Jamg‘armaning xorijiy OTMlar uchun grantlari kengaytirildi

O‘qish vaqti: 6 min.

O‘zbekiston Resbulikasi Madaniyat vazirligi huzuidagi Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg‘armasi xorijiy OTMlarda garnt asosida taxmil olish uchun tanlov e'lon qiladi.

2020 yilda talabalar chet el OTMlarning magistratura dasturlarida grant asosida ta'lim olish imkoniyatiga ega bo‘lishlari mumkin.

Nomzodlar quyidagi yo‘nalishlarni tanlab olishlari mumkin:

  • Madaniyat va san'at sohasida menejment
  • Qayta tiklash va saqlash
  • Arxitektura
  • madaniy turizm
  • Grafik dizayn
  • Tasviriy san'at
  • Muzeyshunoslik

Tanlov bosqishlari: 

Tanlov ikki bosqichda o‘tkadiladi:

Birinchi bosqichda, talabalar, dasturda ishtirok etish uchun arizalarni to‘ldirishlari lozim. Arizalarni ushbu (//forms.gle/yJU1bMC4mMN3k91m6) havola orqali to‘lidirishlari mumkin: 
Arizalar 2020 yilning 1 apreliga qadar qabul qilinadi. Ishtirokchilar arizaga quyidlagi hujjatlarini ilova qilishlari talab etiladi:

  • har qanday mamlakatlardan OTMga qabul qilinganligi to‘g‘risida tasdiqlash xati (o‘qish uchun to‘lov-shatrnomasini ko‘rsatgan holda); 
  • pasport nushasi;
  • ingliz yoki rus tillarida bayonnoma (motivasion xat). Hujjatlar quyidagi ko‘rinishda rasmiylashtiriladi: yozuv shrifti Times New Roman, 12 o‘lchamda, 1.5 interval (400 so‘zdan oshmaligi kerak);
  • Jamg‘arma tomonidan belgilangan namunadagi shaxsiy ma'lumotnoma;
    oliy ma'lumot to‘g‘risidagi diplom va diplom varaqasi nushasi;
    rezyume.

Qo‘shimcha hujjatlar (mavjud bo‘lsa):

  • chet tillarini bilishini tasdiqlovchi sertifikat;
  • o‘qituvchi yoki ish beruvchining tavsiyanomasi;
  • ilmiy nashirlarining nushalari.

Dasturda ishtirok etish uchun quyidagi havolaga murojaat qilishingiz mumkin: //forms.gle/yJU1bMC4mMN3k91m6 

Dasturning ikkinchi bosqichi O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining quyidagi manzilidagi binosida 2020 yilning 6 aprelida suxbat asosida o‘tkaziladi. Manzil: Toshkent shahri, T. Shevchenko ko‘chsi 1-uy.

Mazkur grant tanlovi O‘zbekiston Resbublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg‘armasining reglamentiga muvofiq Stipendiya dasturining tarkibiy qismidir.


Dastur orqali ta'lim olish uchun grant quyidagi xarajatlarni qoplaydi:

  • To‘lov-shartnomasining umumiy qiymati;
  • Yotoqxonada yashash va kunlik;
  • Har bir o‘quv yili uchun 2 ta aviareys;
  • Tibbiy sug‘urta (minimal' tarif asosida).

 

Baholash mezonlari:

  • akademik ko‘rsatkichlar;
  • ilmiy-tadqiqot ishlari;
  • tahliliy ko‘nikmalar;
  • tashkilotchilik qobilyati;
  • rivojlanish uchun motivasiya;
  • ijtimoiy faollik;
  • tanlab olingan mutahassislikning ahamiyati va afzalliklari hamda uning madaniyat va san'at sohasini rivojlantirishdagi rolidan xabardor bo‘lish.

Tanlov jadvali: 

  • Jamg‘arma veb-saytida arizalarni qabul qilish: 2020 yilning 1 apreligacha
  • birinchi bosqich arizalarini ko‘rib chiqish: 2020 yilning 2 apreligacha
  • birinchi bosqich natijalarini e'lon qilish: 2020 yilning 4 apreligacha
  • Jamg‘arma kommisiyasi bilan yuzma-yuz suhbat: 2020 yil 7 aprel
  • tanlov yakunlarini ko‘rib chiqish: 2020 yilning 10 apreligacha
  • g‘oliblarni e'lon qilish: 2020 yil 11 apreldan kechiktirmagan holda

 

Tanlov g‘oliblari uchun jadval:

  • tanlov g‘oliblari bilan shartnomalar tanlov yakunlari e'lon qilingan kundan boshlab 10 ish kuni ichida imzolanadi;
  • stipendiyalar 2020 yilning aprel' oyi oxiriga qadar to‘lab beriladi.


Grant dasturida ishtirok etish shartlari:

  • Tanlov ishtirokchilari bir vaqtning o‘zida bir nechta stipendiya dasturlrida ishtirok etib g‘olib, bo‘la olmaydilar;
  • Tanloda 30 yoshdan oshmagan nomzodlar ishtirok etishi mumkin;
  • Nomzodlar tomonidan o‘quv dasturi intizomi buzilishi, ta'lim olishdagi sustkashlik, o‘qishni sababsiz uzliksiz ravishda qoldirish, OTMning ichki qoidalarini buzish, talabalar turar joyida yashash qoidalarini (agar talabalar turar joyida yashasa) Jamg‘arma ta'lim grantini to‘lashni to‘xtatib turish huquqini o‘zida saqlab qoladi. Tabiiy ofatlar (zilzila, ko‘chki, dovullar, qurg‘oqchilik va boshqalar) yoki ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatlar (urush holatlari, blokda turish, mamlakat manfaatlari yo‘lida import va eksportga taqiq va boshqa favqulotdagi holatlar)da moliyalashtirishni to‘xtatish to‘g‘risidagi qarorni Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg‘armasining tanlov kommisiyasi tomonidan qabul qilinadi.
  • Grant to‘lovi qabul qiluvchi muassasaning hisob-raqamiga o‘tkazib beriladi;
  • Magistaratura dasturiga qabul qilingan taqdirda, Jamg‘arma yozgi ta'til vaqtida O‘zbekiston Respublikasidagi tashkilot va muassalarda amaliyotni o‘tash uchun talabalarni saralab olish huquqini o‘zida saqlab qoladi.
  • Grant oluvchi, tegishli (magistr) ma'lumotini olganidan so‘ng, uch oy mobaynida Jamg‘arma stipendiya kommisiyasining qaroriga binoan, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaizirligi nazorati ostida madaniyat va san'at muassasalarining usitvor yo‘nalishlariga ishga qabul qilinb, kamida uch yil muddat mobaynida ishlaydi.
  • Jamg‘arma butun o‘qish davomida talabalarning shaxsiy xavfsizligi uchun javob bermaydi;
  • Jamg‘arma yozgi ta'til vaqtida talabalarning (turar joy, ovqatlanish, ichki trasport) xarajatlarini qoplab bermaydi;
  • Talaba o‘quv jarayonida O‘zbekistonga rejadan tashqari ravishda (imkonsiz vaziyatlarda, sog‘ligi holatlarda va boshqalar) qaytib kelgan taqdirda aviareys uchun barcha moliyaviy xarajatlar grant oluchi tomonidan qoplanadi.

Grant dasturining g‘oliblari o‘z bilimlarini va ko‘nikmalarini o‘rtoqlasha oladigan, yangi g‘oyalarni vujudga keltira oladigan, ularni amalga oshiradigan va ish natijalari uchun shaxsiy javobgarlikni o‘z zimmagisiga oladigan, shuningdek, atrofdagilarga o‘xshash fikrlaydigan odamlar jamoasini to‘plashga va ularni umumiy maqsad yo‘lida birlashtirib, yuksak natijalarga erishishga ilhomlantira oladigan ijodiy odamlar bo‘lishi mumkin.