2021 yil 22 maydan 21 noyabrga qadar Venesiyada arxitektura va san’at olamida keng ko‘lamli tadbir —
XVII Xalqaro me’morchilik biennalesi bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekiston o‘zining "Mahalla: shahar va qishloq hayoti" deb nomlangan milliy loyihasini taqdim etadi.
Milliy pavilonimiz Biennalening asosiy joylari — "Arsenal" va "Giardini" chorrahasida, mezbon Italiya paviloni bilan yonma-yon joylashadi.
O'zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi ushbu loyihaga Syurixdagi Shveysariya oliy texnik maktabini jalb etdi. Uning professorlari Emanuel Krist va Kristof Gantenbein ko‘rgazmaning kuratori sifatida ishtirok etadi.