Autizm spektri buzilgan bolajonlar uchun Samarkand Marathon Bolalar Akademiyasi tashkil qilingan

O‘qish vaqti: 8 min.

Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi boshchiligida ushbu Autizm spektri buzilgan bolajonlar uchun Samarkand Marathon Bolalar Akademiyasi tashkil qilingan. Ush bu Akademiya Samarqand xayriya marafoni 2020 ning e’lon qilingan natijalaridan biridir.

Samarkand Marathon Bolalar Akademiyasi – bu ASB bolajonlarimiz uchun yangi ixtisoslashtirilgan ijodiy maydondir. Akademiya “Navro‘z” istirohat bog‘ida joylashgan bo‘lib, unda ijodiy va interaktiv mashg‘ulotlar uchun barcha sharoitlar yaratilgan, shu jumladan: dam olish maskani, ijod ishlari bilan shugillanadigan ustaxona, hovli, ota-onalar uchun kutish maydoni. Ush bu akademiya o'smirlar va yosh bolalar uchun mavjud bo'ladi.

Akademiya bolalar va ularning ota-onalari uchun reabilitatsiya markaziga aylanadi, bu esa ularning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam beradi.

Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi kengashi rais o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva:

“Maqsadimiz bolajonlarimiz ijtimoiy muhitga to‘g‘ri integratsiyalashuviga yordam berish, ularning moslashishiga, mustaqil bo‘lishga va jamiyatda munosib o‘rin topishga yonaltirishdir.“Samarqand marafon” bolajonlar akademiyasi ham ana shu maqsad sari qo‘yilgan dastlabki qadamlardan biridir. Bu makon ota-onalar bir-birini qo‘llab-quvvatlashi, fikr va tajriba almashishi mumkin bo‘lgan joyga aylanadi. Biz san'at va ijodiy izlanishlar orqali reabilitatsiya jarayoni uchun munosib muhitni ta'minlash uchun mahalliy va xalqaro mutaxassislarni jalb qilamiz."

Gayane Umerova, Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi ijrochi direktori:

“O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan 4 yil moboynida tashkillashtirayotgan “Samarqand marafoni” xayriya yugurishi o‘tkazilmoqda. Biz o‘z oldimizga xayriya sport va madaniy tadbirlar orqali O‘zbekistonda inklyuziv muhitni rivojlantirishni  keng ko‘lamli vazifani qo‘yganmiz. Shu yillar davomida “Samarqand marafoni” ijtimoiy namunaga aylanib, har yili nafaqat hamshaharlarimiz balki xorijdan ham minglab sayyohlar va sportchilarni o‘ziga jalb etuvchi yetakchi sport tadbiriga aylana oldi. Bu yilgi xayriya marafonidan ko‘zlangan maqsadi muzeylarni ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchilar uchun moslashtirishdan iborat.

Jamg‘arma jamoasi mashhur san’at asarlari va eksponatlarining taktil modellarini yaratish ustida ish olib boradi, O‘zbekiston muzeylarida audiogid tizimi joriy etiladi. Bu boradagi ishlar xorijiy yetakchi mutaxassislar bilan hamkorlikda amalga oshirmoqda. Umuman olganda, marafon ushbu mavzuga qo'shimcha e'tibor va resurslarni jalb qilishga yordam beradi, deb umid qilamiz."

Jismoniy imkoniyatlaridan cheklangan insonlar, barcha insonlar qabi madaniyat va san’atdan teng foydalanishini ta’minlash Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasining eng muhim vazifalaridan biridir. Samarqand marafonini o‘tkazishdan asosiy maqsad – madaniyat va ijodiy muassasalarda qulaylik va inklyuziv muhit yaratish muammolariga jamoatchilik e’tiborini qaratishdir.

Samarkand Marathon 2019

2019-yilning noyabr oyida Samarqand shahrida birinchi xalqaro marafon boʻlib oʻtgan, uning maqsadi madaniyat va sanʼat obʼyektlarining qulayligi va inklyuzivligi muammosiga jamoatchilik eʼtiborini jalb qilish, shuningdek, sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish va O’zbekistonning sport turizmini rivojlantirishdan iborat edi. Unda 1100 dan ortiq ishtirokchi qatnashdi. Har yili ishtirokchilarning kirish toʻlovidan tushgan mablagʻ xayriya maqsadini amalga oshirishga yoʻnaltiriladi. Asosan 2019-yilgi marafondan tushgan mablag ‘Toshkent teatrlarida audio sharh loyihasini amalga oshirishga sarflandi.

Natijada asbob-uskunalar xarid qilindi, 20 dan ortiq audio sharhli spektakllar sahnalashtirildi, Fond granti asosida REAKOMP institutida (Rossiya) tahsil olgan  ikki mutaxassis (Samira Qahramonova, Nazima Baxromova) tayyorlandi. Fond har yili audiovizual sharhlar bo'yicha treninglar uchun grant e'lon qiladi.

Samarkand Marathon 2020

2020 yilda pandemiya davrida marafon onlayn tarzda o'tkazildi. Onlayn marafonda ishtirokchilar bilan birga 3000 dan ortiq kishi haqiqiy trekda qatnashdi. 2020-yilda Samarqand marafonining maqsadi jamoatchilik e’tiborini autizm bolalar muammolariga qaratish edi. Marafon ishtirokchilari va hamkorlari tomonidan to'plangan mablag'lar evaziga ASB bolajonlar uchun Bolalar Akademiyasi Samarqand Marafoni tashkil etildi. Akademiyada bolalar uchun maxsus dastur, jumladan, art-terapiya kursi va ASB bilan chalingan  bolalarning ijodiy salohiyatini rivojlantirish uchun maxsus dasturlar tuzilgan.

Dastur doirasida Contact Profi (O‘zbekiston), Down Side Sport (O‘zbekiston) kabi markazlarning mutaxassislari va ishtirokchilari, shuningdek, ASB Spectrum Uzbekistan Autismkids (O‘zbekiston) bilan buzilgan ota-onalar va bolalar hamjamiyatining vakillari taklif etiladi.

Samarkand Marathon 2021

2021 yildagi yugurishda 2200 dan ortiq kishi qatnashdi. 2021-yilgi xayriya musobaqasining vazifasi nogironlarni madaniyat muassasalarida ishga joylashtirishdan iborat edi.Jamiyatga integratsiyalashuvi uchun noguronlar yordamga muhtoj. Bu boradagi ishlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Ushbu bosqichda nogiron bo’lgan shaxslarni ish bilan ta'minlash sohasidagi muammolar o'rganilmoqda.

Yaqin orada Fond nogiron bo‘lgan shaxslarni ish bilan ta’minlash istagida bo‘lgan madaniyat muassasalari uchun ochiq tanlov e’lon qiladi. Shuningdek, nogiron bo‘lgan shaxslarni madaniyat muassasalarida ish joyiga moslashtirish dasturlari ishlab chiqiladi.

Madaniyat muassasalarida inklyuziv muhitni rivojlantirish nafaqat muassasalar infratuzilmasini, balki ta'lim dasturlarini yangilashni va inklyuziv xizmatlar ko'rsatish uchun xodimlarni qayta tayyorlashni o'z ichiga olgan uzoq jarayondir. Bu uzoq muddatli dastur bo‘lib, 2022-2023 yillar davomida to‘liq amalga oshiriladi.

Samarkand Marathon 2022

2022-yil 6-noyabrda Samarakand shahrida marafonining to‘rtinchi xayriya yugurishi bo‘lib o‘tadi. 2022-yilgi xayriya maqsadi: muzeylarni ko‘zi ojizlar uchun moslashtirish. Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan mashhur san’at asarlari va eksponatlarining taktil maketlari yaratiladi, shuningdek, O‘zbekiston muzeylarida audiogidlar tizimini joriy etiladi.

Marafon g‘oyasi O‘zbekistonda va xorijda juda ko‘p odamlarni qamrab oldi. Marafon har yili minglab sayyohlar va sportchilarni jalb etuvchi mamlakatning asosiy sport tadbiriga aylanivotti.

Joriy yilning fevral oyida Samarqand marafoni jahon chempionatiga saralash poygasiga aylandi. Ush bu Marafon Jahon Marafonlarning Yosh guruhi chempionatining saralash poygalari ro'yxatiga kiritilgan. Bu yil AbbottWMM Wanda Age Group World Championship dunyoning eng yaxshi 300 ta tadbirlarni, shuningdek, eng muhim 6-ta marafonni o'z ichiga oladi. Hozirda Samarqand Marafoni ham shular qatoridan joy oldi.

Autizm spektrining buzilishi (ASB) – bu har hil hollatdagi guruh, ma'lum qiyinchiliklar bilan ajralib turadigan va  ijtimoiy aloqaga qiyin chiqadigan insonlardir.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi

Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi O‘zbekistonda madaniyat, san’at, adabiyot, teatr, musiqa, me’morchilik va xoreografiya sohalarini rivojlantirishga qaratilgan loyihalar tashabbuskoridir. U xalqaro madaniy aloqalarni o‘rnatadi, mamlakat madaniy salohiyatini jahon miqyosida targ‘ib qiladi. Jamg‘armaning uzoq muddatli dasturlari qatoriga mamlakatimiz madaniyat muassasalarida inklyuziv va qulay muhit yaratish, muzeylarni rekonstruksiya qilish, homiylikni rivojlantirish hamda muzeylar, teatrlar va boshqa madaniyat muassasalarining kadrlar salohiyatini shakllantirishga ko‘maklashadi.

Fotosuratlar