"Samarkand Half Marathon" o‘quv dasturi doirasida bir qator ochiq ma'ruzalar bo‘lib o‘tdi.
Samarkanddagi "President Hotel" mehmonxonasida soat 14:00 dan 18:00 gacha "Reacom" institutining butunrossiya ko‘zi ojizlar jamiyati va ko‘zi ojizlarni har tomonlama reabilitasiya qilish bo‘yicha ma'ruzalar tashkil etildi.
Soat 14:00 dan 16:00 gacha «Tiflo sharhlash» ma'ruzasi va 16:00 dan 18:00 gacha «Muzey yordamida nogironlrni ijtimoiy-madaniy reabilitasiyasi» ma'ruzalari bo‘lib o‘tdi.
"Reacom" institutining vakillari noigronlarni reabilitasiya qilish bo‘limi boshlig‘i Mariya Sherbakova, shuningdek, bir vaqtning o‘zida tiflo sharhlashning ko‘p qirrali tizimini yaratgan Sergey Vanshin va Olga Vanshinalar ma'ruzalar o‘qidilar. Ushbu tizim Rossiyada mualliflik huquqi bilan himoyalangan.
Tadbirda ishtirok etish bepul.