O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi bilan xamkorlikda joriy yilning 1 iyun' kuni Zamonaviy san'at markazida Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlangan bolalar bayrami o‘tkazildi.
Tashkilotchilar tomonidan bolalar va ota-onalar hamda ularning ustozlari ishtirokida qiziqarli dastur tayyorlanib, zamonaviy san'at bo‘yicha mahorat saboqlari o‘tkazildi, yo‘riqchilar ishtirokida “Qo‘rg‘on Chiroq” ko‘rgazmasi bo‘ylab bolalar ekskursiyalari tashkil etildi.
Markaz hovlisida oilaviy dam olish uchun bir nechta hududlar: foto hudud, tennis stollari, rangli bannerlar, badiiy san'at, shirinliklar, sport o‘yinlari tashkil etildi, shuningdek, tadbirda yig‘ilgan barcha mehmonlar o‘z vaqtlarini mul'tfil'm qahramonlari rolidagi animatorlar yordamida chog‘ o‘tkazishdi. Oilaviy kvestlar, improvizasiyada yaratilgan teatr va estafetalar o‘tkazildi.
Shu kuni Markazga 200dan ziyod mehmonlar tashrif buyurishdi.
Eslatib o‘tamiz, Zamonaviy san'at markazida joriy yilning 1 iyun' kuniga qadar ish olib borishi, shundan so‘ng 2019-2020 yillar davomida markazda rekonstruksiya ishlari o‘tkazilishi belgilangan.
Tadbirdan olingan fotosuratlarni quyidagi manzil orqali yuklab olishingiz mumkin:
//drive.google.com/drive/folder/1Ck-ajuD_-LrOhS5xbhLUQIVv7_PkitTY