«Madaniy hayriya faoliyatini rivojlantirish» dasturi O’zbekistonda hayriya ishlarini yanada kengroq miqyosda olib borishga yo’naltirilgan. Ushbu dastur dunyo miqyosida qilinayotgan hayriya ishlarining holatini o’rganish hamda shu masla bilan bog’liq bo’lgan muammolarni o’rginsh va asosiy tendensiyalarni aniqlash bilan shug’illanadi.
Dasturning asosiy maqsadi madaniy sektorning muvaffaqiyatli ishlashi uchun qo'shimcha moliyaviy resurslarni jalb qilishda huquqiy va jismoniy shaxslarning ishtirokini rag'batlantirishdan iborat.
Madaniyat va sanʼat jamgʻarmasining ilk xalqaro grant dasturi
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish Jamgʻarmasi birinchi marta chet el oliy oʻquv yurtlarida grant asoosida oʻqish uchun tanlov eʼlon qildi.
2019-yilda talabalar ”Zamonaviy sanʼatda kuratorning amaliyoti” ikki yillik Magistrlik dasturida oʻqish uchun Milliy taʼlim universitetining Oliy maktabida va “Garaj” zamonaviy sanʼat muzeyida grant yutib olish kabi ajoyib imkoniyatga ega.
Kurs zamonaviy tasviriy amaliyotlarda mahoratli eksperimentlarga oid mavhum (abstrakt) rasmlarni his qilishdan va tahlil qilishdan boshlab, to found footage video-rassomlarning ishlarigacha biladigan kelajak kurator va sanʼat (art)menejerlarini shakillantirishga va tayyorlashga yoʻnaltirilgan. Magistr dasturi haqida batafsil maʼlumot va dasturda ishtirok etish uchun kerakli hujjatlar roʻyxatini bu yerda topishingiz mumkin.
Tanlovda magistrlik dasturining talablariga javob beradigan oliy maʼlumotli nomzodlar ishtirok etishlari mumkin.
Tanlov uch bosqichdan iborat:
- Birinchi bosqichda nomzodlar Milliy tadqiqot universitetining “Iqtisodning oliy maktabi”da va “Garaj” Zamonaviy sanʼat muzeyida “Zamonaviy sanʼatda kuratorlik amaliyotlari” magistrlik dasturi tanlovida ishtirok etish uchun portfolio topshirishlari kerak. Siz talab qilinadigan shartlar va zarur hujjatlarning roʻyxati bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.
Portfolio Oliy maktabning saytida topshirishning oxirgi muddati: 25-iyulga qadar.
Birinchi bosqichning ikkinchi shartiga oʻtish uchun tanlov ishtirokchilari hujjatlarni elektron shaklda elektron manzili orqali yuklab olishlari kerak. Tegishli hujjatlarni toʻldirish va taqdim etishning barcha bandlari albatta bajarilishlari shart.
- Birinchi bosqichdan muvaffaqiyatli oʻtgan ushbu grant dasturining ishtirokchilari uchun tanlovning ikkinchi bosqichi Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi binosida joylashgan ITI VSHE va “Garaj” zamonaviy sanʼat muzeyi (Toshkent sh. Taras Shevchenko, 1 manzili boʻyicha joylashgan) tanlov komissiyasi bilan boʻlgan onlayn suhbatdir.
- Zarurat tugʻilganda, Fond uchinchi qoʻshimcha bosqichni oʻtkazish huquqini saqlab qoladi. Ushbu uchinchi bosqich birinchi ikki bosqichdan oʻtgan nomzodlar bilan Fondning ichki komissiya aʼzolari bilan yuzma-yuz suhbat shaklida oʻtadi.
- Grantlar tanlov tadbiri Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish Jamgʻarmasining reglamenti aʼsosidagi Stipendial dasturining tarkibiy kismidir.
Dasturda taʼlim olish granti quyidagi xarajatlarni qoplaydi:
- Shartnomaning umumiy qiymati;
- magistrantning Moskva shahrida oʻqish muddati davomidagi yashash boʻyicha chiqimlarni;
- Oziq-ovqat, ichki transport;
- Oʻqish vaqtida 4 ta havo(aviatsion uchishlar) safarlari;
- Tibbiy sugʻurta (minimal tarif boʻyicha).
Baholash mezonlari:
- Ilmiy faoliyat;
- Ilmiy-tadqiqot ishlar;
- Analitik qobiliyatlar;
- Tashkiliy qobiliyatlar;
- Rivojlanish maqsadi;
- Ijtimoiy faollik;
- Tanlangan sohaning ahamiyati va afzalliklari va uning madaniyat va saʼnat sohasini rivojlantirishdagi oʻrnini anglash.
Tanlov jadvali:
- HSE veb-saytida arizalarni qabul qilish: 2019-yil 25-iyulgacha
- Fond saytida arizalarni qabul qilish: 2019-yil 30-iyulgacha
- 1-bosqichning arizalarni koʻrib chiqish: 2019-yil 30-iyuldan 3-avgustgacha
- 1-bosqich natijalarini eʼlon qilish: 2019-yil 5-avgust
- Ikkinchi bosqichning onlayn intervyusi: 2019-yil 8-avgust
- Jamgʻarma komissiyasi bilan yuzma-yuz suhbat (zarur boʻlganda): 2019-yil 13-avgust
- Tanlov natijalarini aniqlash: 14 dan 16-avgustga qadar
- Gʻoliblarni elon qilish: 2019-yil 20-avgustidan kechikmasdan
Tanlov gʻoliblari uchun jadval:
Gʻoliblar bilan shartnoma munosabatlarini tuzish: tanlov natijalari elon qilingan kundan boshlab 10 ish kuni ichida;
Stipendiya toʻlovlari: 2019-yil sentyabr oyigacha.
Grantlar (stipendial, stipendiyaga oid) tanlovida ishtirok etish shartlari:
- Raqobatchilar bir vaqtning oʻzida bir nechta stipendiya dasturlari boʻyicha gʻolib boʻlishi mumkin emas;
- Jamgʻarma akademik intizom buzilgan, olayotgan taʼlimni oʻzlashtirish pasaygan, uzrsiz uzluksiz davomatni buzish, ichki qoidalar va universitet qoidalariga rioya qilmaslik, yotoqxonada yashash qoidalarini buzish (agar talaba yotoqxonada yashasa) hollarida, hamda tabiiy ofatlar (zilzilalar, boʻronlar, qurgʻoqchilik va boshq.) yoki ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatlar (urush holati, blokada, davlat manfaatlaridagi import va eksportni toʻxtatilishi, va ho kazo) taʼlim grantini toʻlashni toʻxtatish huquqini oʻzida saqlab qoladi. Toʻlovni toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qaror Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish Jamgʻarmasi tanlov komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi;
- Grant summasi qabul qiluvchi tashkilotning hisob raqamiga oʻtkaziladi;
- Ikki yillik magistrlik dasturga kirgan talabalarni, Jamgʻarma yozgi taʼtil vaqtida Oʻzbekiston Respublikasi tashkilotlari va muassasalarida amaliyot oʻtish uchun tayinlash huquqini oʻzida saqlab qoladi;
- Grant yutib olgan shaxslar tegishli litsenziya (bakalavr / magistr) olganidan soʻng uch oy davomida Fond stipendial(stipendiyaga oid) komissiyaning qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi nazorati ostida madaniyat va sanʼat muassasalarining ustuvor yoʻnalishlarida ishlaydi. Ish staji: kamida bir yil.
- Oʻquv davri mobaynida talabalar shaxsiy xavfsizligi uchun Jamgʻarma javobgar yemas;
- Fond yozgi taʼtil vaqtida talabaning xarajatlarini (turar joyi, ovqatlanishi, ichki transport) qoplamaydi;
- Oʻquv jarayoni vaqtida favkulodli vaziyatlar, sogʻliq bilan bogʻliq sharoitlar va boshqa sabablarga koʻra rejadan tashqari talaba Oʻzbekistonga qaytib kelishi kerak boʻlsa, havo safariga chiqish uchun barcha moliyaviy xarajatlar grant sohibining boʻyniga qoʻyiladi.
Grant dasturining gʻoliblari oʻz bilimlarini va qobiliyatlarini boshqalarga oʻrgata oladigan, yangi gʻoyalar yaratadigan, ularni amalga oshirish va ish natijalari uchun shaxsiy masʼuliyatni oʻz zimmasiga oladigan ijodkor kishilar, shuningdek, hamfikr boʻlgan odamlar guruhini toʻpla oladigan va umumiy maqsadga erishishga unday oladigan shaxslar boʻlishlari kerak.
Jamgʻarma mamlakatdagi universitetlarda oʻqish uchun grant dasturining boshlaniini eʼlon qildi.
Ikkinchi yil Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish Jamgʻarmasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Oʻquv Yurtlarida tahsil olayotgan talabalar uchun grant dasturini amalga oshirmoqda. Dastur tanlov asosida oʻtkaziladi, undan soʻng tanlov gʻoliblari oʻzlarining tanlangan Oliy Oʻquv Yurtlarida oʻqish uchun grant sohibi boʻladilar.
Joriy yilda oʻzgarishlar amalga kiritildi. Bunga binoan, hozirgi dasturda talabalar Oʻzbekiston Madaniyat Vazirligiga boʻysinuvchi taʼlim muassasalari roʻyxatiga kiritilmagan universitetlardan ham bu dasturda ishtirok etish uchun ariza berishlari mumkin.
Shuningdek, talabalar bakalavriyat, hamda magistraturada taʼlim olish uchun grant olish uchun yaxshi imkoniyatga ega boʻldilar. Dasturning shartlariga muvofiq, quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha talabalar ishtirok etishlari mumkin:
Madaniyat va sanʼat sohasida menejment
- Qayta tiklash va saqlash
- Arxitektura
- Madaniy sayyohlik
- Grafik dizayni
- Tasviriy sanʼat
- Muzeyshunoslik
Saralash bosqichlari
Tanlov ikki bosqichda oʻtkaziladi:
- Birinchi bosqichda talabalar grant dasturiga saralashda ishtirok etish uchun 2019-yil 25-avgustgacha murojaat qilishlari kerak. Buni elektron manzil orqali amalga oshirish mumkin. Tegishli hujjatlarni toʻldirish va taqdim etishning barcha bandlari albatta bajarilishlari shart. Tanlovda ishtirok etish uchun shaxsiy arizani Jamgʻarma tomonidan tasdiqlangan Ariza (oʻzbek tilida) yoki Zayavleniye (rus tilida) shakli namunasini quyidagi ilovalar orqali izlab topishingiz mumkin.
- Birinchi bosqichdan oʻtgan nomzodlar tanlovning ikkinchi bosqichida 2019-yil 30-avgustda Oʻzbekiston Madaniyat vazirligi binosida boʻlib oʻtadigan yuzma yuz suhbatiga taklif qilinadi.
Nomzodni saralash meʼzonlari:
- ilmiy faoliyat;
- ilmiy-tadqiqot ishlari;
- mumiy taʼlim;
- analitik koʻnikmalar;
- tashkiliy koʻnikmalar;
- rivojlanish maqsadi;
- ijtimoiy faoliyat;
- tanlangan mutaxassislikning ahamiyati va afzalliklari va uning mamlakatda madaniyat va sanʼat sohasini rivojlantirishdagi oʻrnini anglashi.
Nomzodlar uchun umumiy shartlar:
- Tanlovda ishtirok etayotgan ishtirokchi xujjatlarni topshirish davrida Oʻzbekiston Universitetining talabasi boʻlishi kerak;
- Birinchi kurs bakalavriyat talabalari tanlovda qatnasha olmaydi;
- Talabalar bir vaqtning oʻzida bir nechta grant dasturlarida gʻolib boʻla olmaydi;
- Dasturning maʼmuriyati, agar nomzod koʻrsatilgan hujjatlarda notoʻgʻri maʼlumot mavjud boʻlsa, tanlovning istalgan bosqichida shartnomani bekor qilish huquqini oʻzida saqlab qoladi;
- Universitenida bir yil oʻqishi uchin toʻlanadigan grant dasturining gʻoliblari dasturda takroran ishtirok eta olmaydi;
- Grant yutib olgan shaxslar tegishli darajani (bakalavr / magistr) qoʻlga kiritganidan soʻng uch oy davomida Fond stipendial(stipendiyaga oid) komissiyaning qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi nazorati ostida madaniyat va sanʼat muassasalarining ustuvor yoʻnalishlarida ishlaydi. Ish staji: kamida bir yil.
Musobaqaning umumiy jadvali:
- Arizalarni qabul qilish: 2019-yil 25-avgustgacha
- Sirtqi bosqichning talabnomalarini tekshirish: 2019-yil 27-avgustgacha
- Sirtqi bosqichning natijalarni eʼlon qilish: 2019-yil 28avgust
- Yuzma yuz suxbatidan iborat boʻlgan bosqich: 2019-yil 30-avgust
- Tanlovning yakuniy natijalarini belgilash: 2019-yilning 2 3-sentyabr kunlari
- Tanlov gʻoliblarni eʼlon qilish: 2019-yil 4-sentyabr
Tanlov gʻoliblari uchun grafik
- Gʻoliblar bilan shartnoma tuzish: tanlov natijalari eʼlon qilingan kundan boshlab 10 ish kuni ichida;
- Stipendiyalarini toʻlash: 2019-yil sentyabr oyi oxirigacha. Grant summasi qabul qiluvchi Universitetning hisob raqamiga oʻtkaziladi;
Grant dasturining gʻoliblari oʻz bilimlarini va qobiliyatlarini boshqalarga oʻrgata oladigan, yangi gʻoyalar yaratadigan, ularni amalga oshirish va ish natijalari uchun shaxsiy masʼuliyatni oʻz zimmasiga oladigan ijodkor insonlar, shuningdek, hamfikr boʻlgan odamlar guruhini toʻpla oladigan va umumiy maqsadga erishishga unday oladigan shaxslar boʻlishlari kerak.
Grant dasturining gʻoliblari, yillik shartnomada belgilangan toʻlov miqdori boʻyicha 2019-2020 oʻquv yili uchun toʻlanadi. 2019-yil sentyabr oyining oxirigacha bu toʻlov amalga oshiriladi.