O‘zbekistonda “Zaamin Ultra” ultramarafon bo‘lib o‘tdi

O‘qish vaqti: 8 min.

                    ZAAMIN ULTRA — Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi,

Sportni rivojlantirish vazirligi va Jizzax viloyati hokimligi hamkorligida tashkil etilgan xalqaro togʻ ultramarafon.

“Zomin Ultra” yugurish musobaqasi g‘oliblari ma’lum bo‘ldi.

28-29 may kunlari “Zomin” milliy tabiat bog‘i hududida (Jizzax viloyati) “ZAAMIN ULTRA” ultramarafoni bo‘lib o‘tdi. Bu dengiz sathidan 2500 metr balandlikda o‘tkaziladigan noyob tog‘ yugurish musobaqasi. Ushbu tadbir doirasida 28-may kuni elektron musiqa konserti o‘tkazildi. 29-may kuni esa ultramarafon bo‘lib o‘tdi, unda ishtirokchilar Turkiston tog‘ tizmasining qorli tog‘larini tomosha qilish imkoniga ega bo‘ldilar.

“ZAAMIN ULTRA” har yili o‘tkaziladigan mamlakat tarixidagi birinchi ultramarafondir. Yugurish musobaqasi yo‘lagi dengiz sathidan 2200 – 2500 metr balandlikda joylashgan bo‘lib, bu 6 ta Toshkent teleminorasining balandligiga teng. Bellashuv bo‘lib o‘tadigan yo‘l halqa ko‘rinishida bo‘lib, uning aylana bo‘yicha uzunligi 25 kmni tashkil qiladi.

Musobaqa g‘oliblari quyudagi masofalarda aniqlandi:

50 km masofadagi erkaklar o‘rtasida birinchi o‘rin Artur Shaipovga, ikkinchi o‘rin Rafael Zinnurovga, uchinchi o‘rin Oleg Parsegovga, xotin-qizlar o‘rtasida birinchi o‘rin Malika Maqsudovaga hamda ikkinchi o‘rin Dilfuza Allayarovaga nasib etdi. 50 km masofaga jami 35 nafar ultramarafonchi marraga etid keldi.

21 km masofaga g‘olib bo‘lganlar erkaklar o‘rtasida birinchi o‘rinni Andrey Shaipov, ikkinchi o‘rinni Semyon Shadin, uchinchi o‘rinni Semyon Sevastyanov, ayollar o‘rtasida birinchi o‘rinni Natalya Pitaeva, ikkinchi o‘rinni Diana Valieva, uchinchi o‘rinni Albina Avakyanlar egallashdi.

10 km masofaga erkaklar o‘rtasida birinchi o‘rin Giesjon Erkaboev, ikkinchi o‘rin Isroil Ravshanov, uchinchi o‘rin Suxrob Qobilovga nasib etgan bo‘lsa, xotin-qizlar o‘rtasida birinchi o‘rinni Madina Sagatova, ikkinchi o‘rinni E’zozaxon Hoshimova, uchinchi o‘rinni Oynuri Qo‘shmurodovlar egallashdilar.

Musobaqa ishtirokchilari uchun to‘rtta – 2, 10, 21 va 50 km masofalarda o‘tkazildi. Ultra 50 km masofada umumiy ko‘tarilish 1535 metrni tashkil qiladi. Bu marshrut “Turkiston” va “Malguzar” tizmalarining barcha platolarining manzaralarini namoish etadi. Marshrutning eng baland nuqtasi dengiz sathidan 2500 metr balandlikni tashkil qiladi. 21 kmlik tog‘ yarim marafoni masofasi umumiy ko‘tarilish 635 metr. Ishtirokchilar marshrutda uchta mahalliy tog‘ soylari: “Kattashir”, “Qizilmozor” va “Obiko‘l” daryolari bo‘ylab yugurishdi. 10 km masofa marshrut boʻylab 370 metr balandlikka koʻtarilish bilan oʻtadi, u yerda ishtirokchilar “Qizilmozor” togʻ oqimi va Choʻrtanga kanyoniga kirishni koʻrish imkonini beruvchi kuzatuv maydonchasi tomon yugurishdi.Yorqin marraga erishish uchun tashkilotchilar cho‘qqilarni so‘nggi kilometrlarga qoldirishdi. Yugurishni endi boshlaganlar uchun 2 km masofadagi (havaskorlar uchun)   yo‘lda balandliklar ham  bor edi. Marshrut start shaharcha va “Kattashir” tog‘ oqimining panoramali ko‘rinishini taqdim etadi. Ishtirokchilarni
qo‘llab-quvvatlash uchun yugurish yo‘li bo‘ylab har 5 kmda ovqatlanish stantsiyalari tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi  Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi Kengashi raisi o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva quyudagilarni ta’kidladi:

“Ultramarafon “Samarqand Marathon” xayriya marafonining bir qismi boʻlib,
u oʻz navbatida dunyoning eng yaxshi 100 ta yugurish musobaqasi  qatoriga kiradi!
2022-yilgi yugurish musobaqasining maqsadi muzeylarga tashrif buyurishda imkoniyati cheklangan odamlarning ehtiyojlariga moslashtirishdir. Zomindagi yoʻli oʻzining ajoyib manzarasi va tabiatning boyligi bilan ajralib turadi. U  uzoq vaqtdan beri borish qiyin boʻlgan yoʻl boʻylab oʻtadi. Bu oʻzingizni sinab koʻrish uchun noyob imkoniyatdir!”

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi ijrochi direktori Gayane Umerova:

“2019-yildan buyon butun dunyodan minglab ishtirokchilarni birlashtirgan Jamg‘arma tamonidan tashkillashtirgan Samarqand xayriya marafonini o‘tkazib kelmoqda.
Har yili barcha marafon ishtirokchilarini xayriya maqsadlari birlashtiradi. Umid qilamizki, Zomindagi marofon, undan keyin Buxorodagi va Bo‘stonliq ttumanida o‘tkaziladigan musobaqalar “Samarqand marafoni-2022” maqsadini qo‘llab-quvvatlaydi va ushbu mavzuga qo‘shimcha e’tibor va resurslarni jalb qilishga yordam beradi”.

Mirxan Sagitov, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi Maxsus loyihalar bo‘limi boshlig‘i, “Samarakand marafoni” loyihasi kuratori:

Joriy yilda biz yangi noodatiy tadbirni qo‘shdik va tadbirlarimiz to‘rtta yirik yugurish musobaqasiga ko‘paydi: Zomin, Buxoro, Samarqand va Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi yugurish musobaqalari. Buxoro shahrida biz uchun ham, mamlakat uchun ham mutlaqo yangi formatda o‘tkaziladi. Noyabr oyida Samarqand shahridagi marafon an’anaviy tarzda bir qator yugurish musobaqalari bilan yakunlanadi. Biz ishonamizki, yangi marafon masofasi (42 km) butun dunyodan chet ellik ishtirokchilarni jalb qilishning yangi markaziga aylanadi, bundan tashqari, bizning musobaqamiz jahon chempionatining saralash musobaqasiga aylanib ulgurdi.

Trassada 48 nafar ko‘ngillilar ishlashdi, ulardan 25 nafari “Qizil yarimoy” jamiyati tomonidan maxsus birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha treningdan o‘tgan. Bu yil “ZAAMIN ULTRA” AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya, Gruziya, Rossiya, Belarus, Isroil, Hindiston, Italiya, Qozog‘iston, Kanada, Yangi Zelandiya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Ukraina, Angilya va O‘zbekiston kabi 20 ga yaqin davlatdan 1200 dan ortiq ishtirokchilarni birlashtirdi.. Butun musobaqa davomida 10 nafar tibbiy ko‘ngilli navbatchilik qildi, 7 nafar tez yordam brigadasi sog‘liqni saqlashga mas’ul bo‘ldi.

“Zamin Ultra” xalqaro tog‘ ultramarafoni O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tashabbusi bilan tashkil etildi. “Zomin Ultra” Samarqand marafonining bir qismi bo‘lib, Jamg‘arma tomonidan 2019-yildan buyon mamlakatimizning eng muhim sport tadbiriga aylangan “Samarqand Marafoni” xayriya marafoni o‘tkazib kelinmoqda. Marafon bunday madaniyat va sport festivallarini o‘tkazishning yangi tendentsiyasini belgilab beradi va butun dunyodan minglab ishtirokchilarni o'z ichiga oladi. Har yili marafon ishtirokchilarini xayriya maqsadlari birlashtiradi. Musobaqaga kirish toʻlovlaridan yigʻilgan mablagʻlar audiogidlar, taktil rasmlar va zarur jihozlarni xarid qilishga sarflanadi.

Zominda, Buxoroda va Boʻstonliq tumanuda oʻtkaziladigan bir qator yugurish musobaqalari ham 2022-yilgi xayriya maqsadini qoʻllab-quvvatlaydi va ushbu mavzuga qoʻshimcha eʼtibor va resurslarni jalb qilishga yordam beradi. Asosiy musobaqa 2022-yil 6-noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan Samarqand marafoni bo‘ladi.

Marafon bosh hamkorlari: Sportni rivojlantirish vazirligi, Jizzax viloyati hokimligi, TBC Bank, Visa

Ultra (Ultramarathon) – uzunligi an’anaviy marafon masofasidan 42 km 195 metrdan oshadigan har qanday masofaga yugurish.

https://zaaminultra.uz/

Qo‘shimcha ma’lumot:

Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi O‘zbekistonda madaniyat, san’at, adabiyot, teatr, musiqa, me’morchilik va xoreografiya sohalarini rivojlantirishga qaratilgan loyihalar tashabbuskori. U xalqaro madaniy aloqalarni o‘rnataib, mamlakatning madaniy salohiyatini jahon miqyosida targ‘ib qiladi. Jamg‘armaning uzoq muddatli dasturlari qatoriga mamlakatimiz madaniyat muassasalarida inklyuziv va qulay muhit yaratish, muzeylarni rekonstruksiya qilish, metsenatlikni rivojlantirish hamda muzeylar, teatrlar va boshqa madaniyat muassasalarining kadrlar salohiyatini shakllantirishga ko‘maklashish kiradi.

Tadbir sayti: https://zaaminultra.uz/

Rasmiy sayt: https://acdf.uz/

Instagram:  https://instagram.com/acdfuz

Facebook: https://www.facebook.com/acdfuz

Telegram: https://t.me/acdfuz 

Email: info@acdf.uz