25 davlatdan 1176 nafar ishtirokchilar yarim marafonning uch masofasini bosib o'tdilar: 21 km, 10 km va 2 km. Bu mamlakatimizdagi eng yirik sport loyihalaridan biridir: 80 kishidan iborat ishchi guruhi, 57 nafar hakamlar, 300 ko'ngillilar hamda milliy telekanal va ijtimoiy tarmoqlarda 5 soatdan ortiq jonli efirga ozatish. Yarim marafonning asosiy masofa bo'yicha g'oliblari, bizning yurtdoshlarimiz, Shoxrux Davlatov va Nurxon Muhiddinova bo'ldilar, ularning har biri 12 000 000 so’m yutuqni qo'lga kiritdilar. Umumiy yutuq fondi 102 000 000 so'mni tashkil etdi.
Keyingi yilda loyiha 5000 nafar ishtirokchini qabul qila oladi. Bu uchun barchasi tayyor: infratozilma, brend va tadbir tashkilotchisi - O'zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hozuridagi Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg'armasi jamoasi. Samarqanddagi keyingi yarim marafonga tayyorgarlik ishlari hozirdan boshlanmoqda.
Samarkand Half Marathon — bu nafaqat yugurish, balki zamonaviy madaniyat festivalidir. Yarim marafon doirasida madaniyat obyektlarida inklyozivlik muammosiga bag'ishlangan xalqaro konferensiya, shuningdek, O'zbekiston tarixida birinchi taktil ko'rgazma bo'lib o'tdi. "Beat Film festivali" bilan hamkorlikda hujjatli film namoyishi, xalqaro va o'zbek musiqachilarining konsertlari tashkil etildi.
Loyihaning xayriya maqsadi bu yildan tadbiq etiladi. Buning uchun kerakli uskunalar xarid qilinib, mamlakat teatrlari uchun o'quv dasturi tayyorlanadi, bu esa tiflosharhlash usuli bilan spektakllar namoyish etish imkonini beradi. Bundan tashqari, yarim marafon tashkilotchisi O'zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hozuridagi Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg'armasi O'zbekiston madaniyat muassasalari ichida va tashqarisida inklyoziv muhitni tashkil etish bo'yicha dastlabki rejani taqdim etadi.
Yarim marafonning to’liq dasturi loyiha veb-saytida mavjud:
https://samarkandhalfmarathon.oz/oz
AZIZ ABDUXAKIMOV, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari
Hozirning o‘zidayoq O‘zbekiston hukumati tomonidan mamlakatdagi madaniyat muassasalarida ommaboplik va inklyozivlik bo’yicha muammolarni hal etishga yo‘naltirilgan, ozoq muddatli dastur ishlab chiqilmoqda. Samarqanddagi yarim marafon – bu jamiyat e’tiborini mazkur muammoga jalb etishning birinchi qadamidir. Mazkur dastur orqali mamlakatimizdagi va butun jahondagi millionlab insonlarga yugurish mavzusidan xabardor bo’ldilar. Va ulardan yozlab odamlar loyihanining xayriya qismida bevosita ishtirok etish uchun O‘zbekistonga keladilar. Biz Samarqanddagi yarim marafon har yilgi an’anaga aylanishi uchun bor kuchimizni sarflaymiz. Shunga aminmanki, Samarkand Half Marathon orqali shaharning o‘zi ham yildan yilga yanada hammabop va ochiqroq bo‘lib boradi. Samarqandda 3 noyabrya kuni ko’rishguncha!
SAIDA MIRZIYOYEVA, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi hozuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi direktorining o‘rinbosari
Samarqand yarim marafoni jamiyatda faol yashash tarzi g‘oyasini ilgari suradi va madaniyatning barcha uchun, shu jumladan nogironligi bor insonlar uchun ochiqligini ta’minlash xayrli g‘oyasini qo‘llab-quvvatlaydi.
Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi O‘zbekiston Madaniyat vazirligi hozuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg’armasi tashabbusini to’liq qo‘llab-quvvatlaydi. Aytib o’tish joiz, bizning agentligimiz ham shu yo‘nalishda faoliyat yuritadi. 2019-yilda biz Ko’ngil Ko’zi loyihasi yo’l xaritasini ishlab chiqdik. U nogironligi bo‘lgan insonlarni ijtimoiy ko‘nikmasi bo‘yicha, ko‘zi ojiz va yaxshi ko‘ra olmaydigan insonlarni o‘quv, badiiy, ilmiy va boshqa adabiyot bilan ta’minlash bo‘yicha aniq harakatlarni ko‘zda tutadi.
Inklyoziya va inklyoziv muhitni yaratishga doir xariya loyihalarini qo‘llab-quvvatlash – bu katta
vazifa. Bunday tadbirlar, dasturlar va voqeliklar ko‘proq bo‘lishi lozim. Barchamizning maqsadimiz bir – mamlakatimizda yashovchi hamma insonlar uchun to‘liq ijtimoiy integratsiyani ta’minlash, barobar va qulay sharoit yaratish.
Samarqanddagi yarim marafonda ishtirok etuvchi va uni qo’llab-quvvatlovchi barchaga tashakkur bildiraman va chin dildan bunday tashabbuslar ko‘proq bo‘lishini tilayman!
GAYANE UMEROVA, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hozuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg’armasi ijrochi direktorining o‘rinbosari
Samarkand Half Marathon – bu soha faoliyati va mamlakatlari turli bo’lgan tashkilot va insonlar o‘zaro hamkorlik qila olishi va yangilik ishlab chiqara olishi mumkinligini ko’rsativchi yaxshi misoldir. Bizni xalqaro madaniyat tashkilotlarining ekspertlari qo‘llab-quvvatladilar – ular O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg’armasiiga madaniyat obyektlarida inklyoziv muhitni yaratishida ozoq muddatli strategiyani ishlab chiqishga yordam beradilar. Bizni O‘zbekistondagi davlat tashkilotlari va katta kompaniyalar qo‘llab quvvatladilar – bu resurs bizga xalqaro loyihani tashkil etishga va mazkur yarim marafon ortidagi katta g‘oya haqida imkon qadar ko’proq odamlarga so‘zlab berishga zamin yaratdi. Samarqand yarim marafoniga Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Rossiyaning yugurish uyushmalarining yetkachilari kelmoqdalar – ularning ortidan esa ushbu mamlakatlarning yozlab yugurish ishqibozlari ham birga loyihada ishtirok etmoqdalar. Va nihoyat, hattoki O‘zbekistonnning mustaqil blogerlari va estrada vakillari ham bizning g‘oyamizni qullab-quvvatladilar.
Buning hammasi biz ishimizni davom ettirishimiz uchun ilhomlantiradi. Yilning oxirida O‘zbekistondagi madaniyat muassasalari atrofida va ichida hammabop ochiq muhitni yaratish bo‘yicha dastlabki rejamizni chop etamiz. Biz barcha xohlovchilarni mazkur ishda ishtirok etishga taklif etamiz. Bu faqatgina infratozilmalarni qayta qurishni nazarda tutmasdan, balki ozoq yillik ta’lim va madaniyat loyihalarini tashkil etishni ham ko‘zda tutadi. Va Samarqand yarim marafoni – bu mazkur jarayondagi elementlarning biridir.
Mirxan Sagitov, Samarkand Half Marathon loyihasining kuratori:
Men chet elda o’tkazilgan marafon va yarim marafonlarning ishtirokchisi sifatida ishonch bilan shuni aytishim mumkinki, Samarqanddagi yarim marafon yo’nalishi sport nuqtai nazaridan eng chiroyli va qiziqarlilardan biri bo’ladi. Marafon davomida poyga ishtirokchilari shaharning barcha asosiy diqqatga sazovor joylarini ko’rishadi, yarim marafonning o’zi mashhur “Registon” ansambli yonidan boshlanadi. Yarim marafon yo’nalishi IAAF Xalqaro yengil atletika federatsiyalari assotsiatsiyasi va AIMS Xalqaro marafon va kilometrlar assotsiatsiyasi tomonidan tasdiqlanib, sertifikatlanadi.
Har bir masofa uchun belgilangan vaqt ichida yetib kelgan barcha ishtirokchilar marrada finalchilar uchun esdalik medallarini qo’lga kiritadilar. Undan tashqari, har bir ro’yxatdan o’tgan ishtirokchi marofon futbolkasi va markali sumkani qo’lga kiritadi, shuningdek chipli raqam orqali aniq tugatish vaqtini belgilashga imkon beradi. G’oliblar uchun sovrin jamg’armasi ta’sis etildi, mutlaq hisobda 1-o’rindan 3-o’ringacha bo’lgan erkaklar va ayollar pul mukofotlari bilan taqdirlandilar. Sovrinlar va marafon qoidalari haqida batafsil ma’lumotni bizning saytimizda topishingiz mumkin.
Tadbir tashkilotimizdagi konsultatsiyalar “Russia Running” xalqaro kompaniyasi tomonidan amalga oshirildi, mazkur kompaniya, o’z navbatida, zamonaviy tadbirlarni tashkil etishda katta tajribaga ega bo’lgan mutaxassislarni o’z ichiga oladi. Yarim marafon tashkilotchilarining butun jamoasi marafon ishtirokchilari uchun maksimal xizmat va qulay sharoitlarni ta’minlash uchun ish olib bormoqda. Biz har bir ishtirokchining Samarkand Half Marathon’dan maksimal ijobiy taassurotlarga ega bo’lishini istaymiz.
MADINA BADALOVA, Madaniyat vazirligi hozuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg’armasi Ta’limni rivojlantirish bo’limi boshlig’i
Bu mamlakatimizdagi ilk bora sodir bo’layotgan keng ko’lamli xayriya tadbiridir. Marafondan tashqari Samarqandda bir qator madaniy tadbirlarni o’tkazishni rejalashtirmoqdamiz, eng muhimi, bizda katta maqsad bor. Bu madaniyat obyektlarida inklyozitsiya muammosiga jamoatchilik e’tiborini jalb qilish haqidadir. Jamg’armamiz O’zbekiston madaniyati obyektlarini modernizatsiya qilishga qaratilgan ozoq muddatli dastur tashabbusi bilan chiqgan edi. Boshlanishiga biz Toshkent shahridagi muassasalarda monitoring va treninglar o’tkazamiz. Tadqiqot natijalari yarim marafonning ta’lim dasturi doirasida hisobot shaklida va internet orqali taqdim etiladi.
Jamg’arma “Garaj” zamonaviy san’at mozeyi bilan hamkorlikni davom ettirmoqda, bizning rus hamkasblarimiz madaniyat obyektlarida inklyoziv muhitni yaratishning xalqaro tajribasi haqida seminarlar va ma’rozalar o’tkazadilar. Bundan tashqari, yarim marafon doirasida biz uchun yana bir muhim tashkilot – “Beat Film” kinofestivali bilan hamkorlikni yo’lga qo’ymoqdamiz. Festival murabbiylari Samarqandda mustaqil xalqaro darajadagi madaniyat muassasasini qanday tashkil etgani haqida ma’rozani o’qib, ikkita hujjatli film namoyish etadilar. Ushbu filmlardan biri –“Free solo” deb nomlangan bo’lib, bu yil “Oskar” mukofotiga sazovor bo’ldi.
Furqat Palvan-Zade, Samarkand Half Marathon tashqi aloqalar va madaniy dasturi kuratori:
"Bu mening O'zbekistondagi birinchi loyiham. Umid qilamanki, bu musobaqa Samarqandda har yili bo'lib o'tadi va shahar madaniyatining muhim tarkibiy qismiga aylanadi. Samarkand Half Marathon’da ishlash uchun biz O'zbekiston, Rossiya, Groziya va boshqa mamlakatlardan mutaxassislarni jalb qildik, shu orqali, haqiqiy madaniy almashinuvni sodir bo'ldi. Dasturning musiqiy komponenti O'zbekiston, Finlyandiya, Germaniya, Turkiya va Rossiyadan kelgan san'atkorlar ishtirokini o'z ichiga oladi. Kelgusi yil ham barchasi shunday yuqori darajada bo'lishiga umid qilaman".
ALEKSANDRA FILIPPOVSKAYA, «Garaj» zamonaviy san’at mozeyining inklyoziv dasturlar bo’limi koordinatori
«Garaj» mozeyi o‘zining tashkil topgan kunidan boshlab nogiron bo‘lgan insonlar uchun qulay bo‘lishiga intilgan. Bu juda ko‘p kuch va vaqtni talab qiluvchi murakkab jarayondir. Madaniyat obyektlarida inklyoziya muammosi o‘z ichiga nafaqat bino tashqi va ichki infratozilmasini, balki madaniyat muassasalaridagi xodimlarning chuqur bilimga egaligini va malakasini ham qamrab oladi. Biz bilamizki, O‘zbekiston Madaniyat vazirligi mamlakatdagi mozey va teatrlarning inklyozivlik muammosini yechish uchun ozoq muddatli dasturni rejalashtirmoqda. Umid qilamanki, biz Samarqandda tashkil etadigan ta’lim tadbirlari O‘zbekistondagi bizning hamkasabalarimizga, bu yo‘nalishdagi o‘zlarining ozoq yillik dasturlarini ishlab chiqishga yordam beradi.
ALENA BOCHAROVA, Beat Film Festival asoschisi
Biz O‘zbekistonda o‘z filmlarimizni namoyish etish imkoniyatdan juda xursandmiz. Bulardan biri – Free to Run – yugurish va mazkur mavzu atrofida butun bir shahar uyushmasini tashkil etilishi bilan bevosita bog‘liqdir. Bundan tashqari, biz Toshkent shahridagi Vestminster universiteti talabalari bilan ucharashamiz va ularga shaharda madaniyat loyihalarini qanday qilib tashkil etish haqida so’zlab beramiz. Bundan o‘n yil avval biz Beat Film Festivalni tashkil etish uchun bir guruhga birlashdik. O‘sha vaqtida bu musiqa haqidagi hujjatli kino festivali edi, hozirgi kunda bu bahor va yoz oylarida Moskvada 30 000 tamoshabinlarni o‘ziga jalb etgan, koz faslida esa Rossiyaning 15 shaharlarida Beat Weekend hududiy tadbirlar doirasida yana shuncha insonlarni jalb qiladigan, Rossiyadagi eng keng miqyosdagi xalqaro festivaldir. Universitet talabalari bizning tariximizdan ilhomlanib, madaniyatning barcha sohalarida barqaror va katta hajmdagi tashkilotlar faoliyatini yo’lga qo’yish mumkinligini ko‘ra oladilar deb juda ham ishonamiz.
Samarkand Half Marathon veb-sayti
#samarkandhalfmarathon
TАSHKILОTCHILАR:
O’zbеkistоn Rеspublikаsi Mаdаniyat vаzirligi
O’zbеkistоn Rеspublikаsi Mаdаniyat vаzirligi hozuridаgi Mаdаniyat vа sаn’аtni rivоjlаntirish jаmg’аrmаsi
BОSH HАMKОRLАR:
O’zbеkistоn Rеspublikаsi Prеzidеnti Administratsiyasi hozuridаgi Ахbоrоt vа оmmаviy kоmmunikаtsiyalаr аgеntligi
Ko’ngil Ko’zi ijtimоiy lоyihаsi
O’zbеkistоn Rеspublikаsi Turizmni rivоjlаntirish Dаvlаt qo’mitаsi
Sаmаrqаnd vilоyati hokimligi
HАMKОRLАR:
O‘zbеkistоn triаtlоn fеdеrаtsiyasi
Russia Running
Beat Films
BeFit
HОMIYLАR:
O’zbеkistоn Rеspublikаsi Tаshqi iqtisоdiy fаоliyat Milliy Bаnki
“O’zbеkistоn tеmir yo’llаri” АJ
“UMS” MCHJ
“UCELL” MCHJ
O’zsаnоаtqurilishbаnk
“Аsаkа” АTB
“Оriеnt Finаns” ХАTB
“MAXAM-CHIRCHIQ” АJ
“Hаmkоr” bаnk
“Dаvr” bаnk
Kаpitаlbаnk АTB
“Turоn” bаnk
“Mаkrо” supеrmаrkеtlаr tarmog’i
«Red Tag» zamonaviy kiyim do’kоnlаri tarmog’i
FLО multibrеnd do’kоnlаri tarmog’i
Coca-Cola
АХBОRОT HАMKОRLАRI:
Аfishа.oz
The Mag jurnаli
Oriat FM
O’zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi