Toshkentdagi Zamonaviy san'at markazi o'zining veb-saytida bolajonlar uchun onlayn mahorat darslarini e’lon qildi

O‘qish vaqti: 3 min.

Toshkentdagi Zamonaviy san'at markazi eng yosh san’at ixlosmandlari uchun o'quv dasturini boshladi. CCA Kids dasturi onlayn rejimida mavjud bo'lib, mazkur dastur yosh ijodkorlarga bo'yoqlar, qalamlar, plastilin va boshqa materiallar bilan ishlashni o'rgatadigan amaliy mashg'ulotlarni o'z ichiga oladi. Amaliy ko'nikmalarga qo'shimcha ravishda, bizning darslarimizda bolalar chiziq, rasm va suratning yuzasi kabi mavhum toifalarda ishlashni o'rganishlari mumkin. Mashg‘ulotning ilk qismi zamonaviy san'at va XX asrning taniqli ijodkorlaridan biri Yozef Boys ijodiga bag'ishlanadi. Dasturning asosiy maqsadi bolalarni ijodiy jarayon bilan tanishtirish va ularga san'at yordamida o'zlarini ko’rsata olishni o'rgatishdir.

 

Koronavirus pandemiyasi bilan bog'liq holatlar sababli darslar bizning veb-saytimizda onlayn ravishda o‘tkazib boriladi.

 

CCA Tashkent

 

Toshkentdagi Zamonaviy san'at markazi (CCA Tashkent) - Markaziy Osiyoda zamonaviy madaniyatni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash uchun yangi maydondir. Kelajakda Zamonaviy san'at markaziga aylantiriladigan ushbu bino 1912 yilda qurilgan. Bu yerda inqilobdan avval, shaharning birinchi tramvay yo‘nalishi uchun enegriya yoqilg‘isi ishlab chiqaruvchi dizel elektr stansiyasi mavjud edi. Aynan shu yerdan Toshkent shahrini elektr bilan ta'minlash boshlangan. Hozirda, bu joyda yangi O‘zbekistonning yangi badiiy muhitini shakillantirish ishlari olib borilmoqda. Binoni ta’mirlash ishlari 2020 yilning yakuniga rejalashtirilgan.

 

Bu yilning boshida, rekonstruktsiya ishlari boshlanishidan avval, markaz sinov shaklida faoliyatini boshlagan edi. CCA LAB uning birinchi loyihalaridan biri hisoblanadi. 2020 yil mart oyida boshlangan ushbu tadqiqot laboratoriyasi O'zbekistondagi zamonaviy san'at va madaniyat amaliyotini rivojlantirish, shuningdek, mintaqaning badiiy merosi haqida yangi tushunchalarni shakllantirishga qaratilgan.

 

CCA LAB ishtirokchilari xalqaro kuratorlarning rahbarligi ostida turli loyihalar ustida ishlab, amaliy tajribaga ega bo'ladilar, bundan tashqari, “Tashkent Encounters” deb nomlangan qator mavzlardagi musiqa, kino va arxitektura bo‘yicha mutaxassisliklararo uchrashuvlarda ishtirok etadilar.