Jamg‘arma va Google Arts & Culture o‘rtasida O‘zbekiston muzey kolleksiyalarining on-layn katalogini joylashtirish to‘g‘risida kelishuv imzolandi. Yaqinda platformada raqamli kolleksiya va ikkita on-layn ko‘rgazma ishga tushirildi. Quyidagi ilovaga o‘tgach, siz Jamg‘arma profilining ko‘rinishini ko‘rishingiz mumkin: //artsandculture.google.com/partner/art-culture-development-foundation-under-the-ministry-of-culture-of-the-republic-of-ozbekistan
Jamg‘arma O‘zbekistonda birinchilardan bo‘lib Google Arts&Culture platformasining hamkori bo‘ldi. O‘zbekiston muzeylari kolleksiyalarining Google Arts&Cultureda joylashtirilishi jahon on-layn platformasida madaniyatlar serqirraligining chegarlarini kengaytirish imkonini yaratadi. Endi dunyoning istalgan nuqtasidan bo‘lgan foydalanuvchilar taqdim etilgan eksponatlarni tomosha qilishlari mumkin.
Google Arts&Culture – jahonning 70 ta mamlakatlaridagi 1200 ta muzeylar, galereyalar va boshqa tashkilotlar eksponatlarining on-layn kolleksiyasi. Google Arts&Culture servisi dunyo ko‘rgazmalariga tashrif buyurish va san'at asarlarini kichik detallarda o‘rganish imkonini beradi. Shuningdek, bu yerda jahon madaniyati va san'ati bo‘yicha tarixiy ma'lumotlar va davriy nashrlar, fotosuratlar, videoroliklar, qo‘lyozmalar, shaharlar va arxitektura yodgorliklari hamda tabiat ajoyibotlari bo‘ylab ekskursiyalar taqdim etilgan.
Google Arts&Culture tomonidan navbatdagi bosqichda O‘zbekiston muzeylari uchun 3D-turlarni ishlab chiqish rejalashtirilgan.