O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi hozuridagi Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg'armasi tomonidan "Homiylik va madaniy homiylik to'g'risida" gi qonun loyihasi muhokama qilindi.
Muhokamalar joriy yilning 7 iyuliga qadar davom etadi.
Qonun loyihasi "Qonun loyihalarini tayyorlash va ularni O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to'g'risida" gi O'zbekiston Respublikasi Qonunining 8-moddasiga muvofiq ishlab chiqilgan.
Qonun loyihasining maqsadi patronaj va madaniy homiylik sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Qonun loyihasida patronaj faoliyatining sub’ektlarining huquqiy maqomi, homiylik faoliyati va madaniy homiylikni amalga oshirish tartibi va tamoyillari belgilab berilgan
Loyiha homiylik va madaniy homiylik uchun moliyaviy va boshqa turdagi imtiyozlarni taqdim etadi. Yangi qonunni qabul qilish ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lgan bozor ishtirokchilarini rasmiylashtirish va mukofotlash imkonini beradi.
Bundan tashqari, qonun loyihasida patronaj yordamini oluvchilari haqida hisobot berish mexanizmi nazarda tutilgan bo'lib, ular o'z mablag'lari maqasdli sarflanganligiga ishonch hosil qilishlari kerak ekanligi belgilangan.
O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi hozuridagi Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg'armasi tomonidan 2017 yil oktyabr oyida O'zbekistonda milliy madaniyat va san'atni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish, xalqaro va davlatlararo madaniy aloqalarni kengaytirish maqsadida tashkil etilgan.
O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi qoshida tashkil etilgan
Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg'armasi matbuot xizmati