Grace me'moriy byurosi O'zbekistondagi yangi madaniyat muassasalar loyihalarini taqdim etdi

O‘qish vaqti: 5 min.

Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg'armasi zamonaviy kutubxona, kovorking markazi, kinoteatr va restavratsiya laboratoriyasini o'z ichiga olgan yangi turdagi ta'lim muassasasini tashkil etilgani haqida e'lon qiladi.

Sobiq "Inturist" madaniy-axborot markazining binosi (manzili: Mirzo Ulug'bek tumani, Istiqlol ko'chasi, 47 uy) 1987 yilda qurilgan bo’lib, Toshkent modernizmi yodgorliklaridan biri hisoblanadi. Mustaqillik yillarida ushbu binoda O'zbekiston turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasining idorasi joylashgan edi.

To’liq rekonstruktsiyadan so'ng, yangi majmuada birdaniga ikkita yangi madaniyat muassasalari - Frantsiya madaniy markazi va madaniy meros ob'ektlarini tiklash markazi joylashtirilishi rejalashtirilgan. Ikkala muassasa ham O'zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg'armasi tashabbusi bilan tashkil etilgan bo'lib, kelajakda Jamg’armaning idorasi ham ushbu binoda joylashadi.

Jamg'arma ijrochi direktori Gayane Umerovaning so'zlariga ko'ra, ushbu tashkilotlarni yonma-yon joylashtirish to'g'risidagi qaror kelgusi yillarda xalqaro ko'rgazmalar, shu jumladan, 2022 yilda Parijning Luvr muzeyida O'zbekistonning turli kollektsiyalaridan tashkil topgan 300 dan ortiq eksponatlar namoyish etiladigan ko'rgazma o'tkazish rejalari asosida qabul qilingan. Shuningdek, Frantsiyadagi Milliy tiklanish markazi bilan Jamg’arma o’rtasida O'zbekistonda tiklash markazini tashkil etish bo'yicha Frantsiya mutaxassislar bilan ko’mak-maslahatlashuv memorandumi imzolandi.

Majmuada ilmiy-tadqiqot ishlari olib boriladi, bundan tashqari, bu yerga nafaqat restavratorlar, balki, etnograflar olimlar, tarixchilar va san'atshunoslar ham jalb qilinadi. Ushbu jarayon ochiq rejimda amalga oshirilib, tiklash ishlarini kuzatish, agar xohlasangiz, ushbu kasbni malakali mutaxassislardan o'rganish ham mumkin bo'ladi.

Aynan shu binoda jahon talablariga javob bera oladigan va zamonaviy kinoteatr va barcha xohlovchilar uchun ochiq kafe ham ishga tushuriladi. Tarix va zamonaviylik uyg'unligining natijasida yoshlar muzey biznesiga jalb qilinadi, undan tashqari, nafaqat O'zbekistonda, balki, butun dunyoda talabga javob beradigan restavratorlarning yangi avlodi paydo bo'lishiga erishiladi.

Binoning dizayn loyihasi Grace byurosi asoschilari Yekaterina Golovatyuk va Giacomo Cantoni tomonidan yaratilgan. Me'morlar portfolyosida Davlat Ermitajini (Sankt-Peterburg) rekonstruktsiya qilish va Rem Kolxas (OMA) rahbarligida Moskvadagi Garaj muzeyini rekonstruktsiya qilish loyihasi o’rin olgan. Me'morning so'zlariga ko'ra, Toshkentdagi loyihaning asosiy vazifalaridan biri bu binoda saqlanib qolgan barcha eng qadrli detallarni maksimal darajada saqlab qolishdir. Loyihada binoning fasad qismiga alohida e'tibor qaratilgan. Asl qiyofani saqlab qolish, maydonni kengaytirish va ko'proq funktsional imkoniyatlar uchun yangi g'oyalar va yuqori texnologiyali materiallar, shu jumladan, shaffof shisha tolali panjaralar qo'llaniladi, bu esa mavjud g'ishtli ishlanmalarni iqlim omillari ta'siridan himoya qiladi.

Grace arxitektura byurosining asoschilaridan biri Yekaterina Golovatyuk:

«Toshkentdagi binoga kelsak, biz mumkin bo'lgan barcha detallarni asli holicha saqlashga harakat qilamiz. Masalan, mazkur markazning avvalgi jamoat joylari shahar aholisining xotirasida qanday saqlanib qolgan  bo’lsa, biz bu joylarni yana o’sha holicha qayta tiklaymiz. Biz bu yerga asl dasturlarga o'xshash bo’lgan binolarni talab qiladigan dasturlarni kiritdik. Ya'ni, sobiq foye, kafe va yodgorlik zinapoyalari xuddi shu tarzda - xuddi shu ochiqlik va shunga o'xshash bezak bilan ishlatiladi yangilanadi. Sobiq ichkaridagi kinozal modernizatsiya qilinadi va yangi zamonaviy ehtiyojlar uchun moslashtiriladi, ammo, tashqi ko'rinishi to'liq saqlanib qolinadi. Tashrif buyuruvchilarga kirish imkonini bermaydigan va zamonaviy ofis sifatida foydalaniladigan shu shaklidagi blokda biz Frantsiya markazini, ofislarni va restavratsiya laboratoriyasini joylashtirdik. Laboratoriya joylashgan qanotda biz jiddiyroq o’zgarishlarni amalga oshirdik. Sovet davrida binolar juda tejamkor va boshqa standartlarga binoan qurilgan edi, shuning uchun binoning ushbu qismida shiftlar juda past, oynasiz yoki juda tor xonalar bo’lgan. Bizning fikrimizcha, bu joylarni zamonaviy talablarga binoan, ayniqsa laboratoriya talablaridan kelib chiqib sifatli moslashtirish ishlarini amalga oshirish mumkin emas. Shularni inobatga olib, yangi restavratsiya laboratoriyasini yuqori talablardan kelib chiqib moslashtirish uchun biz inshootlarning bir qismini almashtirishga majbur bo'ldik va bu qismi zamonaviy va juda shaffof me'morchilik ishi sifatida loyihalashtirdik».

Binoni rekonstruktsiya qilish to'g'risidagi Gayane Umerova va Yekaterina Golovatyuk bilan bo’lib o’tgan suhbatning to'liq matni bu ushbu havoladan topishingiz mumkin.

Fotosuratlar