Zamonaviy san'at markazining faoliyati sarhisob qilindi

O‘qish vaqti: 3 min.

Zamonaviy san'at markazining faoliyati binoni qayta ta'mirlash maksadida yakunlangan bir paytda, o‘tgan 52 kunlik ish natijalarini sarhisob qilish ayni vaqti keldi.

O‘zbekiston uchun yangi muassasaning faoliyati 2019 yil 12 apreldan boshlandi. Shu vaqt mobaynida markaz maydonida 15 ta ma'ruza va panel munozaralari bo‘lib o‘tdi, ularning ishtirokchilari esa jahon san'at jamiyati vakillari bo‘lishdi. Fransiya, Italiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Norvegiya, Singapur, AQSh, Rossiya va O‘zbekistondan taniqli rejissyorlar, kuratorlar, muzey arboblari, me'morlar, madaniy institutlar rahbarlari tomoshabinlar oldida chiqishlar qildilar.

Markazning ommaviy dasturi Moskvaning “Garaj” zamonaviy san'at muzeyi  bilan hamkorlikda ishlab chiqildi. Shuningdek, “Garage screen film festival” kino namoyishlari va rejissyor Ali Hamroevning fil'mlari tashrif buyurgan mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Markazning kinoteatrida jami 20 ta kinoseans o‘tkazildi.

Yosh san'at ixlosmandlari ham chetda qolmadi. Markazda bolalar,
ota-onalar, shuningdek, ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar o‘quvchilari uchun maxsus zamonaviy san'atga bag‘ishlangan 25 dan ortiq mahorat darslari tashkil etildi.

Markaz turli mavzulardagi keng ko‘lamli tadbirlarni o‘tkazish uchun qulay ijodiy maydonga aylandi:

- Saodat Ismailovaning "Qo’rg’on chiroq" ko‘rgazmasi»;

- Mahalliy va xorijiy OAV ishtirokida matbuot anjumani;

- Jaz musiqa konserti;

- Uchta sarguzasht o‘yin: “Yo‘qotilgan xatlar” (18+), “Tabiat unsurlari bilan jang” (18+) va bolalar uchun oilaviy sarguzasht o‘yinlar;

- Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlangan turli tadbirlar.  

Markaz va uning faoliyati haqida mahalliy OAV kanallari hamda
The Economist, calvertjournal.com, artsy.net, theartnewspaper, artguide.ru, artforum.com kabi nufuzli xorijiy nashrlar xabarlar tarqatdi.

Zamonaviy san'at markazi o‘z faoliyatini yuritish mobaynida shu kunga qadar 2000dan ziyod mehmonlar tashrif buyurishdi.

Eslatib o‘tamiz, markaz binosida keng ko‘lamli rekonstruksiya ishlari amalga oshirilishiga qaramasdan, markaz o‘z tadbirlarini amalga oshirishda davom etadi.