Rossiya Federatsiyasida xizmat ko'rsatgan mashhur artist, teatr va kino rejissyori Dmitriy Xananovich Astraxan "Dramatik matnni qanday qilib tomoshaga aylantirish kerak" mavzusida barcha xohlovchilarga mahorat darsi o'tkazdi.
Dmitriy Xananovich o'zining noyob rejissyorlik tajribasi bilan o'rtoqlashdi. Mahorat darsi barcha ishtirokchilarni o'ziga jalb qilib, tanlagan mutaxassisliglari bo'yicha bilimlarni chuqurlashtirishga imkon berdi, shuningdek, hikoya - ssenariy muallifi, ssenariy muallifi - rejissyor, rejissyor - aktyor va aktyor - personaj o'rtasidagi munosabatni alohida ta'kidlab o'tdi. Tez orada mahorat darsining videosi bizning barcha saytlarimizda mavjud bo'ladi. Yangiliklarimizni kuzatib boring.