2018 yil 11-iyun kuni Toshkentda "Ijodiy sanoatni boshqarish" yozgi maktabining ochilishi bo'lib o'tdi. Yozgi maktab tashkilotchilari - Toshkent Xalqaro Vestminster Universiteti (TXVU) va O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi hozuridagi Madaniyat va san'atni rivojlantirish Jamg’armasi etib belgilandi.
Yozgi maktab - ijodiy sanoat sohasida nazariy va amaliy bilimlar asoslarini shakllantirishga qaratilgan loyiha. Dastur madaniyat muassasalari va ijodiy sanoatning boshqa yo'nalishlarini boshqarishning iqtisodiy, tashkiliy va kasbiy jihatlarini va san'at sohasi marketingi, mozeylar, teatrlar, kino sanoati va turizm sohasida boshqarish kabi masalalarni qamrab oladi.
Yozgi maktabda TXVU, O'zbekiston Davlat San'at va Madaniyat instituti va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabalari ta’lim olishi belgilangan.
"Tasviriy san'atni boshqarish" yozgi o'quv dasturi "Garaj" zamonaviy mozeyi (Moskva) ishtirokida tashkil etildi. Ma'rozachilar orasiga - mozeyi direktori Anton Belov, rivojlanish, marketing va reklama bo’limi boshlig’i Darya Kotova, Tiklanish va taraqqiyot loyihalari bo’yicha direktor o’rinbosari Anna Trapkova, kurator Ekaterina Lazareva, nazoratchi Alesya Veremeva, Alena Solovyova jamoatchilik bilan aloqalar boshqarmasi raisi loyihasi direktorining o'rinbosarlari kiritlgan.
Yozgi o'quv kurslarida nafaqat universitet o'qituvchilari, balki taklif etilgan mutaxassislar, tadbirkorlar, madaniyat xodimlari va san'atkorlar ham o'z tajribalarini talabalar bilan baham ko'rishlari mumkin.
Yozgi maktab doirasida, Ozbekistonda Xizmat Ko’rsatgan san’at arbobi rajissyor Zulfiqor Musoqov va “Focus” san’at maktabi bazasi asosida master-kalsslar o’tkaziladi.
Dasturning maqsadi yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirishga, ma'naviy va axloqiy qadriyatlarni shakllantirishga, ijodiy sohani boshqarishdagi professional ko'nikmalarga ega bo'lishga ko'maklashadigan ixtiyoriy tashabbuslarni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlashga qaratilgan.
Xususan, dastur qatnashchilarni ijodiy tadbirkorlik, mozeylarning rivojlanish va faoliyatining zamonaviy modellari bilan tanishtiradi. Kursda madaniyat va san'at sohasidagi boshqaruv asoslari va ularning keng jamoatchilik nuqtai nazaridan joylashuvi ko'rib chiqiladi.
Bundan tashqari, ijodiy soha boshqaruvchisining professional vazifalari - bozor ishtirokchilari bilan o'zaro munosabatlar, xavfni va imkoniyatlarni baholash, shuningdek, bozorni rivojlantirish va resurslarni jalb qilish bo'yicha marketing strategiyalariga alohida e'tibor beriladi.
"Ijodiy sanoatni boshqarish" yozgi maktabida o'qitish bepul asosda olib boriladi. Kurs natijalariga ko`ra, barcha ishtirokchilarga sertifikat beriladi.
O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi hozuridagi Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg'armasi tomonidan 2017 yil oktyabr oyida O'zbekistonda milliy madaniyat va san'atni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish, xalqaro va davlatlararo madaniy aloqalarni kengaytirish maqsadida tashkil etilgan.
O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi qoshida tashkil etilgan
Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg'armasi matbuot xizmati.