Toshkentda ilk bor «Qyrq Qyz» spektakli namoyish qilinadi

O‘qish vaqti: 4 min.

Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan  2019 yilning 12 aprel kuni “Zamonaviy san'atlar Markazi”ga start beradigan loyiha ishga tushirildi.13 apreldan 1 iyungacha bo‘lib o‘tadigan ushbu keng ko‘lamli loyiha  ko‘rgazma ochilishini, spektakl namoyishini, ma'ruza va seminarlar o‘tkazilishini, kino namoyishlarini hamda xalqaro mehmonlar ishtirokidagi bolalar va oilaviy  ijod ustaxonalarni o‘z ichiga oladi. Aytib o‘tilgan tadbirlar ichida  o‘zbek rejissyori va video-tasvirchi Saodat Ismoilovaning “Qirq qiz” deb nomlangan musiqali spektakliga alohida e'tiborqaratilgan. Bu spektaklni jamg‘arma  Aga Khan Trust for Culture va Aga Khan Music Initiative xalqaro jamg‘armasi  bilan  birgalikda,  2019 yilning 16 va 17 aprel kunlari Alisher Navoiy nomidagi  Davlat akademik katta teatri sahnasida taqdim etiadi.

“Qirq qiz” qahramonlik eposi- qoraqalpoq xalqining adabiy obrazi bo‘lib hisoblanadi. Bu 2000 yillik tarixga ega bo‘lgan ko‘p qirrali va ko‘p qatlamli tarixiy va etnografik yodgorlikdir. Ushbu videorolik Qoraqalpog‘istonda, shuningdek, Toshkentning eng qadimgi masjidlaridan biri bo‘lgan Azlarxon eshon Masjidida suratga olingan. Bir yarim soatlik postanovka qoraqalpoq eposining tarixini musiqiy va badiiy-abstarktiv shaklda fragmentar rekonstruksiya qiladi. Postanovka ustidagi ushlarda 20 dan ortiq badiiy filmlar musiqasining muallifi, bir necha xalqaro festivallar mukofotlarining sovrundori, bastkaor Dmitriy Yanov-Yanovskiy ishtirok etgan. 

Spektaklda Markaziy Osiyo vokal san'atining klassik maktablari: O‘zbek xalq tanovari,    dostonlari, Qoraqalpoq, Qozog‘iston va Qirg‘iziston xalq tomoq qo‘shig‘i (jir)  va cho‘zib aytishni  namoyish etadigan turli xalq musiqiy asboblar ishtirok etadi. «Qirq qiz» - bu rejissyorning Markaziy Osiyodagi turli xil vokal va musiqiy tajribasini va ayollarning maftunkor kuylarini mujassamlashtirishga, mintaqaning yaxlitligini namoyish etishga qaratilgan urinishdir.  Bundan ilgari spektakl N'yu-York shahrining VAM (Brooklyn Academy of Music) teatrida va Parijda, Branli sohilida, Jak Shirak Jamg‘armasining Klod Levi- Stross teatrida  namoyish etilgan.

“Qirq qiz” musiqiy spektakli Toshkentda ilk bor taqdim etiladi va tomoshabinlarni O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston musiqiy  madaniyati bilan yaqindan tanishtiradi. Barcha tomoshabinlarni bir yarim soatlik jonli yangraydigan musiqa bilan kuzatiladigan qiziqarli fil'm namoyishi kutmoqda.   Spektakl chiptalari 2019 yil 12 martdan boshlab Alisher Navoiy teatri kassasida, savdo  ofislarida va   Iticket.oz. elektron portalida sotiladi.

18 aprel kuni bolalar, talabalar va san'at ihlosmandlari uchun ta'lim tadbirlari tashkil etiladi. Tadbirlar dasturlari Saodat Ismoilova va uning hamkorlari bilan birgalikda Jamg‘arma jamoasi tomonidan ishlab chiqilgan. 5 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun Markaz zallarida iterfaol ustaxonalar tashkil etilib, barcha mashg‘ulotlar Saodat Ismoilova va Teodor Levin (AQSh) tomonidan o‘tkaziladi. Shuningdek Zamonaviy san'atlar Markazi  binosida  Markaziy Osiyoning musiqiy san'atining noyobligiga bag‘ishlangan turli ma'ruzalar va seminarlar o‘tkaziladi.     Ma'ruzachilar sifatida Saodat Ismoilova, Teodor Levin va Dmitriy Yanov-Yanovskiy, shuningdek “Qirq qiz” spektaklining musiqachilari so‘zga chiqadi.  

Barcha ta'lim tadbirlariga kirish bepul, ammo oldindan Zamonaviy San'at Markazining saytida yoki quyidagi havola orqali:

//goo.gl/forms/1rhVO6wg8YoeNzyW2 ro‘yxatdan o‘tish kerak.

Alisher Navoiy teatri kassalarida, bundan tashqari savdo ofislarida va Iticket.oz. elektron portalida namoyish uchun chiptalar bor.

Телефон орқали маълумот: 712 071 071