3 iyun – Butunjahon yugirish kuni, onlayn xayriya poyga uchun ro‘yxatdan o‘tish esa ochiq. Tadbirdan tushgan barcha mablag‘lar O‘zbekistondagi internatlardan birini qo‘llab-quvvatlashga hamda ASD bilan kasallangan bolalar uchun ish yuritish buyumlari va badiiy to‘plamlarni xarid qilish ishlari uchun sarflanadi.
Barcha xohlovchilar, 2020 yilning yoz oyi oxiriga qadar onlayn-musobaqada ishtirok etishi mumkin. Buning uchun “Samarkand Half Marathon"i veb-saytida ro‘yxatdan o‘ting, uchta masofadan birini tanlang va ishtirok etish uchun pul to‘lang. Siz masofani har qanday qulay vaqtda va istalgan qulay joyda bosib o‘tishingiz mumkin, eng asosiysi shundaki, yugurish amalga oshirilganligini tasdiqlashdir. Buning uchun yarimmarafon saytidagi har qanday fitnes dasturidan GPS-trekni yuklab olish kifoya. Musobaqa so‘ngida barcha ishtirokchilar "Samarkand Half Marathon"ning 2019 yilgi memorial medallariga ega bo‘ladilar.
Eslatib o‘tamiz “Samarkand Half Marathon” loyihasining asosiy maqsadi, madaniyat va san'at obektlardagi mavjud inklyuziv muammolariga jamoatchilik e'tiborini jalb qilish, shuningdek, O‘zbekistonda sog‘lom turmush tarzi va sport turizmini rivojlantirishdan iboratdir. Bundan tashqari, loyihaning har bir musobaqasi aniq bir vazifasi bo‘lgan ommaviy xayriya tadbiridir. O‘tgan yili mazkur tadbir tashkilotchisi, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg‘armasi yarimmarafon davomida to‘plangan mablag‘larni O‘zbekistonda tiflosharhlash texnologiyasini joriy etish uchun yo‘naltirgan edi. Ushbu uslub ko‘zi ojiz va ko‘rish qobiliyati cheklangan insonlarga muzey, teatr va boshqa madaniyat muassasalarga tashrif buyurish imkoniyatini beradi.
2020 yilning fevral oyida tiflosharhlash texnologiyasidan foydalangan holda uchta spektakl tashkil etilib, ular O‘zbekiston davlat Yoshlar teatri va O‘zbekiston davlat qo‘g‘irchoq teatrida namoyish etildi. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg‘armasi tiflosharhlash texnologiyasini o‘qitish bo‘yicha o‘quv dasturini tashkil etdi. Mazkur dasturning bitiruvchilari butun mamlakat bo‘ylab inklyuziv dasturlarni amalga oshirishda Jamg‘armaga yordam beradi.
Loyiha tashkilotchisi, mavjud inklyuziv madaniyatdan foydalanish dolzarbligi, ayniqsa, hozirgi vaziyatdagi koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq holat kabi muhim ekanligini ta'kidladi. Endilikda millionlab odamlar uyda qolishga majbur bo‘lmoqdalar va mamlakatning har bir fuqarosi bugun kam harakatlikni o‘z boshidan o‘tkaib, buni nimani ekanligini anglab yetishmoqda. Tez orada karatin muddatlari tugab barcha normal hayotni qaytadan boshlashlari mumkin bo‘ladi. Ammo, butun mamlakat bo‘ylab minglab nogironligi bo‘lgan shaxslar va sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolari mavjud bo‘lgan insonlar uchun o‘z-o‘zini majburiy ravishda izolyasiya qilish odatiy holga aylanib ulgirgan. “Samarkand Half Marathon” yarimmarafonining asosiy maqsadi esa bu vaziyatni tuzatish mumkinligini va bartaraf etish zarurligini barchaga eslatib qo‘yishdir.