Samarkand Half Marathon: O‘zbekistondagi birinchi xalqaro xayriya poygasi

O‘qish vaqti: 11 min.

Bugun Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida 1 - 3 noyabr kunlari Samarqandda bo‘lib o‘tadigan "Samarkand Half Marathon" loyihasi bo‘yicha matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Matbuot anjumanida davlat va idoraviy tashkilotlar vakillari, loyiha tashkilotchilari, xalqaro hamkorlar va mutaxassislar, poyga va ta'lim dasturining ishtirokchilari so‘zga chiqdilar.

Shuningdek, mehmonlar va matbuot anjumani ishtirokchilari Samarqandga yuborilishidan oldin Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligiga taqdim etilgan taktil ko'rgazmada qatnashadilar. Ko'rgazma Samarqanddagi Ulug'bek madrasasida bo'lib o'tadi. U 1 dan 3 noyabrgacha uch kun davomida faoliyat yuritadi. Taktil ko'rgazmada I.V.Savitskiy nomidagi Davlat san'at muzeyi kollektsiyasidan rasmlar namoyish etildi. Ko'zi ojiz va ko'rish qobiliyati cheklangan shaxslar rasmlarning tasvirini "his qilish" imkoniyatiga ega bo'ladilar. Ulug'bek madrasasi, Sherdor madrasasi va Tilla-Qori madrasasidan iborat Registon me'moriy ansamblining taktil modeli alohida o'rin egallaydi.

Samarkand Half Marathon loyihasi boshlanishiga bir haftadan kam vaqt qoldi. Bu nafaqat poyga, balki zamonaviy madaniyat festivali, uning dasturi ma'ruzalar, mahorat darslari, musiqa namoyishlari, ko'rgazma va sport tadbirlaridan iborat bo'ladi. 

Matbuot anjumani ma'ruzachilar tomonidan batafsil aytib o'tildi.

 

САИДА МИРЗИЕЕВАSAIDA MIRZIYOEVA, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori o'rinbosari:

"Samarqand yarim-marafoni faol hayot tarzi g'oyasini ommaga yetkazadi va madaniyat hamma uchun, shu jumladan, nogironlar uchun ham ochiq bo'lishi kabi maqsadlarni qo'llab-quvvatlaydi.

 

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi O'zbekiston Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg'armasining tashabbusini to'liq qo'llab-quvvatlaydi. Eslatib o'tamiz, bizning agentligimiz ham ushbu yo'nalishda ishlaydi. 2019 yilda biz "Ko’ngil ko’zi" loyihasi uchun yo’l xaritasini ishlab chiqdik. Bu nogironligi bo'lgan shaxslarni ijtimoiy moslashuvi, ko'r va ko'rish qobiliyati zaif odamlarni o'quv, badiiy, ilmiy va boshqa adabiyotlar bilan ta'minlash bo'yicha aniq harakatlarni o'z ichiga oladi.

Inklyuziv muhit yaratish bilan bog'liq xayriya loyihalarini qo'llab-quvvatlash katta vazifadir. Bunday tadbirlar, dasturlar va loyihalar ko'proq bo'lishi kerak. Barchamizning maqsadimiz - to'liq ijtimoiy integratsiyani ta'minlash va mamlakatimizda yashayotgan barcha odamlar uchun teng va qulay sharoitlar yaratishdir.

Samarqanddagi yarim-marafonda ishtirok etadigan va uni qo'llab-quvvatlaydigan barchaga minnatdorlik bildiraman va bunday keng ko'lamli tashabbuslar ko'proq bo'lishini tilayman!

 

ГАЯНЭ УМЕРОВАGAYANE UMEROVA, O'zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san'atni rivojlantirish Jamg'armasi ijrochi direktorining o'rinbosari:

«Samarkand Half Marathon - tashkilot va turli soha vakillari va boshqa mamlakatlarning hamkorlik qilishlari orqali yangi mahsulotlarni yaratishlari uchun yaxshi misoldir. Biz xalqaro madaniy institutlarining ekspert yordamini oldik - ular O'zbekiston Respublikasi Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg'armasiga madaniy obyektlarda inklyuziv muhitni yaratish bo'yicha uzoq muddatli strategiyani ishlab chiqishda yordam berishmoqda. Bizni davlat idoralari va O'zbekistonning yirik kompaniyalari qo'llab-quvvatlamoqda - ushbu resurs bizga xalqaro loyihani ishlab chiqish va ushbu morofon g'oyasi haqida imkon qadar ko'proq odamlarga yetkazish imkonini berdi. Qozog'iston, Qirg'iziston va Rossiya jamoalarining rahbarlari Samarqand yarim marafoniga ishtirok etib, ular ortidan bu mintaqaning yuzlab yuguruvchilari ergashib boradi. Va nihoyat, hatto mustaqil ishtirokchilar, bloggerlar va O'zbekiston estradasi vakillari ham bizning g'oyamizni qo'llab-quvvatlaydilar.

Bularning barchasi, ishimizni davom ettirish uchun bizni juda ilhomlantiradi. Yil oxirida biz O'zbekiston madaniy muassasalari atrofida va ichida qulay muhit yaratish bo'yicha dastlabki rejani e'lon qilamiz. Barchani ushbu ishda ishtirok etishga taklif qilamiz. Bu nafaqat infratuzilmani qayta qurish, balki, uzoq muddatli ta'lim va madaniy loyihalarni ham o'z ichiga olgan murakkab jarayon. Samarqand yarim marafoni bu jarayonning elementlaridan biri xolos».

 

ОЙБЕК КАСЫМОВOYBEK KASIMOV, O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o'rinbosari:

«Jismoniy tarbiya va sport vazirligi O'zbekistonda birinchi xalqaro xayriya morofonini qo'llab-quvvatlaydi. Madaniyat va sport bir-birini qo'llasa biz doimo xursand bo'lamiz. Va bu do'stlar sonini ko'paytiradi. Bu sportda yanada yangi mohiyatni kashf etsa, madaniyat o'z chegaralarini kengaytirib, aholini ko'proq qismini jalb qilish imkonini beradi. Biz hamkasblarimizning "Samarkand Half Marathon"dagi ishini qiziqish bilan kuzatmoqdamiz va O'zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg'armasini kelgusi yilda hamkorlik qilishga taklif qilamiz. Va musobaqada qatnashadigan sportchilarga omad tilaymiz».

 

 

 

МАДИНА БАДАЛОВАMADINA BADALOVA, Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg'armasi - Ta'limni rivojlantirish bo'limi boshlig'i:

Bu mamlakatimizda ushbu kabi miqyosdagi birinchi xayriya tadbiri. Musobaqaning o'zi bilan bir qatorda biz Samarqandda bir qator madaniy tadbirlarni o'tkazishni rejalashtirmoqdamiz va eng muhimi - bizning oldimizga katta maqsad qo'yilgan. Gap madaniy obyektlardagi inklyuziv muammoga jamoatchilik e'tiborini jalb qilish haqida ketmoqda. Bizning jamg'arma tomonidan O'zbekistonning madaniy inshootlarini modernizatsiya qilishga qaratilgan uzoq muddatli dastur ishlab chiqilgan. Xususan, joriy yilda Jamg'arma "O'zbekiston Respublikasi muzeylari faoliyatini inklyuzivlikni hisobga olgan holda takomillashtirish to'g'risida"gi me'yoriy hujjat loyihasini ishlab chiqishni boshladi, unda muzeylarda nafaqat moddiy va texnik imkoniyatlar mavjud, balki aholining mobil guruhlari uchun maxsus dasturlar ishlab chiqish, mutaxassislar tayyorlash va yangi tizimlar joriy etish, taktil modellar, tiflokommentatsiya va induksiyon halqa kabi texnologiyalarni jalb qilish. Dastlab, biz Toshkent shahridagi muassasalarda monitoring va treninglar o'tkazamiz. Ushbu tadqiqot natijalari Internetda e'lon qilinadi va yarim marafonning o'quv dasturi doirasida hisobot shaklida taqdim etiladi.

Jamg'arma "Garaj" zamonaviy san'at muzeyi bilan hamkorlikni davom ettirmoqda - rossiyalik hamkasblarimiz madaniy inshootlarda inklyuziv muhitni yaratishda xalqaro tajribaga bag'ishlangan mahorat darslari va ma'ruzalar o'tkazadilar.

Bundan tashqari, yarim marafon doirasida biz uchun muhim bo'lgan yana bir boshqa tashkilot - "Beat Films" kinofestivali bilan hamkorlik qila boshladik. Festival kuratorlari Toshkentda xalqaro miqyosda mustaqil madaniy instituti qanday yaratilgani to'g'risida ma'ruza qilishadi va ikkita hujjatli filmni namoyish etishadi. Filmlardan biri "Free solo" bu yil "OSCAR" Akademiya mukofotiga sazovor bo'lgan."

 

АЛЕКСАНДРА ФИЛИППОВСКАЯ

АЛЕХАНДРА ФИЛИППОВСКАЯ, "Гараж" замонавий санъат музейи инклюзив дастурлар бўлимининг координатори

«"Гараж" музейининг ташкил этилишиданоқ ногиронлар учун очиқ бўлишини таъминлашга ҳаракат қилди. Бу жуда кўп вақт ва куч талаб қиладиган мураккаб жараён. Маданият масканларига киритиш муаммоси нафақат бинолар атрофидаги ва ичидаги инфратузилмани, балки маданий муассасалар ходимларининг малакаси ва маҳоратини ҳам ўз ичига олади. Биз биламизки, Ўзбекистон Маданият вазирлиги ҳамма учун музей ва театрларнинг мавжудлиги муаммосини ҳал қиладиган узоқ муддатли дастурни режалаштирмоқда. Умид қиламанки, биз Самарқандда ўтказадиган ўқув тадбирлари ўзбекистонлик ҳамкасбларимизга бу ёъналишдаги узоқ муддатли режаларини батафсил баён этишда ёрдам беради».

 

 

 

 

АЛЕНА БОЧАРОВА_ALENA BOCHAROVA, "Beat" kinofestivalining hammuassisi:

«O'zbekistonda filmlarimizni namoyish etish imkoniyati yaratilganidan juda mamnunmiz. Ulardan biri - "Free to Run" - mavzu atrofida butun shahar jamoasini yaratish bilan bevosita bog'liq. Bundan tashqari, biz Toshkentdagi Vestminster universiteti talabalari bilan uchrashamiz va shaharda madaniy loyihalarni qanday yaratish haqida suhbatlashamiz.

O'n yil oldin biz "Beat kinofestivali"ni yaratish uchun birlashgan edik. O'sha paytlarda musiqa haqida eng yaxshi xujjatli filmlar festivali edi, bugungi kunda bu Rossiyadagi eng yirik xalqaro hujjatli filmlar festivali bo'lib, u har yili bahor va yoz oylarining boshida Moskvada 30 ming tomoshabinni to'playdi. Kuzda Rossiyaning 15 shahrida xuddi shu sonda mintaqada Beat Weekend shouning bir qismi sifatida o'tkaziladi. Bizning tariximiz universitet talabalarini ilhomlantiradi va madaniy sohada barqaror va keng miqyosli korxonalar tashkil etish mumkinligini ko'rishlariga umid qilamiz».

 

 

МИРХАН САГИТОВMIRXAN SAGITOV, "Samarkand Half Marathon"i loyihasi kuratori:

«Chet elda o'tkazilgan ko'plab marafon va yarim marafonlar ishtirokchisi sifatida, ishonch bilan ayta olamanki, Samarqanddagi yarim marafon marshruti sport nuqtai nazaridan eng chiroyli va qiziqarli bo'ladi. Marshrut davomida poyga ishtirokchilari shaharning barcha diqqatga sazovor joylarini ko'rishadi - yarim marafon mashhur Registon ansambli yonida boshlanadi. Marafon IAAF xalqaro atletika federatsiyalari assotsiatsiyasi va AIMS xalqaro marafonlar assotsiatsiyasi tomonidan sertifikatlanadi va boshqariladi.

Musobaqaning barcha ishtirokchilari, har bir masofada belgilangan vaqtni hisobga olib borishadi, marafonchilarning g'oliblari esdalik medallarini olishadi. Va ro'yxatdan o'tgan har bir ishtirokchi - poyga futbolkasi, brend tasvirlangan sumka, finishga qolgan vaqt hisobini olishga imkon beruvchi chip va raqam beriladi. G'oliblar uchun mukofot jamg'armasi tashkil etilgan bo'lib, mutlaq hisobda 1 dan 3-o'ringacha bo'lgan erkaklar va ayollar pul mukofotlari bilan taqdirlanadilar. Sovrinlar va poyga qoidalari haqida batafsil ma'lumotni bizning veb-saytimizda topishingiz mumkin.

Bizning tadbirimizni tashkillashtirish bo'yicha maslahatlashuvlar "Russia Running" xalqaro kompaniyasi tomonidan olib boriladi. Bu kompaniya zamonaviy yugurish tadbirlarini tashkil etishda katta tajribaga ega mutaxassislarni o'z ichiga olgan. Yarim marafon tashkilotchilarining barcha jamoasi poyga ishtirokchilariga maksimal darajada xizmat ko'rsatish va qulay sharoitlarni ta'minlash uchun harakat qilmoqda. Biz har bir ishtirokchi "Samarkand Half Marathon"dan maksimal darajada foydalanishini istaymiz».

Fotosuratlar