Samarkand Half Marathon: Xalqaro hayriya marafon dasturi

O‘qish vaqti: 9 min.

Bugun Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining majlislar zalida Madaniyat vasanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi vakillari ishtirokida matbuotchilar uchun brifing oʻtkazildi. Soʻzga chiqqanlar 1-3-noyabr kunlari Samarqand shahrida oʻtkaziladigan Samarkand Half Marathon loyihasi doirasida boʻladigan yugurish qanday oʻtishi, tomoshabin va ishtirokchilarga taklif etiladigan madaniy dasturlar haqida qisqacha maʼlumot berishdi.

Samarkand Half Marathon loyihasining asosiy maqsadi - jamoatchilikning diqqatini madaniyat va sanʼat muassasalariga muammosiga, ularning ochiqligiga va nogironlarni eʼtiborga olish masalalariga qaratish, shuningdek, Oʻzbekistonda sogʻlom turmush tarzini ommalashtirish, sport sayyohligini rivojlantirish ekani maʼlum qilindi. Yarim marafonda tajribali sportchilar bilan bir qatorda endi havaskor sportchilar ham ishtirok etishlari mumkin. Yugurish masofasi
2 km, 10 km va 21 km ni tashkil qiladi. Uchta masofaga yugurish uchun ishtirokchilar 20-oktyabrgacha samarkandhalfmarathon.oz sayti orqali roʻyxatdan oʻtishlari lozim.

Xalqaro yarim marafon oʻtkazishdan tushadigan mablagʻlar Toshkent teatrlarining birida tajriba sifatida oʻtkaziladigan loyihani amalga oshirish uchun sarflanadi. Loyihaga koʻra teatrda tiflokommentariy ishlatiladigan pyesa sahnalashtiriladi. Buning uchun zarur jihozlar sotib olinadi va mutaxassislarni oʻqitish tashkil etiladi.

Xalqaro yarim marafonga tayyorlanish davomida Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi nogironlarni eʼtiborga olish muammosini oʻrganish uchun tadqiqot oʻtkazadi. Bunda Jamgʻarma teatrlar, muzeylar, bogʻlar va Toshkent shahridagi boshqa madaniy muassasalarning imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ochiqligi, ularda bunday insonlar eʼtiborga olinganligi muammosini oʻrganadi. Bundan tashqari, yuqoridagi muassasa xodimlari uchun ochiqlik va cheklangan shaxslarni eʼtiborga olish mavzusida treninglar oʻtkaziladi. Tadqiqot natijasi Xalqaro yarim marafon taʼlim dasturi doirasida hisobot sifatida taqdim etiladi.

Xalqaro yarim marafon dasturini va roʻyxatga olish tartibini loyiha saytidan koʻrishingiz mumkin: www.samarkandhalfmarathon.oz/oz

Mirxan Sagitov, Samarkand Half Marathon loyihasi menedjeri:

"Xorijda oʻtkazilgan koʻp marafon va yarim marafonlarning ishtirokchisi boʻlganim uchun aniq aytishim mumkin, Samarqanddagi Xalqaro yarim marafon juda chiroyli va qiziqarli oʻtadigan sport tadbiri boʻladi. Yugurish oʻtadigan yoʻlda ishtirokchilar shaharning hamma diqqatga sazovor joylarini koʻrishadi, yarim marafonning oʻzi esa mashhur Registon maydoni yaqinida boshlanadi. Yarim marafon oʻtadigan yoʻlga Xalqaro yengil atletika uyushmalar federatsiyasi IAAF va Xalqaro marafon va yugurishlar uyushmasi AIMS sertifikat bergan.

Belgilangan vaqtda marraga kelgan barcha yugurish ishtirokchilariga marraning oʻzida esdalik medallari topshiriladi. Roʻyxatga olingan ishtirokchilarning har bittasiga esa yugurish futbolkasi, brend nomi yozilgan sumka va marraga kelgan vaqtini aniq koʻrsatadigan raqamli chip beriladi. Gʻoliblar uchun esa alohida mukofot jamgʻarmasi taʼsis etilgan. Mutlaq koʻrsatgichda 1-3 oʻrinlarni olgan erkak va ayollarga pul mukofotlari topshiriladi. Yugurish mukofotlari va qoidalari haqidagi batafsil maʼlumotni saytimizda bilib olishingiz mumkin.

Zamonaviy yugurish tadbirlarini tashkil etishda xalqaro tajribaga ega Russia Running kompaniyasining malakali mutaxassislari yugurishni tashkil etish borasida maslahatlari bilan yordam berishayapti. Xalqaro yarim marafonni tashkil etuvchilar jamoasi yugurish ishtirokchilari uchun barcha xizmat va qulayliklar boʻlishi uchun tinmasdan ishlashayapti. Biz hozir faqat yarim marafonning har bitta ishtirokchisi Samarkand Half Marathon tadbiridan ajoyib va unutilmas taassurot bilan qaytishini maqsad qilib ishlayapmiz.

Toshkentda yashaydigan va yugurishda ishtirok etishni istaydiganlar uchun chorshanba va shanba kunlari bepul mashgʻulotlar oʻtkazamiz. Shu mashgʻulotlarimizda qatnashishga ham taklif etamiz. Mashgʻulot haqidagi toʻliq maʼlumot ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizda berilgan".

Madina Badalova, Madaniyat Vazirligi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi Taʼlimni rivojlantirish boʻlimi boshligʻi:

"Mamlakatimizda bu miqyosdagi xayriya tadbiri birinchi marta oʻtkazilayapti. Yugurish uyushtirishdan tashqari Samarkandda bir qator boshqa madaniy tadbirlar ham oʻtkazmoqchimiz. Asosiysi – maqsadimiz katta. Yaʼni, jamoatchilikning diqqatini madaniyat obidalarida nogiron insonlarni eʼtiborga olish muammosiga qaratmoqchimiz. Jamgʻarmamiz Oʻzbekistondagi madaniyat obyektlarini yangilashga moʻljallangan uzoq muddatli dastur qabul qilish tashabbusi bilan chiqdi. Oldin Toshkent shahridagi muassasalarni koʻrib chiqamiz, treninglar oʻtkazamiz. Tadqiqotimiz natijasi internetda chop etiladi va yarim marafon taʼlim dasturi doirasida doklad sifatida taqdim etiladi.

Jamgʻarmamiz “Garaj” zamonaviy sanʼat muzeyi bilan hamkorlik qilib kelayapti - Rossiyalik hamkasblarimiz madaniyat obyektlarida eʼtiborga olish muhitini yaratish tajribasi haqida seminarlar oʻtkazishadi, maʼruzalar bilan chiqishadi. Bundan tashqari, yarim marafon doirasida yana bir muhim tashkilot - Beat Films kinofestifali bilan hamkorlik qilishni boshladik. Festival kuratorlari Samarqanddagi chiqishlarida qanday qilib oʻz kuchlari bilan xalqaro darajadagi mustaqil madaniy tashkilot tuzishgani haqida gapirib berishadi, ikkita hujjatli film koʻrsatishadi. Shu filmlardan bittasi –Free solo – bu yil “Oskar” mukofotini olgan".

Furqat Polvon-Zoda, Samarkand Half Marathon tashqi kommunikatsiyalar va madaniy dasturlar maslaxatchisi

“Bu mening Oʻzbekistondagi birinchi loyiham. Bundan buyon yugurish Samarqandda har yili oʻtadi, shahar madaniy hayotining muhim bir qismi boʻlib qoladi, deb umid qilaman. Samarkand Half Marathon tadbiriga Oʻzbekiston, Rossiya, Gruziya va boshqa davlatlardan mutaxassislarni chaqirganmiz, xullas, yaxshigina madaniy tajriba almashish boʻladi. Hozir yarim marafon dasturiga kiradigan tadbirlarni oxiriga yetkazayapmiz - maʼruzalar, seminarlar va kinokoʻrsatuvlarning aniq jadvalini tuzayapmiz. Dasturning musiqa qismida Oʻzbekiston, Finlyandiya, Germaniya, Turkiya va Rossiyadan kelgan artistlar qatnashadi. Tadbirning boshqa tafsilotini Internetdagi, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizda batafsil aytamiz. Yugurishda qatnashish uchun roʻyxatdan oʻting, soʻng doʻstlaringizni Samarqandga chaqiring. Juda chiroyli tadbir boʻladi!”

Samarkand Half Marathon tadbirining madaniy dasturi

Hujjatli kino Beat Films Festival

 

 

“Fri solo” (Free Solo)

2019-yili “Oskar” mukofotini olgan. Filmda Aleks Xonnoldning - birinchi marta birovning yordamisiz AQSH Yosimit milliy bogʻidagi 2000 metrlik “El Kapitan” togʻi choʻqqisiga chiqqan insonning jasorati hikoya qilinadi.

"Yugurish – erkinlikdemak" (Free to Run)

Hozir koʻpchilik bilmaydi, lekin 50 yil oldin oddiy yuguruvchi inson isyonchi boʻlishi kerak edi, chunki ayollar bilan havaskorlar uchun bu sportga yoʻl rasman yopib qoʻyilgandi. Inson huquqlari uchun kurash boshlangan 60-yillarda bu qoida oʻzgardi. Free to run filmi aynan oʻsha vaqtdan boshlab yugurish tarixini, jamiyatda boʻlgan katta oʻzgarishlarni koʻrsatadi - ishqibozlikdan boshlangan ishning ulkan bir sohaga aylanishini hikoya qilib beradi.

Musiqa dasturi

Ya Tosiba (Finlyandiya)

Ananaviy qoʻshiqchilik bilan zamonaviy musiqa uygʻun birlashgan loyiha. Ozarbayjon tilidagi sheʼrlar bilan jonli fin elektron musiqasi qoʻshilgan.

Baris K (Turkiya)

Turkiya musiqasini toʻplagan sanʼatkor XX asr Yaqin Sharq qoʻshiqlaridan iborat boʻlgan dj toʻplamini namoyish qiladi. Registon maydoni ajoyib musiqaga choʻmadi.

Simple Symmetry (Rossiya)

Moskvalik aka-uka Lipskiylarning musiqasida xalq ohanglari, cholgʻu elementlari hamda Osiyo va Afrika muhiti uygʻunlashgan. 2-noyabrda oʻtadigan oqshomgi dasturimizning yakuniy ohangi boʻladi.

Farhod qori Halimov, Toir Qoʻziyev va boshqalar (Oʻzbekiston)

Ananaviy asl oʻzbek musiqasi ijrochilari 3-noyabr kuni yugurish tugaganidan soʻng sahnaga chiqishadi va Buxoro yoʻlida, shashmaqom usuli bilan, Sato joʻrligida qoʻshiq aytishadi.

Madaniyat obidalarida nur tasvir. “Garaj” muzeyining dasturi

Aleksandra Filippovskaya, "Nogironlikni tushunish modellari: tibbiy va ijtimoiy tushunchalar"

Alina Jekamuxova, “Aqliy rivojlanishi boshqacha insonlar: idrokning oʻziga xosligi”.

Yekaterina Barsukova, “Umumiy dizayn”

 

Samarkand Half Marathon Internetdagi sahifasi

Telegram

Instagram

Facebook

#samarkandhalfmarathon

 

Samarkand Half Marathon tadbirining tashkilotchisi:

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi

 

Bosh homiylarimiz:

Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni Rivojlantirish Davlat Qoʻmitasi

Samarkand viloyat Hokimiyati

 

Hamkorlarimiz:

Beat Films

Russia Running

BeFit

 

Loyiha homiylari:

Oʻzbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ

«UMS» MChJ  

«UCELL» MChJ  

«Red Tag»

modadagi kiyim doʻkonlar tarmogʻi

Oʻzsanoatqurilishbank

ATB “Asaka”

“Oriyent Finans” XATB

“MAXAM-CHIRCHIQ” AJ

“Hamkor” bank

“Davr” bank

ATB Kapitalbank

“Turon” bank

“Makro” supermarketlar tarmogʻi

 

 

Axborot hamkorlarimiz:

Afisha.oz

The Mag jurnali

Oriat FM

 

 

Fotosuratlar