“San’at, fan va sport” Xayriya jamg‘armasi tomonidan Alisher Navoiyning xotirasiga bag‘ishlangan kitoblar hadya qilindi.

O‘qish vaqti: 2 min.

“San’at, fan va sport” Xayriya jamg‘armasi asoschisi Alisher Burxonovich Usmonov tomonidan mamlakatimizdagi madaniyat, san’at va ta’lim muassasalariga kitoblar hadya qilindi.

O‘zbekiston xalqi shoir va tadqiqotchi — Alisher Navoiy noyob madaniyatining vorislaridir. Shu ma’noda, ushbu nashrlar respublikamiz muassasalarining kutubxona fondlariga qo‘shilayotgan ulkan hissadir va, shubhasiz, yosh avlodning kitobxonlik an’analarini asrab-avaylashga xizmat qilishi lozim.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi “San’at, fan va sport” jamg‘armasiga o‘z minnatdorchiligini bildiradi. Sizning ko‘magingiz - yurtimizdagi nashriyot va kitobxonlik an’analarini asrab-avaylashga qo‘shilgan ulkan va bebaho hissadir.

Mamlakatimizda davlatimizning boy tarixiy-madaniy merosini asrab-avaylash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Mazkur tashabbuslarni hayotga tatbiq etish maqsadida Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi “San’at, fan va sport” Xayriya jamg‘armasi bilan hamkorlikda mamlakatimiz madaniy salohiyatini yuzaga chiqarishga qaratilgan qo‘shma loyihalar bo‘yicha muntazam va tizimli ishlarni olib bormoqda.



Fotosuratlar