Muzeylar menedjmenti kursining toʻrtinchi sikli boshlandi

O‘qish vaqti: 4 min.

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish Jamgʻarmasi Britaniya Kengashi va Goldsmiths Universiteti (Buyuk Britaniya) bilan hamkorlikda Toshkentda muzeylarni boshqarish boʻyicha uzoq muddatli dasturni amalga oshirmoqda. 16-sentyabr kuni Respublika bolalar kutubxonasi binosida kursning toʻrtinchi sikli boshlandi. Besh kun davomida ishtirokchilar muzey faoliyatining taʼlimiy qismlarini chuqur oʻrganadilar.

Kurs ishtirokchilari bir birlari bilan qayta uchrashganidan xursand boʻlishdi, chunki Muzey menejmentining birinchi kursi 2018-yil dekabr oyida boshlangan. Kurs Oʻzbekistondagi muzeylarning maʼmuriy tuzilmasini takomillashtirish va tashrif buyuruvchilarga xizmat koʻrsatish sifatini oshirishga qaratilgan. Kurs dasturi Buyuk Britaniyadagi muzey ishi tajribasiga asoslangan boʻlib, muzey menejmenti, loyihalarni boshqarish, shuningdek marketing va kommunikatsiya sohasidagi ilgʻor xalqaro tajribalarni oʻrganishni oʻz ichiga oladi.

photo_2019-09-17_14-27-47

Kursda Oʻzbekistonning muzeylari va idoraviy muassasalari mutaxassislari qatnashdilar. Ular orasida Oʻzbekiston Amaliy sanʼat davlat muzeyi, I.V. Saviskiy nomidagi davlat sanʼat muzeyi (Qoraqalpogʻiston), Oʻzbekiston davlat sanʼat muzeyi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish Jamgʻarmasi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat sanʼat va madaniyat instituti vakillari bor.

IMG_6257

Jamila Gulomova, Oʻzbekistondagi Britaniya Kengashi direktorining oʻrinbosari:

- Muzeyni boshqarish kurslari boshidanoq juda qiziq boʻlgan. Tinglovchilar Goldsmisths Universitetidagi murabbiylarimiz bergan bilimlarni izchil oʻrganayotganlaridan xursandman. Bu safar kurs muzey faoliyatining taʼlimiy tarkibiy qismini oʻrganishga qaratilgan. Kurs ishtiroklari boʻlgan madaniyat xodimlari kelajakda bu dasturlarni Oʻzbekiston muzeylarining taqvim rejalariga kiritish uchun iloji boricha koʻproq amaliy koʻnikmalarga ega boʻlishlarini istardim. Kurs yakunlanish arafasida boʻlgani uchun, biz yaqinda kunlarda simpozium oʻtkazishni rejalashtirmoqdamiz, unda ishtirokchilar muzeylari uchun qanday dasturlarni ishlab chiqqanliklari va kelgusi yillarda nimalarni amalga oshirishni rejalashtirganliklari toʻgʻrisida gapirib berishlari mumkin.

Buyuk Britaniyalik kurs oʻqituvchilarining fikriga koʻra, darslardagi materiallar nazariy formatga ega boʻlsa ham, dars jarayonida u maksimal darajada “ishlaydigan” va amalda qoʻllanilishiga qulay boʻladi. Ishtirokchilar olgan bilimlarini muzeylarning kelgusi yil uchun taqvim rejalarini tuzishda maʼruzalarda qoʻllashlari mumkin.

IMG_1355

Silvia Lahav, GoldsmithsUniversitetining Ijodiy va madaniy tadbirkorlik kafedrasi oʻqituvchisi. (Buyuk Britaniya):

- Kursimiz talabalarini yana koʻrishdan xursandman. Hamkorlik va sheriklik uchun tashkilotchilarga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Ishtirokchilar muzey menejmenti kursida mashgʻulotlar davomida koʻp narsalarni bilib oldilar va men yakuniy sikllarda qatnashchilarning oʻzlarini koʻproq tinglashni juda xohlardim. Ushbu besh kun ichida biz muzeylarning taʼlim funksiyalari masalalarini chuqur oʻrganamiz va ishtirokchilar oʻz dasturlarini ishlab chiqish va oʻz ishlarida qoʻllashlari mumkin boʻlgan gʻoyalarni amalga oshirishga imkon beradigan vazifalarni bajaramiz.

photo_2019-09-17_14-27-15

Virjiniya Batton(VirginiaButton), Sanʼat maktabining direktori (Falmut SchoolofArt). Buyuk Britaniya:

- Barcha ishtirokchilarimizni yana koʻrish va ularning oʻsishini kuzatish yoqimli. Hozirgi kurs siklimizda muzeyga tashrif buyuruvchilarni zeriktirmasliklari uchun norasmiy tarzda taʼlim dasturlarini olib borish uchun muzeyda qilinadigan sai harakatlarni koʻrib chiqamiz. Ushbu kursda olgan bilimlari tufayli ishtirokchilar faol ishlab amalga oshirgan loyihalari bilan oʻrtoqlashayotgani quvonarli.

Silvia Lahav va Virjiniya Batton 2018-yil dekabr oyida Muzeylarni boshqarish kursini ochdilar va talabalar uchun kursning birinchi besh kunlik siklini oʻtkazdilar. Maʼruzachilarning Oʻzbekiston muzey muhiti bilan tanishishi mamlakatda muzeylar va galereyalarni rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar mavjudligini, shuningdek ularning turizmni rivojlantirishdagi oʻrni borligini koʻrsatdi.

Muzeylarni boshqarish kursi 20-sentyabrda yakunlanadi.

 

Fotosuratlar