Tigran Mkrtichev 2021 yil 2 yanvardan boshlab I.V.Savitskiy muzeyi direktori lavozimida ish boshlaydi.

O‘qish vaqti: 1 min.

2020 yil 11 dekabr kuni Nukus shahrida Igor Savitskiy nomidagi Qoraqalpog'iston Respublikasi davlat san'at muzeyi direktori lavozimiga ochiq xalqaro tanlov natijasiga ko'ra muzey direktori etib tayinlangan Tigran Mkrtichev va Qoraqalpog'iston madaniyat vaziri Kalbay Turdiyev o'rtasida shartnoma imzolandi. Tanlov 2019 yilda Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg'armasi tomonidan o'tkazilgan edi.

Tigran Mkrtichev direktorlik faoliyatini I.V. Savitskiy muzeyi kolleksiyasini o'rganish bo'yicha Xalqaro kengashni tuzishdan, shuningdek taniqli rassomlar, siyosatchilar va biznes vakillarini o'z ichiga olgan xalqaro homiylik kengashini yaratishdan boshlaydi.

Muzey ishining asosiy ustuvor yo'nalishlari quyidagilardan iborat bo'ladi: xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, muzeyning fondini yaratish va fandrayzing dasturlari.