Fransiya jurnalistlari delegatsiyasi bilan press-tur

O‘qish vaqti: 1 min.

Press-tur doirasida fransiyalik jurnalistlar Samarqanddagi Arxeologiya institutiga tashrif buyurib, u yerda qadimiy Kofir-Qal’a maskanida yasalgan yog‘och pannoni ko‘rishga, restavratsiya jarayoni bilan tanishish va Luvr restavratori Delfin Levevr va Arxeologiya instituti restavratori Marina Reutova bilan muloqot qilish imkoniga ega bo‘ldilar.

Restavratsiya jarayoni to‘rt bosqichdan iborat bo‘lib, pannoning barcha qismlari, kamar va boshqa tarkibiy elementlarning batafsil chizmalari amalga oshirildi.

Bundan tashqari, delegatsiya vakillari Samarqand davlat muzeyiga tashrif buyurib, u yerda Amir Temur davridagi eshikni ko‘zdan kechirishdi va 2019-yildan buyon amalga oshirilayotgan restavratsiya ishlari natijalari bilan tanishdi. Shuningdek, jurnalistlar Samarqand shahridagi “Afrosiyob” muzeyida bo‘lib, u yerda arab davrining (VII asr)dagi “Elchilar zali”ning noyob syujet rasmlarini ham tomosha qilishdi.

Fotosuratlar