Creative Spark bu - tadbirkorlikning ijodiy koʻnikmalarini rivojlantirish sohasidagi Buyuk Britaniya va loyiha ishtirokchilarining universitetlari hamda taʼlim muassasalari oʻrtasidagi xalqaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga moʻljallangan Britaniya Kengashining besh yillik dastur hisoblanadi. Mazkur loyihada Markaziy Osiyo davlatlari, jumladan: Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Oʻzbekiston va Janubiy Kavkaz Davlatlari, jumladan: Ozarbayjon, Armaniston, Gruziya va Ukraina ishtirok etadi.
2-dan 4-sentyabrga qadar Oksfordda (Buyuk Britaniya) yillik “Creative Spark” hamkorlik konferensiyasi boʻlib oʻtdi. Mazkur konferensiyada har bir hamkor mamlakatdan bir nafar vakil ishtirok etdi. Birinchi marotaba, bu yilgi konferensiyada Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi huzuridagi madaniyat va sanʼatni rivojlantirish Jamgʻarmasining “Taʼlimni rivojlantirish” boʻlimining rahbari Madina Badalova ishtirok etdi. Uchrashuv doirasida oʻtgan yil yakunlari sarhisob qilindi, shu bilan birga, tinglovchilar va konferensiya tashkilotchilari oʻrtasida seminarlar oʻtkazildi. Ishtirokchilar orasida samarali netvorking tashkil qilindi va ular oʻz mamlakatlarida “Creative Spark” dasturini amalga oshirish uchun keyingi harakatlarni belgilab oldilar.