Metsenatlar Bolalar kutubxonasi biosida rekonstruktsiya ishlarini boshladi

O‘qish vaqti: 4 min.

Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg‘armasi Respublika bolalar kutubxonasi binosini rekonstruktsiya qilish bo‘yicha tasdiqlangan lohasini taqdim etdi. XIX asrda qurilgan mazkur binoning yangilanishi, unda yangi ta'lim va madaniyat muassasasining tashkil etilishi Jamg‘armaning O‘zbekistondagi metsenatlik faoliyatini rivojlantirishdagi say harakatlari bilan amalga oshdi.

Madaniy meros obyektlarini saqlash, muhofaza qilish va ulardan foydalanishda homiylarni jalb qilish O‘zbekiston Respublikasining "Metsenatlik to‘g‘risida"gi Qonunida nazarda tutilgan. Jamg‘arma tashabbusi bilan ishlab chiqilgan mazkur Qonun madaniyat va san'at xodimlari, yosh iste'dodlarni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, O‘zbekistonda madaniyat va san'atni rivojlantirishda jismoniy va yuridik shaxslarning ishtirokini rag‘batlantirish bo‘yicha metsenatlik faoliyatini tartibga soladi. Bundan tashqari, Qonunda metsenatlarga bir qator imtiyozlar va preferensiyalar berish hamda ularni nomoddiy rag‘batlantirish choralari ko‘zda tutilgan.

Rekonstruktsiya loyihasi Ludi Architects (Sankt-Peterburg) arxitektura byurosi tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, u kutubxonalar va kitob fondlari bilan ishlashga ixtisoslashgan. Me'morlarning fikriga ko‘ra, rejalashtirilgan rekonstruktsiya ishlari saqlanib qolingan ichki elementlar interyeriga va joylashuviga minimal darajada ta'sir qiladi. Binoning nodir tarixiy qiyofasi rekonstruktsiya loyihasining zamonaviy dizayn yechimlari bilan birga muayyan bir muhitda saqlanib qolinadi. Mualliflar zamon ruhini saqlab qolish bilan birga inshootning universal jihatlarga ega bo‘lish uchun loyihani tegishli g‘oyalar bilan to‘ldiradi.

Kutubxonada ochiq fondlardan tashqari 0 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun kovorking maydoni, laboratoriyalar va raqamli kontentlar bilan ishlash uchun studiyalar tashkil etilishi nazarda tutilgan. Shuningdek, majmuada ma'ruzalar va mahorat darslari uchun keng o‘zgaruvchan zal tashkil etiladi. Binoga tutash hududlar esa jamoat maydonlariga aylantiriladi.

Loyiha bo‘yicha bolalar kutubxonalari uchun xorijiy texnologlar jalb qilinadi, bu muassasa tuzilishini xalqaro standartlarga javob beradigan darajaga olib chiqadi. Ular kitob fondi ishlarini tashkil qilish, nazorat qilish va nashrlarni izlash tizimini yo‘lga qo‘yishadi, hozirda bunday nashrlardan 200 ming nusxasi mavjud bo‘lib, bu mintaqamizdagi bolalar kitoblarining eng yirik to‘plamidir. Bundan tashqari, kutubxona barcha inklyuziv talablarga javob beradigan qulayliklarga ega bo‘lishi ko‘zda tutilgan.

Ilmiy va madaniy dasturlarda bolaning shaxsini mustaqil ravishda shakllantirish, o‘z loyihalarini yaratish qobiliyati, mustaqil o‘rganish va izlanish qobiliyatlarini rivojlantirish uchun sharoit yaratishga qaratilgan. Ular san'atda ilm-fan, innovasiya va zamonaviy texnologiyalardan foydalanish kabi loyihalarning mavzulari bilan ajralib turadigan STREAM texnologiyasi asosida quriladi, bu esa bugungi kundagi yuqori talabga ega bo‘lgan yuqori malakali kadrlarning yangi avlodini tayyorlashga xizmat qiladi.

Majmuadagi rekonstruktsiya ishlari 2021 yilning mart oyida tugatilishi rejalashtirilgan.

Qo‘shimcha ma'lumotlar:

Respublika bolalar kutubxonasining binosi, "Turkiston moderini"ning yorqin namunasi bo‘lib, u boy tarixga ega. 1893 yilda me'mor I.A.Markevich tomonidan qurilgan mazkur bino XX-asrning boshlarida Buxoro yahudiylari aka-uka Vadyayevlarga - bir paytlar Moskvadagi afsonaviy Metropol mehmonxonasiga egalik qilgan qo‘qonlik badavlat paxta sanoatchilariga tegishli edi.  Keyinchalik majmuada Toshkent shahar Dumasi va Jamoat yig‘ilishi joylashgan bo‘lib, binoning turar joy qismi bolalar kutubxonasiga aylantirilgan.

Ludi Architects arxitektura byurosi 2005 yilda tashkil etilgan. Byuroning faoliyati me'moriy loyihalash, hududlar, madaniy va biznes obyektlari binolarining hududlarini tartibga solish sohasidagi tadqiqotlarni o‘z ichiga oladi. O‘z faoliyati davomida kompaniya shaharlar va obyektlar hududlarini, jamoat joylari va ichki maydonlarini kompleks ravishda obodonlashtirish, muzeylar va ko‘rgazmalar tashkil etish bilan bog‘liq bir qator loyihalarni ishlab chiqdi va amalga oshirdi. "Проект Россия" jurnalining ma'lumotlariga ko‘ra, kompaniya eng yaxshi yosh me'morchilik firmalarining TOP-10 talik qatoriga kirgan.

www.ludiarchitects.com

 

Fotosuratlar