LAVOZIMNING NOMI: QORAQALPOG‘ISTON DAVLAT SAN'AT MUZEYI DIREKTORI
MANZIL: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI, NUKUS sh.
ISH HAQI: SO‘ROVGA KO‘RA
TALABNOMALARNI TOPSHIRISH MUDDATI: 2019 y. 25 APREL
MUZEY HAQIDA MA'LUMOT
Qoraqalpog‘iston davlat san'at muzeyi, shuningdek, mazkur muzey I.V.Saviskiy muzeyi yoki Nukus badiiy muzeyi bilan mashhur bo‘lib,
dunyoda qiymati bo‘yicha Sankt-Peterburgdagi Davlat Rus muzeyidan keyin ikkinchi rus avangardi kolleksiyasiga ega. Muzeyda arxeologik meros ob'ektlarining yirik kolleksiyasi, shuningdek, Markaziy Osiyoning xalq, amaliy va zamonaviy san'at asarlari ham saqlanadi.
Igor Saviskiy (1915-84) Qoraqalpog‘istonga ilk bor 1950 yilda Xorazm arxeologik-etnografik ekspedisiyasiga qo‘shilish uchun tashrif buyurgan edi. Shundan so‘ng, u O‘zbekistonda butunlay qolib ketdi va O‘rta Osiyoga taalluqli bo‘lgan qoraqalpoq san'ati va hunarmandchiligi asarlari, rassomlarning asarlari hamda o‘sha paytlarda Sobiq Ittifoq organlari tomonidan ta'qiqlangan rus avangardi asarlarini yig‘a boshlagan edi. Muzey 1966 yilda tashkil etilib, dunyoda rus avangardi va sosrealizm asarlarini birga tomosha qilish mumkin bo‘lgan jahondagi kamyob joylardan biridir.
Yaqinda muzeyda yangi galereyalar ishga tushirildi va endi 100 000ga yaqin san'at asarlari va artefaktlardan iborat muzey kolleksiyalarining katta qismi galereyaga tashrif buyuruvchilar uchun namoyish etish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
2017 yilda galereya kolleksiyalaridan 223ta durdona asarlar Moskva shahridagi Pushkin muzeyida «Nukus durdonalari» ko‘rgazmasida namoyish etildi. Ilk bor mazkur asarlar O‘zbekiston hududidan tashqarida 1960 yilda namoyishi etilgan bo‘lsa-da, xalqaro hamkorlikni kengaytirish muzeyni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
Muzey va uning tarixi hamda kolleksiyalari haqidagi batafsil ma'lumotni quyidagi havoladan olishingiz mumkin.
LAVOZIM HAQIDA MA'LUMOT
Direktor muzey faoliyatining barcha yo‘nalishlarini boshqaradi, jumladan, yillik byudjetni ishlab chiqish, fandrayzing, kadrlar bilan ta'minlash, rivojlantirish, rejalashtirish va ko‘rgazmalarni tashkil qilish. Nomzod boshqaruvchilik, moliya va biznes sohasida ko‘nikmalarga ega bo‘lishi lozim. Muzey direktori muzeyning xalqaro darajasini ko‘tarish maqsadida muzeyni rivojlantirish bo‘yicha e'tirofga loyiq (ambisioz) rejani ishlab chiqish va amalga oshirish, muzeyning moliyaviy ahvolini mustahkamlash va kolleksiyalarini asrash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg‘armasi bilan yaqin hamkorlik qilishi nazarda tutilmoqda (taxmin qilinmoqda).
Ishlar rejasidagi to‘rtta ustuvor yo‘nalish:
- Muzeyni modernizasiya qilish;
- Xodimlarning kasbiy darajasi va malakasini oshirish;
- Muzeyni boshqarishda ilg‘or texnologiyalar va jarayonlarni joriy qilish;
- Muzeyning xalqaro darajasini oshirish va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.
NOMZODLARGA QO‘YILGAN TALABLAR
- San'at tarixi, muzey ishi, arxeologiya va antropologiya yoki boshqa tegishli sohada ilmiy daraja;
- Muzey, galereya, madaniyat tashkiloti yoki boshqa tegishli muassasada rahbar lavozimida kamida to‘rt yillik tajriba;
- Strategik maqsadlarni shakllantirish, amalga oshirish va erishishda muvaffaqiyatli tajriba;
- Ingliz tilini erkin bilishi, shuningdek, asosan rus tilini;
- Insonlar bilan o‘zaro muloqot qilishda a'lo ko‘nikmalar va yuqori darajali professional etika.
QO‘SHIMCHA MA'LUMOTLAR
ISH SOATI: 9:00 dan 18:00 gacha, dushanba-juma
ISH HAQI: Raqobatbardosh ish haqi, so‘rovga binoan belgilanadi
SHARTNOMA MUDDATI: 3 yil
YILLIK ISh TA'TILI: 15-22 kun
PENSIYAGA AJRATMALAR: O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq
BOSHQA BONUSLAR: Uy-joy ijarasi bo‘yicha qo‘shimcha to‘lovlar, korporativ avtoulov bilan ta'minlash, tibbiy sug‘urta.
KO‘RIB CHIQISH JARAYONI
Arizalar opencall@acdf.oz sayti manzili bo‘yicha ingliz, rus yoki o‘zbek tilida qabul qilinadi. Xat mavzusida, marhamat, REZYUME va F.I.SH.ni ko‘rsating. Arizalarni qabul qilishning so‘nggi muddati: 2019 yil 25 aprel.
Xatga quyidagilar ilova qilinishi lozim:
- Rezyume (3 betdan ortiq bo‘lmagan);
- Pasport nusxasi va pasport formatidagi fotosurat;
- Ilmiy daraja bo‘yicha diplom nusxasi;
- Joriy yoki oldingi ish beruvchilardan uchta tavsiyanoma;
- Ushbu lavozimga nomzod bo‘lish uchun sabablar izohlangan xat (600 so‘zdan ortiq bo‘lmagan);
- Muzeyni rivojlantirish bo‘yicha Sizning maqsad va vazifalaringizning ta'rifi (500 so‘zdan ortiq bo‘lmagan).
Uch qismdan iborat muzeyni rivojlantirish loyihasining taqdimoti: tashrif buyuruvchilarni jalb etish, kolleksiyalarni boyitish (rivojlantirish) va xalqaro hamkorlik.
Saralash bosqichidan o‘tgan nomzodlar 2019 yil 15 iyundan xabardor qilinadi. Shaxsiy intervyular 2019 yil 19 iyundan boshlanadi va bir hafta davomida Nukus shahrida o‘tkaziladi. Yakuniy bosqichga chiqqan nomzod 2019 yil iyul oyida e'lon qilinadi. Vakansiya va tanlov jarayoni bo‘yicha barcha savollar bilan
Ravshan Salievga murojaat qilishingiz mumkin (el. adres: Opencall@acdf.oz).