Inklyuziv masalalar bo‘yicha ochiq muloqot

O‘qish vaqti: 7 min.

Kecha O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san'atni rivojlantirish Jamg‘armasi tashabbusi bilan "O‘zbekiston Respublikasidagi madaniyat muassasalarida inklyuzivlikni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari va mexanizmlari" mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Muhokamada O‘zbekiston Respublikasining vazirlik va idoralari, shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlari va inklyuziv yo‘nalish bo‘yicha jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.

Davra suhbati Madaniyat va san'atni rivojlantirish Jamg‘armasi, Madaniyat vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralarning vakillari, ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar rahbariyati, jamoat tashkilotlari yetakchilari, nogironlar bilan ish olib borayotgan jamoalar rahbarlari, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST), Birlashgan Millatlar tashkiloti (UNICEF)ning vakillari va boshqalar o‘rtasidagi uchrashuv shaklida bo‘lib o‘tdi.

e290a009-e158-4b99-abf5-a05046fb8592

Uchrashuvda quyidagi masalalar muhokama qilindi:

  • O‘zbekistonda inklyuzivlik haqida jamiyatning xabardorligi darajasini o‘rganish; 
  • Nogironlar jamiyatlari vakillari hamda hokimiyat va madaniyat va san'at muassasalari vakillari o‘rtasida muloqotni tashkil etish;
  • Madaniy qadriyatlarni anglash yo‘lida nogiron bolalarning va kattalarning har qanday kamsitilishini bartaraf etish uchun jamiyatni nogironlik masalalari bo‘yicha axborot  bilan ta'minlash;
  • Inklyuziv ochiqlik sohasidagi eng yaxshi xalqaro amaliyotlarni amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlash vositalarini aniqlash va yaratish hamda mavzu bo‘yicha boshqa masalalar.

cdd709f0-d165-431f-b127-4b0209b66056

Jamg‘armaning vakillari yig‘ilganlarni o‘z fikrlarini bilan o‘rtoqlashishga, shuningdek, alohida ehtiyojga ega bo‘lgan odamlar uchun madaniyat ob'ektlaridan foydalanish sohasidagi dolzarb muammolarni muhokama qilishga chaqirdi. Davra suhbati doirasida inklyuzivlik sharoitlarini yaratishning dolzarb masalalari, birinchi navbatda, idoralararo hamkorlikni rivojlantirish va kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish yuzasidan fikr almashildi.

 

Ko‘plab ishtirokchilar O‘zbekiston shaharlarida infratuzilmaning yo‘lga qo‘yilishi va madaniy tashkilotlarning umumiy faoliyatiga ta'sir etuvchi turli tuzilmalar vakillarini bir joyda to‘plash imkonini beradigan bunday uchrashuvlarni o‘tkazish zarurligini ta'kidladilar. Mavzu, shubhasiz, dolzarbdir. Ishtirokchilar shaharning madaniy muassasalari nafaqat imkoniyatlari cheklangan insonlarga, balki shaharning barcha muassasalari, yo‘llari, transporti va ularga aloqador qismlari ham aholining barcha qatlamlari uchun ochiq bo‘lishi va insonlar ulardan foydalana olishini chin dildan istagan holda, o‘zlarining muammolari va kuzatuvlari bilan to‘lqinlanib o‘rtoqlashdilar

Ushbu mavzu bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar ham muhokama qilindi. Shunday qilib, spikerlardan biri, Dilmurad Yusupov, Sasseks universiteti (Buyuk Britaniya) Rivojlanish muammolarini o‘rganish instituti doktoranti vaziyatni shunday tahlil qildi:

4c2798af-1e6c-4522-9638-2d0d13bc2884- Bizning Qonunchilik hujjatlarimizda alohida ehtiyojmand insonlar uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha barcha qonunlar aniq belgilangan. Biroq, afsuslar bo‘lsinki, o‘tkazilgan tadqiqotlarga va tahlillarga asoslanib, ushbu mavzu bo‘yicha barcha farmonlar faqat 30 foizga amalga oshirilganini ta'kidlash kerak. Imkoniyatlari cheklangan insonlar uchun hech bo‘lmaganda ularning harakatlanishi va yashashi uchun zarur bo‘lgan asosiy sharoitlar yaratilishini istardim. Misol uchun, Samarqandga sayohat chog‘ida eshitish qobiliyati zaif bo‘lgan bolalar uchun internat maktabi tarbiyalanuvchilariga surdotarjimon gid hamrohlik qilganini kuzatish men uchun yoqimli holat bo‘ldi. Bunday  yangiliklarning ko‘proq bo‘lishini va, eng muhimi, ular nogironligi bo‘lgan insonlar uchun zarur bo‘lgan barcha jihatlar inobatga olingan holda yuqori sifatda taqdim etilishini istardim. Bu yerda muloqotni yo‘lga qo‘yish imkoniyatini beradigan davra suhbatlari tashkil etilishi ijobiy holatdir.

 

O‘zbekiston ko‘zi ojizlar jamiyati vakili Ulug‘bek Mamatxonov ham alohida ehtiyojmand insonlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish masalasida o‘z kuzatuvlari bilan o‘rtoqlashdi:

 - Men dunyoning turli shaharlariga tashrif buyurish baxtiga musharraf bo‘lganman va  shuni ta'kidlashni istardimki, ba'zi shaharlardan ko‘p narsalarni o‘rganish mumkin. Misol uchun, L'vov shahrida deyarli har bir svetoforda ovozli jo‘r bo‘luvchi svetofor mavjud. Ko‘plab shaharlarda, diqqatga sazovor joylarda, muzeylarda va kinolarda tiflokommentariyalar, maxsus tutqichlar, maxsus jihozlangan yo‘lakchalar va ko‘plab boshqa qurilmalar tashkil etilgan. Muzeylardagi eksponatlar Brayl shriftidagi tavsifga ega. Albatta, bularning barchasi harakatni va katta  harajatni talab etadi. Biroq,  mamlakatimizning taraqqiy etishi bilan birga biz shaharlarning va mamlakatimizning madaniy muassasalariga alohida ehtiyojmand insonlar uchun shunday qulayliklarni yaratishimiz lozim, deb o‘ylayman.

 Shuningdek, Nogironlar uyushmasi vakillari ham so‘zga chiqdilar.

Isakov Oybek, O‘zbekiston nogironlar uyushmasi raisi:

cd6f7695-4126-4a53-9331-2c38af0ee810 

- Avvalo, ushbu tadbirni tashkil etgani uchun Jamg‘armaga minnatdorlik bildirmoqchiman. Bu yerda alohida ehtiyojmand insonlar uchun sharoit yaratish haqida ko‘p gapirildi. Lekin, men bunday insonlar haqida kinolarda, spektakllarda, televidenie ko‘rsatuvlarida va ommaviy axborot vositalarida ba'zan juda hurmatsiz qiyofalarda ko‘rsatilayotgani kabi mavzuga ham to‘xtalib o‘tmoqchiman. Ko‘pincha biz kamsitiluvchi ahvolda, masalan, tilanchilar, zaif odamlar qiyofasida namoyon bo‘lamiz. Men inklyuzivlikning umumiy strategiyasini ishlab chiqishni xohlayman. Buning uchun ommaviy axborot vositalari vakillari, rejissyorlar, ssenariy mualliflari va boshqa madaniyat va media soha vakillari bilan yaqindan ishlash ham zarurdir.

 

Shuni ham ta'kidlash joizki, davra suhbati shu yilning noyabr' oyida bo‘lib o‘tadigan birinchi Inklyuziv yarim marafon doirasida tashkil etildi. Bu haqida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san'atni rivojlantirish Jamg‘armasi Marafoni bo‘yicha loyiha rahbari Mirxon Sagitov so‘zlab berdi:

 ce652274-1f68-4587-a367-3fda7830dd98

- Joriy yilning 1-3 noyabrida Samarqand shahrida yarim marafon o‘tkazilib, tadbir ta'lim komponentini ham o‘z ichiga oladi. Hozir biz ushbu poygani tashkil etish bo‘yicha barcha bandlarni puxta ishlab chiqish bosqichida turibmiz. Ta'kidlash joizki, marafon o‘tkazishdan asosiy maqsad - madaniy tashkilotlarda inklyuzivlik, shuningdek, O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish masalalariga jamoatchilik e'tiborini jalb qilishdir. Nogironlikning turli shakllariga ega insonlar uchun maxsus trassa yaratiladi va alohida ehtiyojga muhtoj bo‘lgan insonlarning qulay ishtirok etishi uchun barcha zarur sharoitlarni yaratishga harakat qilamiz. Umid qilamanki, bugungi kunda bu yerda to‘plangan jamiyat va idoralar vakillari ham bizga yordam beradi.

 

fdf9800e-ff74-4eb9-a78a-5507deb7a116Davra suhbatida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari haqidagi xabardorligini oshirish maqsadida mamlakatimizda inklyuzivlikni, imkoniyatlardan foydalanishni rivojlantirish, shuningdek, ta'lim, sport, san'at va madaniyatdan foydalanish masalalari ham ko‘rib chiqildi. Davra suhbati yakunida taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi. Tadbir oxirida ishtirokchilar bir-birlarining kontaktlari bilan almashdilar va o‘zaro hamkorlik qilishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

 

Fotosuratlar