O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg‘armasi O‘zbekiston talabalariga 2020-2021-yilgi grant dasturi uchun tanlov boshlanganligini e'lon qiladi. Tanlov natijalariga ko‘ra, g‘oliblar aniqlanadi va ular o‘zlari xohlagan OTMda bir o‘quv yili davomida tahsil olish uchun grantni qo‘lga kiritadilar. Mazkur tanlovda bakalavr va magistratura darajasidagi talabalar qatnashishi mumkin.
Grant da'vogarligi uchun quyidagi ustuvor yo‘nalishlar:
- Madaniyat va san'at sohasidagi menejment
- Madaniyat ob'ektlarni tiklash va saqlash
- Arxitektura
- Madaniy turizm
- Grafika dizayni
- Tasviriy san'at
- Muzeyshunoslik
- Xoreografiya
Saralash bosqichi:
1. Jamg‘arma grant dasturida ishtirok etish uchun ariza (https://forms.gle/ph9qZhbmioBWyoH88) yuborish.
2. Birinchi bosqich natijalariga ko‘ra anketalar tanlangan ishtirokchilar bilan suhbatlar o‘tkaziladi.
Nomzodlarni saralash mezonlari:
- o‘qishdagi yutuqlari;
- ilmiy-tadqiqot ishlari;
- umumiy bilim-ko‘nikmalari;
- tahliliy ko‘nikmalar;
- tashkilotchilik qobilyatlari;
- rivojlanishdagi motivasiyasi;
- ijtimoiy faollik;
- tanlangan mutaxassislikning ahamiyati va afzalliklari va uning mamlakatda madaniyat va san'at sohasini rivojlantirishdagi rolidan xabardorligi.
Nomzodlar uchun umumiy shartlar:
- Tanlov qatnashchisi ariza berish paytida O‘zbekiston Respublikasidagi OTMning talabasi bo‘lishi shart;
- Tanlovda I kurs talabalari qatnashishi mumkin emas;
- Musobaqa ishtirokchilari bir vaqtning o‘zida bir nechta grant dasturlarida ishtirok etib g‘olib bo‘lolmaydilar;
- Avvalgi yillarda ushbu grant dasturining g‘oliblari dasturda yana qayta qatnasha olmaydilar;
- Jamg‘arma nomzod taqdim etgan hujjatlarda noto‘g‘ri ma'lumotlar aniqlangan taqdirda, tanlov natijalarini istalgan bosqichda bekor qilish huquqini o‘zida saqlab qoladi;
- Tegishli ma'lumotni (bakalavr / magistr) olgandan so‘ng, uch oy davomida grant dasturining g‘olibi Jamg‘armaning stipendiya komissiyasining qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tasarrufidagi muassasalarga ishga qabul qilinadi. Ish staji muddati: kamida bir yil.
Tanlovning umumiy jadvali:
- arizalarni qabul qilish so‘ngi muddati - 2020 yil 20 sentyabrgacha
- birinchi bosqich arizalarni ko‘rib chiqish - 2020 yil 30 sentyabrgacha
- birinchi bosqich yakuni bo‘yicha natijalar e'lon qilishi - 2020 yil 01 oktyabrgacha
- intervyu - 2020 yil 05 oktyabr
- tanlov natijalarini sarhisob qilish - 2020 yil 08 oktyabr
- g‘oliblarni e'lon qilish - 2020 yil 11 oktyabr
Tanlov natijalari e'lon qilinganidan keyin 10 ish kuni ichida g‘oliblar bilan shartnoma tuziladi. Yillik shartnoma miqdoriga teng grant 2020 yil 10 noyabrgacha talaba tahsil olayotgan OTMning hisob raqamiga o‘tkaziladi.