Toshkentda ilk bor Rasputin baleti Sergey Polunin ijrosida

O‘qish vaqti: 5 min.

2019-yilning 19-noyabr kuni Alisher Navoiy nomli Oʻzbekiston Davlat Akademik Katta teatrida Sergey Poluninning “Rasputin” dramatik baletining premyerasi boʻlib oʻtadi. Mashhur balet ustasi oʻzining yangi spektaklini ilk bor Oʻzbekiston poytaxtida namoyish qiladi.

Sergey Polunin Rossiya tarixining eng sirli siymolaridan birining yorqin tasvirini anglash jarayonida “Inson shaxsining oʻziga xos xususiyatlari – bu murakkab hodisadir. Rasputinning oʻziga xos jozibador tomonlarini sezgi orqali bilishim uchun, men uni xoreografiya – raqs sanʼati yordamida his qilishim kerak”, - deb yozgan .

“Rasputin” dramatik baleti yapon xoreografi – raqs ustasi Yuka Oyshi tomonidan Sergey Polunin uchun maxsus yaratilgan. Bu yil Londondagi “Palladium” teatrida spektaklning jahon premyerasi boʻlib oʻtdi. Liboslar boʻyicha rassom sifatida taniqli rus dizayneri Ulyana Sergeyenko ishtirok etgan balet voqealari shaxmat taxtasida sodir boʻladi, bu taxtada spektakldagi qahramonlar taqdirini tasvirlovchi allegorik – majoziy figuralar harakatlanadi.

“Bu hikoya kuch va qudratga va isteʼdodli salohiyatga ega inson haqida. Baʼzilar Rasputinni avliyo va mistik – soʻfiy deb atasa, koʻpchilik uni iblis deb hisoblardi. Ammo men uchun odamlar hech qachon faqat yaxshi va faqat yomon odamlarga ajratilmaydi: men oq-qora tasvirli arxiv rasmlarini koʻrganimda, bu qahramonlar hayotda aslida qaysi rangda boʻlganliklarini tasavvur qilishga harakat qilardim”, - deydi Yuka Oyshi.

“Hozirgacha telba rohib shaxsiga zid boʻlgan afsona va mish-mishlar uning atrofida aylanib yuradi, biroq u eng avvalo inson edi. Men shunga ishonamanki, u haqiqatan ham aqlbovar qilmaydigan, sirli davolash kuchiga ega edi. Men ushbu mavzu boʻyicha mavjud boʻlgan barcha kitoblarni oʻqib chiqdim, ammo ularning har biri oʻz voqealarini qarama-qarshi rivoyatlar bilan hikoya qilar edi. Oxir-oqibatda men har bir qahramonning his-tuygʻularini tushunishga va ularning yorqin obrazlarini aks ettirishga harakat qilib, ushbu voqeani shaxsan oʻzim koʻrgandek balet spektaklini sahnalashtirdim”, - deb oʻz fikrini bildiradi Yuka Oyshi.

Balet ikki pardadan iborat, birinchi parda Rasputinning koʻtarilishi, uning qirollik oilasi bilan tanishuviga, ikkinchi parda esa - quyosh botishi, yaʼni uning inqirozga uchrashi va oʻsha 50 yoshli “keksa rohib” va sohibqironni qadrlovchilarga bagʻishlangan.

“Mening voqeaga boʻlgan shaxsiy his-tuygʻularim unchalik aniq emas, - deb hikoya qiladi Grigoriy Rasputin rolining ijrochisi Sergey Polunin. Men maʼlumotlarni kitoblardan qidirmayman, men oʻz sezgilarimdan foydalanaman. Men Yukaga ishonardim, chunki u voqealarni mohirlik bilan bogʻlay oladi. Men esa bor-yoʻgʻi gʻoyalarni haqiqatga aylantiruvchi bir vositaman xolos. Rasputin hikoyasi, uning shaxsi esa siz kimning hikoyasini tinglayotgan boʻlsangiz, toʻliq oʻshanga bogʻliqdir”.

Balet uchun musiqa bastalagan bastakor Kirill Rixterning soʻzlariga koʻra, spektaklning birinchi qismi Rasputinning saroyda paydo boʻlishini, ikkinchi qismi esa – ushbu shaxs va butun qirollik oilasining botishi, inqirozga yuz tutishini tasvirlaydi. «Men oʻylaymanki, spektakl oxirida juda mashhur asardan olingan, bevosita qirollik oilasi bilan bogʻliq boʻlgan sitata – parchani topish qiziqarli boʻladi. Bu “Xudo, shohni asragin” madhiyasi boʻlib, menga “xrani - asrash” va “xoroni - koʻmish” soʻzlarining maʼnosi juda qiziqarli boʻldi, chunki bu soʻzlar turlicha maʼnolarni anglatardi. Balet yakuni fojiali tugaydi va ushbu soʻzlar men uchun qandaydir qoʻrqinchli sinonim, maʼnodosh soʻzlar boʻlib qoldi, - deb hikoya qiladi Rixter. Musiqa asboblari ham oʻz rollarini ijro etdilar. Ayniqsa men ikki rolda – “qirollik hovlisining atributi, belgisi” sifatidagi katta zarbli guruh va arfani, va gusli – chertib chalinadigan torli musiqa asbobini havola qilishlarini kuzatdim, - deb qoʻshimcha qildi bastakor.

Toshkentdagi balet premyerasining tashkilotchisi - Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish Jamgʻarmasi.

Chiptalarni iTicket.UZ kassalaridan sotib olishingiz mumkin. (+998712071071)

Pensioner va talabalar uchun bilet narxining 30% miqdorida chegirmalar mavjud.
Agar biletingiz chegirma bilan xarid qilingan boʻlsa, teatrga kiraverishda pensiya yoki talabalik guvohnomasi talab qilinadi.

Rollarda:

Rasputin: Sergey Polunin

Knyaz Feliks Yusupov: Yoxan Kobborg

Shahzoda Aleksey: Djordje Kalenich

Raqslarni sahnalashtiruvchi: Yuka Oyshi

Bastakor: Kirill Rixter

Sahna dizayneri: Otto Bubenichek

Yorugʻlik boʻyicha rassom: Konstantin Binkin

Liboslar boʻyicha rassom: Ulyana Sergeyenko