Samarkand Half Marathon ikkinchi xalqaro xayriya yarimmarafoni

O‘qish vaqti: 3 min.

Mamnuniyat bilan sizlarga shuni ma'lum qilamizki, 2020 yil 1 noyabrda  “Samarkand Half Marathon”ning ikkinchi xalqaro xayriya yarimmarafoni bo’lib o’tadi. Mart oyida, loyihada ishtirok etuvchilar loyihaning veb-saytida onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

Samarkand Half Marathon - ushbu tadbir nafaqat sport dasturi balki, madaniy-ma'rifiy va o‘quv-uslubiy dasturlarini ham o‘z ichiga oladi. Loyihaning asosiy maqsadi, madaniyat va san'at ob'ektlardagi mavjud inklyuziv muammolariga jamoatchilik e'tiborini jalb qilish, shuningdek, O‘zbekistonda sog‘lom turmush tarzi va sport turizmini rivojlantirishdan iboratdir.

O‘tgan yili 25 mamlakatdan tajribali va xavaskor yosh ishtirokchilar ham yarimmarafonda qatnashgan edi. Ular uchta, 21, 10 va 2 km masofadagi yo‘lni bo‘sib o‘tishga muvoffaq bo‘lishgan. Musobaqa uchun yo‘nalish tanlab olinib, ishtirokchilarga Samarqandning asosiy diqqatga sazovor joylari, Sherdor madrasasi, Ulug‘bek madrasasi, Bibixonim masjidi, Tilla-qori madrasasi, Ruxabad maqbarasi, Go‘ri Amir maqbarasi, Siyob bozori va boshqa ko‘plab obidalarni ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘lishgan. Samarqandda bo‘lib o‘tadigan xalqaro yarimmarafon musobaqa yo‘laklari IAAF Xalqaro yengil atletika uyushmalar federatsiyasi hamda AIMS Xalqaro marafon va yugurishlar uyushmasi tomonidan sertifikatlashtirilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg‘armasi

Musobaqa tashkilotchisi - O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg‘armasi tasviriy san'at, adabiyot, teatr, musiqa va xoreografiya sohasidagi tadbirlarni muntazam ravishda tashkil etib boradi va shu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan loyihalarni qo‘llab-quvvatlaydi. Bundan tashqari Jamg‘arma xalqaro madaniy aloqalarni kengaytirish, mamlakatda mesenatlikni rivojlantirish, shu bilan birga, O‘zbekiston madaniyatini jahon sahnasida targ‘ib qilish bilan shug‘ullanadi. Jamg‘armaning Davlat san'at muzeyini rekonstruktsiya qilish, Toshkentda Zamonaviy san'at markazining ochilishi, Luvr muzeyida "Ipak yo‘lidagi sivilizasiya va madaniyatlar" ko‘rgazmasi, shuningdek, boshqa loyihalari haqidagi batafsil ma'lumot bilan quyidagi manzillarda tanishishingiz mumkin

Rasmiy veb-sayt: acdf.uz

Instagram: instagram.com/artsculturefndt
Facebook: facebook.com/ArtsCultureFndt

Marafonning rasmiy veb-sayti: samarqand21.uz

Instagram: instagram.com/samarkandhalfmarathon/
Facebook: facebook.com/samarkandhalfmarathon/
Telegram: t.me/samarkandhalfmarathon