O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san'atni rivojlantirish Jamg‘armasi birinchi marta chet el oliy o‘quv yurtlarida grant asoosida o‘qish uchun tanlov e'lon qildi.
2019-yilda talabalar ”Zamonaviy san'atda kuratorning amaliyoti” ikki yillik Magistrlik dasturida o‘qish uchun Milliy ta'lim universitetining Oliy maktabida va “Garaj” zamonaviy san'at muzeyida grant yutib olish kabi ajoyib imkoniyatga ega.
Kurs zamonaviy tasviriy amaliyotlarda mahoratli eksperimentlarga oid mavhum (abstrakt) rasmlarni his qilishdan va tahlil qilishdan boshlab, to found footage video-rassomlarning ishlarigacha biladigan kelajak kurator va san'at (art)menejerlarini shakillantirishga va tayyorlashga yo‘naltirilgan. Magistr dasturi haqida batafsil ma'lumot va dasturda ishtirok etish uchun kerakli hujjatlar ro‘yxatini bu yerda topishingiz mumkin.
Tanlovda magistrlik dasturining talablariga javob beradigan oliy ma'lumotli nomzodlar ishtirok etishlari mumkin.
Tanlov uch bosqichdan iborat:
- Birinchi bosqichda nomzodlar Milliy tadqiqot universitetining “Iqtisodning oliy maktabi”da va “Garaj” Zamonaviy san'at muzeyida "Zamonaviy san'atda kuratorlik amaliyotlari" magistrlik dasturi tanlovida ishtirok etish uchun portfolio topshirishlari kerak. Siz talab qilinadigan shartlar va zarur hujjatlarning ro‘yxati bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.
Portfolio Oliy maktabning saytida topshirishning oxirgi muddati: 28 iyulga qadar.
Birinchi bosqichning ikkinchi shartiga o‘tish uchun tanlov ishtirokchilari hujjatlarni elektron shaklda elektron manzili orqali yuklab olishlari kerak. Tegishli hujjatlarni to‘ldirish va taqdim etishning barcha bandlari albatta bajarilishlari shart.
- Birinchi bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tgan ushbu grant dasturining ishtirokchilari uchun tanlovning ikkinchi bosqichi O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi binosida joylashgan ITI VShE va “Garaj” zamonaviy san'at muzeyi (Toshkent sh. Taras Shevchenko, 1 manzili bo‘yicha joylashgan) tanlov komissiyasi bilan bo‘lgan onlayn suhbatdir.
Dasturda ta'lim olish granti quyidagi xarajatlarni qoplaydi:
- Shartnomaning umumiy qiymati;
- magistrantning Moskva shahrida o‘qish muddati davomidagi yashash bo‘yicha chiqimlarni;
- Oziq-ovqat, ichki transport;
- O‘qish vaqtida 4 ta havo(aviasion uchishlar) safarlari;
- Tibbiy sug‘urta (minimal tarif bo‘yicha).
Baholash mezonlari:
- Ilmiy faoliyat;
- Ilmiy-tadqiqot ishlar;
- Analitik qobiliyatlar;
- Tashkiliy qobiliyatlar;
- Rivojlanish maqsadi;
- Ijtimoiy faollik;
- Tanlangan sohaning ahamiyati va afzalliklari va uning madaniyat va sa'nat
- sohasini rivojlantirishdagi o‘rnini anglash.
Tanlov jadvali:
- HSE veb-saytida arizalarni qabul qilish: 2019 yil 6 avgustgacha
- Fond saytida arizalarni qabul qilish: 2019 yil 10 avgustgacha.
- 1-bosqichning arizalarni ko‘rib chiqish: 2019 yil 12 dan 13 avgustgacha;
- 1-bosqich natijalarini e'lon qilish: 2019 yil 14 avgust
- Ikkinchi bosqichning onlayn interv'yusi: 2019 yil 20 avgust
- Tanlov natijalarini aniqlash: 26 dan 28 avgustga qadar
- G‘oliblarni elon qilish: 2019 yil 30-avgustidan kechikmasdan.
Tanlov g‘oliblari uchun jadval:
G‘oliblar bilan shartnoma munosabatlarini tuzish: tanlov natijalari elon qilingan kundan boshlab 10 ish kuni ichida;
Stipendiya to‘lovlari: 2019 yil sentyabr' oyigacha.
Grantlar (stipendial, stipendiyaga oid) tanlovida ishtirok etish shartlari:
- Raqobatchilar bir vaqtning o‘zida bir nechta stipendiya dasturlari bo‘yicha g‘olib bo‘lishi mumkin emas;
- Jamg‘arma akademik intizom buzilgan, olayotgan ta'limni o‘zlashtirish pasaygan, uzrsiz uzluksiz davomatni buzish, ichki qoidalar va universitet qoidalariga rioya qilmaslik, yotoqxonada yashash qoidalarini buzish (agar talaba yotoqxonada yashasa) hollarida, hamda tabiiy ofatlar (zilzilalar, bo‘ronlar, qurg‘oqchilik va boshq.) yoki ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatlar (urush holati, blokada, davlat manfaatlaridagi import va eksportni to‘xtatilishi, va ho kazo) ta'lim grantini to‘lashni to‘xtatish huquqini o‘zida saqlab qoladi. To‘lovni to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qaror Madaniyat va san'atni rivojlantirish Jamg‘armasi tanlov komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi;
- Grant summasi qabul qiluvchi tashkilotning hisob raqamiga o‘tkaziladi;
Ikki yillik magistrlik dasturga kirgan talabalarni, Jamg‘arma yozgi ta'til vaqtida O‘zbekiston Respublikasi tashkilotlari va muassasalarida amaliyot o‘tish uchun tayinlash huquqini o‘zida saqlab qoladi; - Grant yutib olgan shaxslar tegishli lisenziya (bakalavr / magistr) olganidan so‘ng uch oy davomida Fond stipendial(stipendiyaga oid) komissiyaning qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi nazorati ostida madaniyat va san'at muassasalarining ustuvor yo‘nalishlarida ishlaydi. Ish staji: kamida uch yil.
- O‘quv davri mobaynida talabalar shaxsiy xavfsizligi uchun Jamg‘arma javobgar yemas;
- Fond yozgi ta'til vaqtida talabaning xarajatlarini (turar joyi, ovqatlanishi, ichki transport) qoplamaydi;
- O‘quv jarayoni vaqtida favkulodli vaziyatlar, sog‘liq bilan bog‘liq sharoitlar va boshqa sabablarga ko‘ra rejadan tashqari talaba O‘zbekistonga qaytib kelishi kerak bo‘lsa, havo safariga chiqish uchun barcha moliyaviy xarajatlar grant sohibining bo‘yniga qo‘yiladi.
Grant dasturining g‘oliblari o‘z bilimlarini va qobiliyatlarini boshqalarga o‘rgata oladigan, yangi g‘oyalar yaratadigan, ularni amalga oshirish va ish natijalari uchun shaxsiy mas'uliyatni o‘z zimmasiga oladigan ijodkor kishilar, shuningdek, hamfikr bo‘lgan odamlar guruhini to‘pla oladigan va umumiy maqsadga erishishga unday oladigan shaxslar bo‘lishlari kerak.
Fotosurat: “Garaj” zamonaviy sanaat muzeyi