Jag’armaning ustivor yo’nalishlaridan biri madaniyat va san’at sohasida ta’lim tizimini rivojlantirish hisoblanadi. Ushbu vazifalar doirasida, o’sib kelayotgan yosh avlodning san’at va madaniyatga bo’lgan qiziqishini oshirish maqsadida, jamg’arma tomonidan Madaniyat Vazirligi tarkibiga kiruvchi ta’lim muassasalari, ya’ni: O’zbekiston Davlat Konservatoriyasi, O’zbekiston Respublikasi San’at va Madaniyat Instituti, Toshkent Davlat milliy raqs va horeografiya oliy maktabi, Davlat San’at va Madaniyat institutining Nukus filiali, Davlat San’at va Madaniyat institutining Farg’ona viloyati filiallarida taхsil olayotgan talabalar uchun stipendiyalar ta’sis etildi.
Grant dasturining asosiy maqsadi - O’zbekistondagi madaniyat va san’at sohasidagi yosh mutaxassislarni ijodiy salohiyatini rivojlantirishdir. Hozirgi paytda Madaniyat Vazirligi tarkibiga kiruvchi oliy ta’lim muassasalarida taxsil olayotgan nomzodlarning hujjatlarini qabul qilish jarayoni boshlandi. Hujjatlarni qabul qilish jarayoni tugaganidan so’ng, nomzodlar suhbat va test sinovlaridan o’tkaziladi va natijalarga ko’ra g’oliblar aniqlanadi.
Madaniyat va san’at sohasida faoliyat olib borayotgan yosh mutaxassislarni rag’batlantirish maqsadida, o’quv yilining bir yillik shartnoma puli miqdorida grantlar ajratish rejalashtrirlgan. Jamg’arma grant sohiblari bilan ularning o’zlashtirishini tahlil qilish va kerakli yordamni ko’rsatish maqsadida doimiy ravishda aloqada bo’ladi.