2018 yil 11 may kuni O'zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari Vazirligi Luvr mozeyining frantsoz delegatsiyasi bilan mozokaralar o'tkazdi. Mozokaralarda Fransiyaning O'zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Violet de Vilmor ham ishtirok etdi. Tomonlar O'zbekiston Madaniyat Vazirligi hozuridagi Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg'armasi ko'magida O'zbekistonning Luvr mozeyidagi milliy ko'rgazmasini tashkil etish masalalarini muhokama etdilar.
Ko'rgazmaning maqsadi bugungi kunda O'zbekiston hududida joylashgan Janubiy va Markaziy Osiyo karvon yo'llarida joylashgan sivilizatsiyalar va madaniyatlarni taqdim etishdan iborat.
Mozokaralar chog'ida ko'rgazmaning asosiy jihatlari, milliy ekspozitsiyaning dastlabki tarkibi, shuningdek, o'zaro manfaatli hamkorlik masalalari muhokama qilindi
Mozokaralar natijasida Luvr mozeyining O'zbekistonda madaniy qadriyatlarni asrash va tiklash bo'yicha ixtisoslashtirilgan markazining ochilishida, shuningdek, mozey kollektsiyalarining elektron reestrini yaratish bo'yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi.
O'zbekistonga tashrif davomida Luvr mozeyining delegatsiyasi O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida ham mozokara o'tkazdi.
Shu bilan birga, frantsoz delegatsiyasi Samarqandning "Afrosiyob" jamg'armasi tarixi, O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Samarqanddagi arxeologik tadqiqotlar instituti, Toshkentdagi O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining San'atshunoslik instituti, O'zbekiston Davlat san'at mozeyi va O'zbekiston tarixi davlat mozeyiga tashrif buyurdi.
Malumot uchun: Luvr mozeyi dunyoning eng ko'p tashrif buyuradigan san'at mozeyi bo'lib, uning to'plamlarida 300 mingdan ziyod eksponat yig'ilgan, bir vaqtning o'zida ularning 35 mingga yaqin ko'rgazmasi namoyish etiladi. Luvrda turli mavzulardagi to'plamlar to'plangan: qadimiy sharq, qadimgi Misr, qadimgi davr (qadimgi Yunoniston, Etruriya, Rim), haykaltaroshlik, tasviriy san'at va rassomchilik, grafika, amaliy san'at, islomiy Sharqning san'ati. (2003 yilda tashkil etilgan) kabilardir.
O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi hozuridagi Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg'armasi tomonidan 2017 yil oktyabr oyida O'zbekistonda milliy madaniyat va san'atni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish, xalqaro va davlatlararo madaniy aloqalarni kengaytirish maqsadida tashkil etilgan
O’zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi hozuridagi Madaniyat
va san’atni rivojlantirish Jamg’armasi matbuot hizmati