O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi La Biennale Di Venezia – Venetsiyadagi
59-Xalqaro San’at Biyennalesida O‘zbekiston Respublikasi Milliy paviloni uchun art-mediatorlar tanlovini e'lon qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma) La Biennale
Di Venezia – Venetsiyadagi 59-Xalqaro San’at Biyennalesida O‘zbekiston Respublikasining Milliy paviloni uchun
art-mediatorlar tanlovini e’lon qiladi.
Venetsiyadagi 59-Xalqaro San’at Biyennalesi (bundan keyin – Biyennale) 2022-yilning 23-aprelidan 27-noyabriga qadar davom etadi. Biyennale – san’at dunyosining asosiy tendensiyalarini o‘zida ifodalovchi zamonaviy san’atning eng mashxur jahon forumi hisoblanadi. Markaziy Osiyo mamlakatlari ichida O‘zbekiston Respublikasi Biyennaleda ketma-ket ikkinchi yil o‘z loyihasini taqdim etayotgan ilk davlat hisoblanadi.
Biyennaledagi O‘zbekiston Respublikasining Milliy pavilonining art-mediatorlari 2-3 oy davomida Venetsiya hududida (Italiya) yashaydi va yurtimiz ekspozitsiyalari bo‘ylab mehmonlarga yo‘lboshchi bo‘lib, ularni nazorat qiladi. Tanlab olingan nomzodlar quyidagicha taqsimlanadi:
I guruh – aprel-iyun
II guruh – iyul-avgust
III guruh – sentyabr-noyabr
Mediator vazifalari quyidagilardan iborat bo‘ladi:
- Pavilon mehmonlarini kutib olish;
- Ularga ko‘rgazma konsepsiyasi, eksponatlar, rassomlar asarlari haqida so‘zlab berish, shuningdek, tashrif buyuruvchilarni O‘zbekiston madaniyati va tarixi haqidagi hamda boshqa qiziqtirgan savollariga javob berish;
- Favqulodda kutilmagan har qanday holatda Jamg‘arma jamoasi bilan aloqada bo‘lish;
- Eksponatlar va ekspozitsiyalar xavfsizligini nazorat qilish;
- O‘zbekiston Milliy paviloni mehmonlariga ko‘rgazmaga taaluqli bukletlar, kataloglar va boshqa tarqatma materiallarni tarqatish;
- Mahalliy menejerlar bilan aloqada bo‘lish;
- Jamg‘arma jamoasiga Venetsiyada tashkil etiladigan, Milliy pavilon hududida hamda undan tashqarida o‘tkaziladigan tadbirlarda ko‘maklashish;
- Jamg‘arma jamoasiga Milliy pavilonga tashrif buyuruvchilar haqida barcha kerakli ma’lumotlarni taqdim etish, shuningdek pavilonga tashriflar soni monitoringini o‘tkazish;
- Pavilonga muhim mehmonlar va matbuot vakillari tashrif buyurganda, bu haqida Jamg‘arma jamoasiga xabar berish.
Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi hujjatlarni yuborish zarur:
- O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi pasportininfg skan-nusxasi;
- videomurojaat shaklidagi motivatsion xat (videoning davomiyligi 3 daqiqadan oshmasligi kerak, videoni havola orqali yuboring);
- oliy yoki o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi guvohnoma;
- ingliz tilini bilish haqidagi sertifikat (agar mavjud bo‘lsa, italyan tili ham);
- ingliz tilida tuzilgan rezyume;
- tavsiya xatlari, sertifikatlar, minnatdorchilik xatlari va h.k.
Hujjatlar “Mediator – Art Biennale Di Venezia 2022” mavzusi bilan edudep@acdf.uz elektron manzilga yuborilishi kerak.
Tanlovga arizalar 2022-yil 10-martgacha qabul qilinadi.
Videomurojaat formatidagi motivatsion xat loyihada ishtirok etishingizning maqsadi va mohiyatini o‘z ichiga olishi
va quyidagi savollarga javob berishi kerak:
- loyiha haqida qayerdan bilib oldingiz va nima uchun ishtirok etishga qaror qildingiz?
- ilgari qaysi xalqaro yoki mahalliy ko‘ngilli va ijtimoiy loyihalarda ishtirok etgansiz?
- san’at va madaniyat sohasida tajribangiz bormi?
- mamlakatimiz tarixi va madaniyati haqida qanday qiziqarli faktlarni xorijiy mehmonlar bilan bo‘lishishingiz mumkin?
- respublikamizning turli shaharlarida bo‘lganmisiz?
- Siz Yevropa va chet elda bo‘lganmisiz?
- Sizning muloqot qurish qobiliyatlaringiz qanday?
- Siz avval jamoada ishlaganmisiz?
- Siz loyihani va umuman O‘zbekiston madaniy muhitini rivojlantirishga qo‘shadigan hissangizni qanday ko‘rasiz?
Tanlov hay’ati nomzodning quyidagi ko‘nikmalarini baholaydi:
- O‘zbekiston madaniyati va san’ati, tarixi, an’analari sohasidagi bilimlar;
- Muloqot qilish qobiliyati;
- Jamg‘arma loyihalari va tashabbuslari haqida ma’lumot;
- Mustaqillilik;
- Analitik va tanqidiy fikrlash qobiliyati;
- Jamoada ishlash tajribasi;
- Stressga chidamlilik;
- Mehnatsevarlik;
- Italyan va o‘zbek tillarini bilish ustunlik beradi.
Loyihaning saralash bosqichlari:
- Ishtirok etish uchun ariza berish: 2022-yil 10-martgacha
– Ikkinchi bosqich, intervyu: 2022-yil 30-martgacha
- Natijalarni e’lon qilish: 2022-yil 5-aprelgacha
Tanlovning barcha bosqichlaridan o‘tgan nomzodlar Venetsiyadagi 59-Xalqaro san’at Biyennalesida 2022-yil Milliy pavilonining mediatorlari bo’ladilar.
* Nomzodlar xorijga chiqish pasportiga ega bo‘lishi, shuningdek davlatdan chiqish uchun cheklovlardan xoli bo‘lishlari lozim
Jamg‘arma tomonidan mediatorlarning quyidagi xarajatlari qoplanadi:
- Kundalik (O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq me’yor bo‘yicha (Moliya vazirligining 2015-yil 19-noyabrdagi 2730-sonli buyrug‘i);
- Viza to‘lovlari;
- Venetsiya hududida turar joy (Italiya);
- Sug‘urta polisi (Covid-19ni hisobga olgan holda);
- Toshkent-Venetsiya-Toshkent aviaqatnov chiptalari;
- Ichki transfer uchun yo‘l chiptasi;
- Sim karta.
Jamg‘arma haqidagi ma’lumotni quyidagi havolalar orqali topishingiz mumkin:
Rasmiy sayt: http://acdf.uz
Instagram: instagram.com/acdfuz
Facebook: facebook.com/acdfuz
Telegram: t.me/acdfuz