"Dixit Algorizmi" ko‘rgazmasi 15-dekabrgacha bo‘lib o’tadi!

O‘qish vaqti: 2 min.

Biz «Dixit Algorizmi» ko‘rgazmasi muddatini uzaytirdik!

Ko‘rgazmamizga tashrif buyurishni istaganlar soni oshib borayotganligi sababli ko‘rgazmamizning yopilish sanasini 15-dekabrga ko‘chirdik. Tezroq tashrif buyurib, eksponatlar va ishtirokchilar haqida ko‘proq bilib oling!

Eslatib o‘tamiz, “Dixit Algorizmi” ko‘rgazmasi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi huzuridagi Toshkent Zamonaviy san’at markazida (CCA) bo‘lib o‘tmoqda va Muhammad ibn Muso al-Xorazmiyning ijodi va tadqiqotlari, hamda ularning bugungi zamon texnologik shiddatiga ko‘rsatayotgan ta’sirini o‘rganadi. Ko'rgazma bosh kuratori - Jozef Grima, unga hamkuratorlar Sheyda Gomashi va Kamilo Oliveyralar hamrohlik qiladilar. “Dixit Algorizmi” buyk olim Al-Xorazmiyning “Kitob al-jabr va-al-muqobala” kitobida batafsil bayon etilgan topilmalariga eʼtibor qaratadi; kitobning lotin tilidagi tarjimasi “algoritm” so‘ziga asos solgan.

Barchangizni kutib qolamiz:
– Amir Temur ko‘ch., 2-muyulish, 6-B. Mo‘ljal: Vestminster avtoturargohi.
– 10:00-19:00 (dam olish kuni: dushanba).