O'zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg'armasining grant dasturi g'oliblari

O‘qish vaqti: 1 min.

Temur Ortikov – grant dasturi g‘olibi

Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg‘armasi 2018 yilda talabalar uchun grant dasturini tashkil etdi. Shu vaqt ichida ko‘plab g‘oliblar Madaniyat vazirligi tizimida o‘zlarining professional faoliyatlarini boshladi.

Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universiteti va Yoshlar teatri qoshidagi studiya maktabini bitirgan Temur Ortiqov 2019 yildagi grant dasturining stipendiyasini qo‘lga kiritdi. O‘qishni tugatgandan so‘ng u Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg‘armasida ish boshladi.

Temur o‘z intervyusida Samarqand yarimmarafonida ishtirok etgan ko‘ngillilarning tajribasi va grant dasturida qatnashish uchun ariza topshirishdagi eng asosiy nuqta bo‘lgan motivasiya xati haqida so‘zlab berdi.