Toshkentdagi Zamonaviy sanʼat markazi Markaziy Osiyoda zamonaviy madaniyatni rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash uchun yangi maydon boʻlib tanilmoqda. Markaz oʻzbekistonlik yosh rassomlar va tadqiqotchilarning xalqaro sanʼat sahnasiga chiqishiga xizmat qiluvchi yangidan tashkil etilgan CCA LAB fanlararo taʼlim laboratoriyasiga qabul eʼlon qiladi.
Mazkur markaz 1912-yilda qurilgan, Toshkentning birinchi tramvay liniyasi uchun dizel elektr stansiyasi vazifasini oʻtagan tarixiy binoda joylashtirildi va tez orada tashkilotchilar tomonidan haqiqiy sanʼat markaziga aylantirilishi koʻzda tutilgan. Poytaxtimizni elektrlashtirish shu yerda boshlangan boʻlsa, aynan shu yerda zamonaviy Oʻzbekistonning badiiy muhitini yangilash boshlanadi.
CCA LAB Tashkent
CCA LAB ni salohiyatli ilmiy-tadqiqot laboratoriyasiga aylantirish, Oʻzbekistonda zamonaviy sanʼat va madaniy amaliyotni rivojlantirish, mintaqa badiiy merosi haqidagi yangi tushunchalarni va yangi bilimlarni shakllantirish, shuningdek, yuqori malakali xorijiy mutaxassislar ishtirokida Oʻzbekistonda va xorijda koʻrgazmalar seriyasini tashkil etish va oʻtkazish Zamonaviy sanʼat markazining asosiy maqsadlaridandir.
Ushbu markazda CCA LAB faoliyati yoʻlga qoʻyilgach, laboratoriya ishtirokchilari uchun amaliy tajribaga ega boʻlish, xorijiy hamkorlar rahbarligida fanlararo guruh tarkibida koʻrgazma loyihalari ustida ish olib borish, shuningdek, 2020 va 2021-yillarda oʻtkaziladigan Venetsiya Biyennalesida Oʻzbekiston milliy pavilyonini yaratish jarayonida ishtirok etish imkoniyati yaratiladi. Mazkur Biyennale pavilyonlari va koʻrgazmalarining xorijiy kuratorlari 2020-yil mart oyida eʼlon qilinadi.
Tashkent Encounters
CCA LAB ishtirokchilari “Tashkent Encounters” deb nomlangan bir qator tematik tadbirlarning maʼruzachilari bilan muloqot qilish imkoniyatiga ega boʻladilar. Buning uchun joriy yilning aprel, may va avgust oylarida zamonaviy musiqa, kino va arxitektura boʻyicha uchta fanlararo modullarni oʻtkazish rejalashtirilgan. “Tashkent Encounters” dasturi qisman keng omma uchun ochiq, biroq ushbu seriyadagi maʼruzachilarning master-klasslarida faqat CCA LAB tinglovchilari ishtirok etishlari mumkin. “Tashkent Encounters” seriyasining batafsil dasturi 2020-yil mart oyida eʼlon qilinadi.
Kimlar murojaat qilishi mumkin?
– Tasviriy sanʼat, video va kino, zamonaviy musiqa, fotografiya, perfomans, raqamli sanʼat, tanqidiy va badiiy xat sohalarida ishlaydigan rassomlar, shuningdek, kurator va sanʼatshunoslar.
– Oʻzbekiston va Markaziy Osiyoning sanʼati va madaniyatini tadqiq qilayotgan, xalqaro ekspertlar rahbarligidagi fanlararo guruhi aʼzosi boʻlishga hamda seminar va maʼruzalarda qatnashishga tayyor nomzodlar.
– Nomzodlar 30 yoshdan katta boʻlmasligi va Oʻzbekistonda istiqomat qilishlari shart.
Qanday murojaat qilish kerak?
Bizga oʻzingizga tegishla boʻlgan rezyume, portfolio hamda badiiy va kuratorlik amaliyotingiz hususiyatlari haqidagi motivatsion xatni (200 ta soʻzdan oshmagan holda) yuborishingiz lozim. Tanlov tashqi ekspertlar guruhi tomonidan amalga oshiriladi va arizalarni topshirish 2020-yil 25-fevralga qadar davom etadi.
Tanlovning birinchi saralash bosqichidan oʻtgan nomzodlar suhbatga taklif etiladi. CCA LAB aʼzolarining yakuniy roʻyxati 2020-yil 6-martda eʼlon qilinadi.
Arizalarni quyidagi elektron manziliga yuborishingiz mumkin: lab@ccat.uz