17-noyabr kuni Samarqandda Samarkand Half Marathon 2020 shaharlar va klublar g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

O‘qish vaqti: 2 min.

Matbuot anjumanida Aziz Abduhakimov, Gayane Umerova, Ravshan Irmatov, Botirjon Nurullaev, Mirxan Sagitov, Madina Badalova, shuningdek klublar va shaharlar g‘oliblari ishtirok etdilar.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Aziz Abduhakimov “Yugurish poytaxti” va “Eng yaxshi klub” nominatsiyalari g‘oliblarini taqdirladi.

Toshkent 5581 km natija bilan “Yugurish poytaxti” mukofotiga sazovor bo‘ldi.
Ikkinchi o‘rin - 370 km natija bilan Dushanbe.
Uchinchi o‘rin - 266 km natija bilan Samarqand

Tashkent runners 943 km natija bilan poyganing eng yaxshi klubiga aylandi.
Ikkinchi o‘rinni 777 km natija bilan Sporty Family egalladi.
Uchinchi o‘rin - Tourism runners klubi, ularning natijasi 563 km.

Matbuot anjumani davomida Jizzax viloyati va Bo‘stonliq tumanida yangi poygalar o‘tkazilishi va unda ro‘yxatdan o‘tish shu yilning 1-dekabrigacha uzaytirilgani haqida e’lon qilindi. Ro‘yxatdan o‘tganlar sonining ko‘payishi autizm mavjud odamlarga yordam berish uchun mablag‘larning ko‘payishini anglatadi.

Fotosuratlar