Жамғарма мамлакатдаги университетларда ўқиш учун грант дастурининг бошланиини эълон қилди.

O‘qish vaqti: 4 min.

Ikkinchi yil O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san'atni rivojlantirish Jamg‘armasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy O‘quv Yurtlarida tahsil olayotgan talabalar uchun grant dasturini amalga oshirmoqda. Dastur tanlov asosida o‘tkaziladi, undan so‘ng tanlov g‘oliblari o‘zlarining tanlangan Oliy O‘quv Yurtlarida o‘qish uchun grant sohibi bo‘ladilar.

Joriy yilda o‘zgarishlar amalga kiritildi. Bunga binoan, hozirgi dasturda talabalar O‘zbekiston Madaniyat Vazirligiga bo‘ysinuvchi ta'lim muassasalari ro‘yxatiga kiritilmagan universitetlardan ham bu dasturda ishtirok etish uchun ariza berishlari mumkin.

Shuningdek, talabalar bakalavriyat, hamda magistraturada ta'lim olish uchun grant olish uchun yaxshi imkoniyatga ega bo‘ldilar. Dasturning shartlariga muvofiq, quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha talabalar ishtirok etishlari mumkin:

Madaniyat va san'at sohasida menejment

  • Qayta tiklash va saqlash
  • Arxitektura
  • Madaniy sayyohlik
  • Grafik dizayni
  • Tasviriy san'at
  • Muzeyshunoslik
  • Saralash bosqichlari

Tanlov ikki bosqichda o‘tkaziladi:

- Birinchi bosqichda talabalar grant dasturiga saralashda ishtirok etish uchun 2019 yil 15 sentyabrgacha murojaat qilishlari kerak. Buni elektron manzil orqali amalga oshirish mumkin. Tegishli hujjatlarni to‘ldirish va taqdim etishning barcha bandlari albatta bajarilishlari shart. Tanlovda ishtirok etish uchun shaxsiy arizani Jamg‘arma tomonidan tasdiqlangan Ariza (o‘zbek tilida) yoki Zayavlenie (rus tilida) shakli namunasini quyidagi ilovalar orqali izlab topishingiz mumkin.

- Birinchi bosqichdan o‘tgan nomzodlar tanlovning ikkinchi bosqichida 2019 yil 24 sentyabrda O‘zbekiston Madaniyat vazirligi binosida bo‘lib o‘tadigan yuzma yuz suhbatiga taklif qilinadi.

Nomzodni saralash me'zonlari:

  • ilmiy faoliyat;
  • ilmiy-tadqiqot ishlari;
  • mumiy ta'lim;
  • analitik ko‘nikmalar;
  • tashkiliy ko‘nikmalar;
  • rivojlanish maqsadi;
  • ijtimoiy faoliyat;
  • tanlangan mutaxassislikning ahamiyati va afzalliklari va uning mamlakatda madaniyat va san'at sohasini rivojlantirishdagi o‘rnini anglashi.

Nomzodlar uchun umumiy shartlar:

  • Tanlovda ishtirok etayotgan ishtirokchi xujjatlarni topshirish davrida O‘zbekiston Universitetining talabasi bo‘lishi kerak;
  • Birinchi kurs bakalavriyat talabalari tanlovda qatnasha olmaydi;
  • Talabalar bir vaqtning o‘zida bir nechta grant dasturlarida g‘olib bo‘la olmaydi;
  • Dasturning ma'muriyati, agar nomzod ko‘rsatilgan hujjatlarda noto‘g‘ri ma'lumot mavjud bo‘lsa, tanlovning istalgan bosqichida shartnomani bekor qilish huquqini o‘zida saqlab qoladi;
  • Universitenida bir yil  o‘qishi uchin to‘lanadigan grant dasturining g‘oliblari dasturda takroran ishtirok eta olmaydi;
  • Grant yutib olgan shaxslar tegishli darajani (bakalavr / magistr) qo‘lga kiritganidan so‘ng uch oy davomida Fond stipendial(stipendiyaga oid) komissiyaning qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi nazorati ostida madaniyat va san'at muassasalarining ustuvor yo‘nalishlarida ishlaydi. Ish staji: kamida bir yil.

Musobaqaning umumiy jadvali:

  • Arizalarni qabul qilish: 2019 yil 15 sentyabrgacha
  • Sirtqi bosqichning talabnomalarini tekshirish: 2019 yil 18 sentyabrgacha
  • Sirtqi bosqichning natijalarni e'lon qilish: 2019 yil 20 sentyabr
  • Yuzma yuz suxbatidan iborat bo‘lgan bosqich: 2019 yil 24 sentyabr
  • Tanlovning yakuniy natijalarini belgilash 2019 yil 26 sentyabr
  • Tanlov g‘oliblarni e'lon qilish: 2019 yil 27 sentyabr.

Tanlov g‘oliblari uchun grafik:

G‘oliblar bilan shartnoma tuzish: tanlov natijalari e'lon qilingan kundan boshlab 10 ish kuni ichida;
Stipendiyalarini to‘lash: 2019 yil sentyabr' oyi oxirigacha. Grant summasi qabul qiluvchi Universitetning hisob raqamiga o‘tkaziladi;
Grant dasturining g‘oliblari o‘z bilimlarini va qobiliyatlarini boshqalarga o‘rgata oladigan, yangi g‘oyalar yaratadigan, ularni amalga oshirish va ish natijalari uchun shaxsiy mas'uliyatni o‘z zimmasiga oladigan ijodkor insonlar, shuningdek, hamfikr bo‘lgan odamlar guruhini to‘pla oladigan va umumiy maqsadga erishishga unday oladigan shaxslar bo‘lishlari kerak.

Grant dasturining g‘oliblari, yillik shartnomada belgilangan to‘lov miqdori bo‘yicha 2019-2020 o‘quv yili uchun to‘lanadi. 2019 yil sentyabr' oyining oxirigacha bu to‘lov amalga oshiriladi.