Joriy yilning 15-martidan 15-mayigacha Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi “Xalqaro teatr va balet festivali - 2022”ni tashkil etadi va unda: Moskvaning “Sovremennik” teatri, Moskvaning “Zamonaviy pyesa maktabi” teatri, Millatlar teatri, A.P. Chexov nomidagi Moskva badiiy teatri, Boris Eyfmanning Sankt-Peterburg Davlat Akademik balet Teatri, Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik Katta teatri, Hamza nomidagi O‘zbek milliy drama teatri, Mark Vaylning “Ilhom” teatri, shuningdek, O‘zbekiston Yoshlar teatri ishtirok etadilar.
Jamg‘arma tashkil etilgan kundan boshlab, xalqaro madaniy hamkorlikni faol rivojlantirishga, san’atning mumtoz yo‘nalishini ommalashtirish hamda O‘zbekiston teatr jamoatchiligini san’atning turli yo‘nalishlari bilan tanishtirishga xizmat qilmoqda.
Har yili Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tashabbusi bilan minglab tomoshabinlar, yurtimiz hududini tark etmagan holda chet el san’atining noyob asarlarini ko‘rish imkoniga ega bo‘ladilar. Jahonning mashhur san’atkorlari tashriflari doirasida konsert dasturlari, spektakllar, mahorat darslari tashkil etilib, tajriba almashish, madaniyatlararo hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun imkon yaratilmoqda.
Joriy yilning 15-martidan 15-mayigacha Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik Katta teatri, Mark Vaylning “Ilhom” teatrida hamda Hamza nomidagi Davlat akademik drama teatrida bir qator spektakl va balet namoyishlari tashkil etiladi.
15-16 mart: “Lazgi – Muhabbat va Qalb raqsi” — baleti
2021-yilning sentyabr oyida Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik Katta teatrida YUNESKO shafeligida “Lazgi” spektaklining muvaffaqiyatli premyerasi bo‘lib o‘tdi hamda tomoshabinlar va professional jamoatchilik tomonidan yuksak baholandi.
Ikki oydan so‘ng, 2021-yilning noyabr oyida “EXPO-2020 Dubai” Butunjahon ko‘rgazmasidagi O‘zbekiston madaniy dasturi doirasida, “Dubai Opera” sahnasida ushbu balet namoyishining jahon premyerasi bo‘lib o‘tdi hamda xalqaro jamoatchilik va ommaviy axborot vositalarining olqishlariga sazovor bo‘ldi.
Lazgi uch ming yillik tarixga ega. Ushbu Xorazm raqsi qadimiy xalq donoligini o‘zida aks ettiruvchi sir va afsonalar bilan boyitilgan hamda “Muhabbat va Qalb” ma’nosini anglatadi.
Raqsning aynan shu jihatlarni Berlin milliy operasi bosh xoreografi Raymondo Rebek saqlab qolishga harakat qilgan. Balet Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik Katta teatri truppasi tomonidan ijro etiladi.
2019-yilda Xorazmning “Lazgi” raqsi YUNESKOning nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan.
19-20 mart: Sergey Poluninning “Satori” baleti.
2022-yil 19 va 20-mart kunlari Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik Katta teatri sahnasida Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan jahonga mashhur raqqos Sergey Polunin boshchiligidagi taniqli “Satori” baletining premyerasi tashkil etiladi. Yapon tilida “Satori” atamasi – “Dzen”, ya’ni faqat o‘z tajribasi asosida erishish mumkin bo‘lgan buddizm ma’rifatini anglatadi.
“Satori” baleti asosan biografik sahna asari bo‘lib, u Sergey Poluninning raqsga muhabbatini uyg‘otgan va hayotiga ma’no bag‘ishlagan ijodiy yo‘li haqida hikoya qiladi. Polunin dasturida bir guruh iqtidorli xorijiy ijodkorlar ishtirok etadi. Hayot yo‘li va shaxsiy rivojlanish haqidagi spektakl yaratish g‘oyasi “Cirque du Soleil” (Sirk dyu Soley) direktori - Gabriyel Marsel del Vekkioga tegishli. Sahna ssenografi Devid Lashapel.
“Satori” baletining jahon premyerasi 2017-yil dekabr oyida London Kolizeyida namoyish etildi hamda tomoshabinlar va tanqidchilar tomonidan olqishlar bilan kutib olindi.
1-aprel: “Tong Oqshom” (УтроВечер) spektakli
“Tong Oqshom” (УтроВечер) spektakli 2019-yil oxirida mustaqil loyiha sifatida yaratilgan bo‘lib, Rossiya hamda chet eldagi bir nechta teatr maydonlarida namoyish etilgan. 2021-yildan boshlab u “Sovremennik” teatri repertuariga kiritildi. Ushbu spektakl xoreograf Vladimir Varnava tomonidan sahnalashtirilgan bo‘lib, unda Bax, Gendel, F. Glass va A. Pyart musiqalari Kati Skanavi tomonidan mohirlik bilan ijro etiladi.
Bosh rollarda Rossiya Federatsiyasi xalq artisti Chulpan Xamatova, shuningdek, jahon miqyosidagi raqqos va xoreograf, “Oltin niqob” mukofoti sovrindori Vladimir Varnavalar ishtirok etmoqda.
Bosh rollarda Rossiya Federatsiyasi xalq artisti Chulpan Xamatova, shuningdek, jahon miqyosidagi raqqos va xoreograf, “Oltin niqob” mukofoti sovrindori Vladimir Varnavalar ishtirok etmoqda.
2-aprel: “Ota” (Папа) spektakli
“Ota” (Папа) spektaklida yosh va iqtidorli aktrisa Marina Aleksandrova hamda Rossiya Federatsiyasi xalq artisti Sergey Makovetskiy ishtirok etadi. Ushbu spektakl Florian Zellerning tragikomedik asari asosida sahnalashtirilgan.
“Ota” – noodatiy fransuz pyesasi bo‘lib, muallifning o‘zi uni “fojiali fars” janri deya ta’riflaydi.
Florian Zeller fransuz dramaturgi va yozuvchisidir. 2014-yilda Zeller “Ota” pyesasi uchun Fransiyaning asosiy teatr mukofoti – “Molyer mukofoti”ga sazovor bo‘ldi. Ushbu pyesa asosida sahnalashtirilgan asar Parij, London, Nyu-York, Sidney, Gonkong hamda boshqa ko‘plab shaharlarda katta muvaffaqiyatlarga erishgan. 2020-yilda Florian Zeller bir qator Gollivud yulduzlari ishtirokida ushbu pyesa asosida film suratga oldi.
3-aprel: “O‘g‘il” (Сын) spektakli
“O‘g‘il” spektakli – taniqli fransuz yozuvchisi Florian Zellerning shu nomdagi pyesasi asosida Boris Gafurov tomonidan sahnalashtirilgan.
Zeller tomonidan otalar va farzandlar o‘rtasidagi muammolar ushbu detektiv janridagi hikoyada bayon etiladi, unda biz potensial aybdorlarni ko‘ra olamiz, ammo har bir gumonlanuvchining oqlaydigan asosli dalillari bor.
Hikoyaning ushbu “sodda” ko‘rinishi ortida haqiqiy fojia yashiringan bo‘lib, u yana bir bor “bo‘lish yoki bo‘lmaslik” degan abadiy savolni ko‘taradi.
4-aprel: “Dehli raqsi” (Танец Дели) spektakli
Ivan Viripayevning pyesasi g‘oyalari asosida sahnalashtirilgan.
Dramaturg, aktyor, rejissyor, ssenariy muallifi Ivan Viripayevning “Dehli raqsi” deb nomlangan pyesasiga asoslangan plastik spektakl – sevgi, o‘lim, azob-uqubat, kechirimlilik va qabul qilish kabi tuyg‘ular haqida so‘zlaydi.
“Dehli raqsi” pyesasi ham, muallifning boshqa asarlari singari – juda chuqur va musiqiy asar bo‘lib, har bir kishi anglaydigan va bir vaqtning o‘zida bizning tushunchamiz chegarasidan tashqariga chiquvchi. Har bir monologda – o‘tkir haqiqatlar mujassam.
Ushbu spektakl ilk bor 2012-yilda Rim Kinofestevali doirasidagi asosiy tanlov bo‘lgan “Kino XXI” da namoyish etilgan.
7 aprel: “Venetsiyaliklaring suvi balandda” (Высокая вода венецианцев) spektakli
“Venetsiyaliklaring suvi balandda” spektaklidagi bosh rollarni Sati Spivakova va Vladimir Koshevlar ijro etadi.
Ushbu musiqiy asar Dina Rubina hikoyasi asosida sahnalashtirligan. Rejissyor esa, Denis Azarov. Spektaklda Bax, List hamda Shostakovichlarning go‘zal musiqalari mashhur pianinochi Basiniya Shulman tomonidan ijro etiladi. Ushbu sahna asari - hayot uchun kurash, muhabbat uchun o‘zini bag‘ishlash hamda Buyuk Venetsiya xotirasiga bag‘ishlangan. Spektakl ilk bor 2019-yilda “Ermitaj” sahnasida namoyish etilgan.
9-aprel: “Shekspir Shostakovich Gamlet” spektakli
Robert Lepajning texnologik sahna asari “Shekspir Shostakovich Gamlet” dagi barcha personajlar Yevgeniy Mironov tomonidan ijro etiladi. Yuksak malakali teatr ustasi, kanadalik Robert Lepaj Rossiyadagi ilk spektaklini sahnalashtirdi. Shekspir fojiasining barcha asosiy rollari Yevgeniy Mironov tomonidan — uch devor-ekrandan iborat sokin aylanuvchi burchak — maxsus tarzda dasturlashtirilgan kub ichida ijo etiladi.
16-aprel: “Shimoliy shamol” (Северный ветер) spektakli
“Shimoliy shamol” spektakli Renata Litvinovaning shu nomli mashhur asari asosida sahnalashtirilgan. Mashhur aktrisa ushbu loyihada bir vaqtning o‘zida asosiy rol ijrochisi, rejissyor hamda asar muallifi sifatida ishtirok etadi. Shuningdek, ushbu sahna asarida taniqli teatr va kino ijodkorlari — Pavel Vorojsov, Raisa Maksimova va boshqalar ishtirok etadilar. Muallif tomonidan spektakl janri “haqiqiy fantasmagoriya” deb ta’riflanadi.
2-may: “Yolg‘iz” (Alone) spektakli
Ushbu spektakl F. Kafkaning insoniyat, yaqinlar o‘rtasidagi munosabatlar, yolg‘on hamda soxtalik haqidagi “Transformatsiya” (o‘zgarish) nomli romani asosida sahnalashtirilgan. Frans Kafka oilaviy munosabatlardagi muammolarga alohida to‘xtalib, moddiy qiyinchiliklar tufayli, odamlar hattoki insoniyligini ham butunlay yo‘qotishlari mumkinligini ko‘rsatadi.
Sahna muallifi va rejissyor – Igor Kachayev. Unda mashhur teatr va kino ijodkorlari Anvar Kartayev, Leyla Seyd-Ogli, Ruslan Mamadaliyev, Sabina Asanovalar ishtirok etishgan.
Spektakl ilk marotaba O‘zbekiston Yoshlar teatri repertuarlarini kengaytirish maqsadida, 2021-yilda Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan tashkil etilgan.
3-may: “Bir kunlik Xonim” (Леди на день) spektakli
O‘zbek Milliy drama teatri sahnasida Oleg Danilovning “Bir kunlik Xonim” asari asosida spektakl bo‘lib o‘tadi. Sahnalashtiruvchi rejissyor Dmitriy Astraxan.
Spektakl rejissyori Dmitriy Astraxan. 2021-yilning fevral oyida Jamg‘arma tashabbusi bilan, Rossiyada xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, rejissyor Dmitriy Astraxan Yoshlar teatri truppasi bilan rus dramaturgi va ssenariy muallifi Oleg Danilovning “Bir kunlik Xonim” asari asosidagi spektaklni sahnalashtirish uchun Toshkentga keladi.
Ushbu spektaklni tomosha qilganda tomoshabinlar Amerika shaharlaridan biridagi noodatiy kunning guvohi bo‘lishadi, ya’ni bu optimizm, hazil-mutoiba va mo‘jizalarni kutish bilan o‘tgan kunni. Ushbu sodda, quvnoq spektakl eng muhim narsani - taqdirning barcha to‘siqlariga qarshi yaxshilikning g‘alaba qozonishi, haqiqiy do‘stlik va sevgining buyuk kuchi haqida so‘zlaydi.
Boris Eyfman nomidagi balet teatri
2022-yil, 12-15 may
Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik Katta teatrida Boris Eyfmanning “Anna Karenina” va “Roden” balet spektakllari namoyish etiladi.
Boris Eyfman - o‘z teatri, uslubi, o‘z balet olamining yaratuvchisi bo‘lib, u “jahondagi yetakchi xoreograflardan biri” deb tan olingan.
Rossiya Xalq artisti, Rossiya Davlat mukofotlari - “Oltin niqob” hamda “Oltin Sofit” mukofotlari laureati, IV, III, II va I darajali “Vatan oldidagi xizmatlari uchun” ordenlari sohibi. Sankt-Peterburg Davlat akademik balet teatrining badiiy rahbari hisoblanadi.
12-13 may: Boris Eyfmanning “Anna Karenina” baleti
Boris Eyfmanning “Anna Karenina” baleti ichki psixologik energiyaga to‘la, hissiy ta’sirchanligi bo‘yicha hayratlanarli darajadagi aniq sahna asaridir. Lev Tolstoy romanining barcha ikkinchi darajali satrlarini olib tashlagan xoreograf, sevgi uchburchagiga asosiy e’tiborini qaratadi: “Anna - Karenin – Vronskiy”. Spektaklda P. Chaykovskiyning mashhur musiqasi yangraydi. Spektakl premyerasi 2005-yilda bo‘lib o‘tgan.
14-15 may: Boris Eyfmanning “Roden, uning mangu buti” baleti
Boris Eyfmanning “Roden, uning mangu buti” baleti buyuk haykaltaroshlar Ogyust Roden va uning shogirdi, sevgilisi va ilhom parisi Kamilla Klodelning taqdiri va ijodiga bag‘ishlangan. “Roden, uning mangu buti” - bu daholarning fojiali hayot yo‘li mavzusidagi keng ko‘lamli ijodiy bayonot demakdir. Spektaklda M. Ravel, K. Sen-Sansa, J. Massnelarning musiqalari ijro etilgan. Spektakl premyerasi 2011-yilda namoyish etilgan.
Barcha uchun qulay teatr
Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasining eng muhim vazifalaridan biri jismoniy imkoniyatlaridan qat’iy nazar barchaning madaniyat va san’atga teng daxldorligini ta’minlash hisoblanadi.
Jamg‘arma tomonidan har yili mamlakatimiz teatrlarida ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalar hamda kattalar uchun tiflosharhlovli spektakllar o‘tkaziladi. Xalqaro teatr va balet festivali doirasidagi spektakllar ham tiflosharhlash bilan birga namoyish etiladi.
Tiflosharhlash - bu maxsus og‘zaki tushuntirishlarsiz ko‘zi ojizlar uchun tushunarsiz bo‘lgan narsa, joy yoki harakatning lo‘nda tavsifi. Maxsus tayyorlangan tiflo-izohlar yordamida ko‘zi ojiz yoki zaif ko‘ruvchi insonlar sahnada sodir bo‘layotgan voqealarning to‘liq vizual tasvirini shakllantirishlari mumkin.
Bundan tashqari, sahna ustidagi maxsus ekranda namoyish etiladigan festival spektakllarida o‘zbek tilidagi subtitrlar taqdim etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risida
Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi O‘zbekistonda madaniyat, san’at, adabiyot, teatr, musiqa, arxitektura va xoreografiyani rivojlantirishga qaratilgan loyihalar tashabbuskoridir. U xalqaro madaniy aloqalarni o‘rnatishga, mamlakat madaniy salohiyatini jahon miqyosida targ‘ib qilishga xizmat qiladi. Jamg‘armaning uzoq muddatli dasturlari qatoriga mamlakatimiz madaniyat muassasalarida inklyuziv va qulay muhitni yaratish, muzeylarni ta’mirlash, metsenatlikni rivojlantirish hamda muzeylar, teatrlar, madaniyat muassasalari va boshqa sohalar uchun kadrlar salohiyatini shakllantirishga ko‘maklashish kiradi.
Ma’lumot uchun:
Rasmiy sayt: https://www.acdf.uz
Instagram: https://instagram.com/acdfuz
Facebook: https://www.facebook.com/acdfuz
Telegram: https://t.me/acdfuz
Email: info@acdf.uz