17 oktyabr kuni Prezident Mirziyoev Shavkat Miromonovich «Metsenatlik to‘g‘risida»gi qonunni imzoladi. Qonun hayriya faoliyati sohasidagi munosabatlarni tartibga solib, shuningdek, madaniyat va san'at sohasidagi moliyaviy mablag‘larni jalb qilishni rag‘batlantiradi.
Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg‘armasi qonunining tashabbuskori va ishlab chiquvchisi hisoblanib, ushbu hujjatni yaratishda Luvr muzeyi hamda Fransiya madaniyat vazirligi jalb qilindi.
Ikkinchi bosqichni amalga oshirish jarayonida Jamg‘arma homiylarga beradigan soliq imtiyozlari miqdorini, shu bilan birga, ularni taqdim etish tartibini belgilab beradigan me'yoriy hujjat loyihasi ishlab chiqiladi. Bundan tashqari, homiylarni nomoddiy rag‘batlantirish davlat mukofotlari va ularning ismlarini abadiylashtirish shaklida tartibga solinadi.