Kecha, 23 oktyabr kuni, O‘zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining o‘quv teatirida Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda, Toshkent shahridagi madaniyat va san'at muassalari rahbarlari va talabalari, shuningdek, respublikamizning barcha viloyatlarining madaniy boshqarmalari taklif etildi.
Ushbu uchrashuv Vasiylik kengashini tashkil etish yuzasidan bo‘lib, O‘zbekistonning madaniy muassasalari vakillari o‘rtasida amaliy uchrashuvi bo‘ldi. Ta'kidlash joizki, joriy yilning 17 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi "Madaniyat va san'at muassasalarining Vasiyik kengashi to‘g‘risida"gi na'munaviy nizomni tasdiqladi. Ma'lumki, bugungi kunda O‘zbekiston madaniy muassasalari davlat byudjeti tomonidan moliyalashtiriladilar. Biroq, madaniy muassasalarda davlat tomonidan yangi yo‘nalishlarni, loyihlarni, sadvo-sotiq ishlarini rivojlantirish uchun ajratilayotgan mablag‘lar yetarli emas. Shunday ekan, madaniy muassasalarni moliyalashtirishga yordam berish uchun nodavlat manbaalardan, qo‘shimcha manbaalarni jalb qilishda yangi vosita bo‘lishi mumkin bo‘lgan Vasiylik kengashlari yaratib boriladi.
Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg‘armasi vakillari ishchi yig‘ilishida taqdimot o‘tkazilib, mamlakatning madaniy muasssalarida vasiylik kengashlarini tashkil etish bilan bog‘liq barcha masalalar muhokama qilindi.
Vasiylik kengashi - madaniy va san'at muassasalarining faolyatini ta'minlashga yordam beradigan o‘zini o‘zi boshqarish organidir. Vasiylik kengashini yaratish, madaniy muassalar byudjetdan tashqari, xayriya va investisiya mablag‘larini to‘plashi uchun sarmoyadorlani jalb qilish va maxsus kompaniyalar o‘tkazish usullaridan biridir. Vasiylik kengashi mavjudligi madaniy muassasalar faoliyatida madaniyat va san'at sohsini rivojlantirish bilan bog‘liq masalalarda moliyalashtirish ishlarida ishtirok etadigan biznes vakillarini jalb qilishga imkon beradi.