Chet el universitetida o'qish uchun grant g'olibi aniqlandi

O‘qish vaqti: 2 min.

Bu yil Jamg'arma birinchi marotaba Milliy tadqiqot universiteti Iqtisodiyot oliy maktabi va Garaj zamonaviy san'at muzeyining "Zamonaviy san'atda kuratorlik amaliyoti" magistratura dasturida o'qish uchun grant tanlovini o'tkazgan edi. Tanlov natijalariga ko'ra, tanlov g'olibasi Irina Yan bo'ldi, unga Jamg'arma Moskvadagi ikki yillik o'qishi uchun pul to'laydi.

Musobaqa ikki bosqichda o'tkazildi. Birinchi bosqich, bo'lajak talabalat ariza va portfoliyo hujjatlarini topshirishdi. Arizalar ko'rib chiqilib, to'rt nafar nomzod navbatdai ikkinchi bosqichga o'tishdi. G'oliblikka davogarlar uchun tanlovning ikkinchi bosqichi O'zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi binosida tashkil etilgan Oliy iqtisodiyot maktabi va Garaj zamonaviy san'at muzeyi tanlov komissiyasi bilan onlayn intervyu bo'ldi.

Suhbat natijalariga ko'ra tanlov komissiyasi a'zolari Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster Universitetini tamomlagan Irina Yanni g'oliblikka munosib ko'rishdi:

- Men uchun Oliy Iqtisodiyot maktabi va Garaj zamonaviy san'at muzeyida magistrlik dasturida o'qish san'at sohasidagi noyob tajriba va kuchli o'quv bazasidir. Meni omadim bor ekan, juda qiziqarli va aqlli odamlar, turli ilmiy va kasbiy ma'lumotlarga ega bo'lgan shaxslar meni yanada qiziquvchan bo'lishga ilhomlantira oladigan guruh taklif qilishdi. Ijodiy ehtiroslarini ro'yobga chiqarish va ushbu ajoyib dasturning bir qismi bo'lish imkoniyati uchun Jamg'armadan chin dildan minnatdorman. Men O'zbekistonga qaytib kelgandan keyin olgan bilimlarimni biznesda qo'llashim mumkinligiga ishonaman.

Tanlov shartlari bilan quyidagi manzilda tanishish mumkin: //acdf.oz/news/76

Fotosuratlar