2018 ylining 9 iyun sanasida Toshkent shahriga Britaniya mozeyi delegatsiyasi tashrif buyurdi. Uning tarkibida Islom san’ati Departamenti boshlig’i Ladan Akbarniya, Zamonaviy Yaqin Sharq to’plami kutratori Femida Suleyman, to’qimachilik to’plami kuratori Helena Volf va boshqalar bor edi.
Ushbu tashrifning tashkilotchisi Madaniyat va sport ishlari Vazirligi qoshidagi Madaniyat va San’atni rivojlantirish Jamg’armasi bo’ldi.
Tashrif chog'ida O'zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari Vazirligi va Madaniyat va san'atni rivojlantirish Jamg’armasi bilan ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilish masalalari ko’rib chiqildi.
Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligining muassasalarini qayta tiklash, saqlash va nazorat qilish sohasidagi xodimlarining kelgusi amaliyotini tashkil etish bilan bog’liq bo’lgan masalalar muhokama etildi.
Tashrif chog’ida delegatsiya Marg’ilon, Buxoro, Samarqand shaharlariga tashrif buyurish ham belgilangan.
Tashrif dasturi davomida O'zbekistonning madaniy va tarixiy markazlari, jumladan, Toshkentdagi Hazrati Imom ansambli, Turg'unboy Mirzaaxmedovning Marg'ilondagi uyi, Buxorodagi Ark qal'asi, Samarqanddagi Imom al-Buxoriy yodgorlik majmuasi, Samarqanddagi Registon maydoni va boshqa obidalarga tashrif buyurish rejalashtirilgan.
O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi hozuridagi Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg'armasi tomonidan 2017 yil oktyabr oyida O'zbekistonda milliy madaniyat va san'atni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish, xalqaro va davlatlararo madaniy aloqalarni kengaytirish maqsadida tashkil etilgan.
O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi qoshida tashkil etilgan
Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg'armasi matbuot xizmati.