozirgacha kutubxona joylashgan binoning faqat chap qismi saqlanib qolingan. Unda Markaziy Osiyodagi eng katta bolalar uchun 200 000 dan ortiq kitoblar to‘plamlari mavjud. 2020 yilda binoni qayta qurish loyihasi taqdim etiladi, uni Ludi Architects byurosi (Rossiya) boshqarishi rejalashtirilgan.