Grant dasturlari taqdimoti

O‘qish vaqti: 5 min.

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg‘armasi talabalar uchun ikkita grant dasturini amalga oshirmoqda: biri - O‘zbekistonning mahalliy oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun, ikkinchisi - xorijiy oliy o‘quv yurtlarida o‘qish istagida bo‘lgan talabalar uchun. 23 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi binosida Jamg‘arma vakillari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Olgan bilim va ko‘nikmalarini almashadigan, yangi g‘oyalar yarata oladigan, ularni hayotga tadbiq etadigan va ish natijalari uchun shaxsiy mas'uliyatni o‘z zimmasiga oladigan ijodkorlar grant dasturlari g‘olibi bo‘lishi mumkin. Ekspert kengashi, g‘oliblarni tanlashda, mamlakatning madaniy muassasalarida ishlash vaqtida olgan bilimlarini amalda qo‘llashni istagan nomzodlarga e'tibor qaratadi.

 

photo_2019-08-25 11.37.36Elmurod Najimov: O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg‘armasining dasturlarni amalga oshirish va strategik rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i 

- Malakali kadrlar Prezidentimiz tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy poydevoridir. Davlatimiz rahbari ijtimoiy, ma'naviy-ma'rifiy faoliyatning yangi tizimini ishga tushirish bo‘yicha beshta muhim tashabbusni ilgari surdi. Ushbu beshta muhim tashabbus doirasida Fond (jamg‘arma) ham faol ish olib bormoqda. Ulardan biri madaniyat va san'at sohasida tahsil olayotgan yoshlarning malakasini oshirish, ularning ko‘nikmasini takomillashtirish va ularni yanada professional rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishdan iborat. Shu munosabat bilan Jamg‘arma O‘zbekistonda bakalavriat va magistratura uchun grant dasturlari va xorijiy oliy o‘quv yurtlarida magistrlik dasturlarini e'lon qildi.

Ikki dastur shartlariga muvofiq talabalar madaniyat va san'at sohasida menejment, restavratsiya va konservasiya, arxitektura, madaniy turizm, grafik dizayn, tasviriy san'at, muzeyshunoslik kabi yo‘nalishlar bo‘yicha ishtirok etish uchun nomzod bo‘lishlari mumkin. Grant dasturlari g‘oliblariga ta'lim uchun to‘lovlar qoplanadi va xorijiy oliy o‘quv yurtlarida o‘qish dasturi bo‘yicha esa jamg‘arma parvoz xarajati, turar joy va sug‘urta xarajatlarini ham to‘lab beradi.

 

photo_2019-08-25 11.38.10Madina Badalova, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg‘armasi “Ta'limni rivojlantirish” bo‘limi boshlig‘i: 

- Bu yil jamg‘arma talabalar uchun grant dasturlari bilan faol shug‘ullanmoqda. Hujjatlarni qabul qilish boshlanishi e'lon qilingan kundan boshlab biz Madaniyat vazirligida ochiq eshiklar kunini o‘tkazdik, unda barcha nomzodlar ishtirok etish shartlari bo‘yicha savollar bera olishdi, shuningdek, bo‘lim xodimlarimiz Toshkentning sakkizta oliy o‘quv yurtlari hududida bir qator uchrashuvlar va taqdimotlar o‘tkazdilar. Mamlakatimiz madaniy muhitini rivojlantirish uchun chindan ham harakat qiladigan ishtirokchilar g‘olib bo‘lishiga ishonaman. Ekspert kengashi, tanlovning birinchi bosqichidan o‘tgan nomzodlar bilan yuzma-yuz suhbatlar chog‘ida, ular olgan bilimlarini O‘zbekiston madaniy muassasalaridan biridagi o‘z mehnat faoliyatlarida qo‘llashga tayyor ekanligiga ularni ishontira oladigan yoshlarni tanlashni afzal deb biladi.

 

 Dasturlar haqida ma'lumot:

 O‘zbekiston OTMlarida o‘qish uchun grant dasturi

Ushbu dastur Jamg‘arma tomonidan ikkinchi yil amalga oshirilmoqda. O‘tgan yili 9 nafar talaba g‘olib deb topildi. Bu yildan boshlab dasturga ba'zi o‘zgarishlar kiritildi. Endi, dastur shartlariga ko‘ra, unda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga qarashli o‘quv yurtlar ro‘yxatiga kiritilmagan Oliy o‘quv yurtlari talabalari ham ishtirok etishlari mumkin.

Arizalarni qabul qilish: 2019 yil 15 sentyabrgacha.

Dastur va ishtirok etish shartlari haqidagi to‘liq ma'lumotlar quyidagi Fond saytida: //acdf.oz/news/75

Xorijiy oliy o‘quv yurtlarida o‘qish uchun grant dasturi

Jamg‘arma ushbu dasturni 2019-2020 o‘quv yili uchun amalga oshiradi. Endi talabalarda xorijiy OTMlarda magistrlik dasturida o‘qishga grant olish uchun zo‘r imkoniyat mavjud. Tanlov ikki bosqichda o‘tkaziladi: hujjatlar to‘plamini taqdim etish va suhbat. 

Arizalarni qabul qilish: 2019 yil 15 sentyabrgacha.

Dastur va ishtirok etish shartlari haqidagi to‘liq ma'lumotlar quyidagi Fond saytida: //acdf.oz/news/79

Fotosuratlar