O‘zbekistotn Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg‘armasi 2019 yilning 1-3 noyabr' kunlari Samarqandda Xalqaro xayriya yarim marafonini o‘tkazish haqida e'lon qiladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2019 yil 25 iyundagi farmoyishi imzolandi.
Yarim marafon jamoatchilikning diqqatini ijtimoiy hayotimizning quyidagi jihatlariga qaratish va rivojlantirish maqsadida o‘tkaziladi:
- madaniyat va san'at ob'ektlarida inklyuzivlik;
- sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish;
- sport turizmini rivojlantirish;
- O‘zbekiston aholisini sportning faol turlariga jalb etish.
Jamg‘arma mazkur marafonning barcha bosqichlarini sifatli o‘tkazishni ta'minlovchi Tashkiliy qo‘mitaning ishchi organi sifatida ishtirok etmoqda.
Xalqaro xayriya yarim marafonini tashkil etish va uni o‘tkazish bo‘yicha Tashkiliy qo‘mitaning tarkibida O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri o‘rinbosari A.A.Abduxakimov, madaniyat vaziri B.S.Sayfullaev, sog‘liqni saqlash vaziri A.K.Shodmonov, Samarqand viloyati hokimi E.O.Turdimov va Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg‘armasi ijrochi direktori o‘rinbosari G.O.Umerovalar va boshqalar bor.
Xalqaro xayriya yarim marafoni Jamg‘armaning kengqamrovli loyihalaridan biri bo‘lib, mazkur loyiha joriy yilda ilk bor o‘tkaziladi. Yarim marafon doirasida sport, ta'lim va inklyuzivlik yo‘nalishidagi qator loyihalar o‘tkaziladi.
Yarim marafon doirasida o‘tkaziladigan tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish jarayonidagi loyihaga oid ma'lumotlar jamg‘armaning rasmiy sayti va ijtimoiy tarmoqlarida, shuningdek mahalliy, mintaqaviy va xorijiy OAVlariida yoritilib boriladi.