Loyiha doirasida 2020 yilning aprel, may va iyun oylarida Markaziy Osiyo rejissyorlari tomonidan tasvirga olingan zamonaviy kino klassikasiga aylangan filmlarni onlayn tarzda namoyish etish rejalashtirilgan. Birinchi onlayn namoyish 17 apreldan 24 aprelga qadar o’tishi rejalashtirilgan bo’lib, tomoshabinlar rejissyor Yusuf Razikovning “Voiz” («Оратор») filmini tomosha qilishlari, bundan tashqari, muallifdan olingan intervyuni Toshkentdagi Zamonaviy san’at markazining veb-sayti orqali o’qishlari mumkin.
Tashkent Encounters - bu Toshkentdagi Zamonaviy san'at markazining yangi loyihasi. Turli yo'nalishlarda ish olib boruvchi xalqaro mualliflar O'zbekiston poytaxtida uchrashib, mahalliy san'at vakillari bilan fikr almashadilar. “Tashkent Encounters” ning har bir qismi muayyan bir mavzuga bag'ishlanib, dastur doirasida munozaralar, ma'ruzalar, ko'rgazmalar, spektakllar va mahorat darslari tashkil etiladi.
“Tashkent Encounters” loyihasining ilk dasturi Markaziy Osiyoning zamonaviy kinosiga bag’ishlangan. Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston va O'zbekiston rejissyorlari zamonaviy kinoning klassikasiga aylangan filmlarini namoyish etishadi. Bu tomoshabinlarga ushbu mualliflarning 90-yillarning boshlaridan hozirgi kungacha kino sohasidagi evolyutsiyasini kuzatishga imkon beradi. Filmlarni ushbu bahorda Toshkentdagi Zamonaviy san'at markazining veb-saytida va ijtimoiy tarmoqlarida ko'rishingiz mumkin. "Tashkent Film Encounters" dasturi 2020 yilning kuz oyiga rejalashtirilgan bo'lib, unda bir qator namoyishlar, ma'ruzalar va davra suhbatlari bo’lib o’tishi rejalashtirilgan. Tadbirning batafsil dasturi markazning veb-saytida e'lon qilinadi.
CCA Tashkent
Toshkentdagi Zamonaviy san'at markazi - Markaziy Osiyoda zamonaviy madaniyatni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash uchun yangi platformadir. Kelajakda Zamonaviy san'at markaziga aylantiriladigan ushbu bino 1912 yilda qurilgan. Bu yerda inqilobdan avval, shaharning birinchi tramvay yo‘nalishi uchun enegriya yoqilg‘isi ishlab chiqaruvchi dizel elektr stansiyasi mavjud edi. Aynan shu yerdan Toshkent shahrini elektr bilan ta'minlash boshlangan. Hozirda, bu joyda yangi O‘zbekistonning yangi badiiy muhitini shakillantirish ishlari boshlanmoqda. Binoni ta’mirlash ishlari 2020 yilning oxirida boshlanadi.
Bu yilning boshida, rekonstruktsiya ishlari boshlanishidan avval, markaz sinov shaklida
faoliyatini boshlagan edi. CCA LAB uning birinchi loyihalaridan biri hisoblanadi. 2020 yil mart oyida boshlangan ushbu tadqiqot laboratoriyasi O'zbekistondagi zamonaviy san'at va madaniy amaliyotni rivojlantirish, shuningdek, yangi o'qish va mintaqaning badiiy merosi haqida yangi tushunchalarni shakllantirishga qaratilgan.
CCA LAB ishtirokchilari xalqaro kuratorlarning rahbarligi ostida turli loyihalar ustida ishlab, amaliy tajribaga ega bo'ladilar, bundan tashqari, “Tashkent Encounters” deb nomlangan qator mavzulardagi musiqa, kino va arxitektura bo‘yicha mutaxassisliklararo uchrashuvlarda ishtirok etadilar.